Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 7,51 soʻmga koʻtarilib, 10 817,25 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 7,51 soʻmga oshib, 10 817,25 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 266,76 soʻmga baholanib, 50,94 soʻmga tushdi. Shuningdek, 1 rubl 141,38 soʻm etib belgilanib, 0,34 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 20 yanvar, payshanba kunidan kuchga kiradi.


