Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekiston YAIMining oʻsishi postsovet davlatlari orasida eng yuqori boʻlishi prognoz qilindi

Eng past koʻrsatkich Rossiya va Belarusda boʻlishi taxmin qilindi.

Foto: Sputnik

Yevropa Ittifoqi va postsovet davlatlari orasida yalpi ichki mahsulotning eng yuqori oʻsishi Oʻzbekistonda boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon banki xulosasida soʻz boradi.

Qayd etilishicha, 2022 yilda Oʻzbekiston YAIMining hajmi 5,6 foizga oʻsishi prognoz qilingan. Shuningdek, 2023 yilda mamlakatning ushbu iqtisodiy koʻrsatkichi yana oʻsishda davom etib, 5,8 foizga yetishi taxmin qilinmoqda.

Qayd etish kerakki, Oʻzbekiston ushbu koʻrsatkichlar bilan butun sobiq Ittifoq davlatlari orasida yetakchilik qilmoqda. Unga eng yaqin davlatlar Gruziya va Tojikiiston boʻlib, 2022 yilda ushbu davlatlar YAIMining hajmi 5,5 foizga oʻsishi prognoz qilingan.

Jahon banki xulosasiga koʻra, butun postsovet hududidagi eng past koʻrsatkich Rossiya va Belarusda kuzatilishi taxmin qilinmoqda. 2022 yilda Rossiyada YAIMining hajmi 2,4 fiozga oʻsishi prognoz qilingan boʻlsa, Belarusda ushbu koʻrsatkich 2,8 foizga pasayishi aytilmoqda.

Yevropa Ittifoqi uchun 2022 va 2023-yillar uchun mos ravishda 4,2 va 2,1 foizdan oʻsish prognozi berilgan.

Avvalroq Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2021 yil 7,4 foizga oʻsgani xabar qilingandi.