Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablar yagona elektron reyestrga kiritiladi

Reyestr 2026 yilga qadar toʻliq shakllantiriladi.

Foto: “tdslaw.com”

Oʻzbekistonda 2022 yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish tartibi joriy etiladi. Bu haqda Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisidagi Prezident farmoni loyihasida soʻz boradi.

Qayd etilishicha, 2022 yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish tartibi joriy etiladi hamda takrorlovchi va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan majburiy talablar qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda yagona reyestrga kiritilgan yoʻnalish boʻyicha aks ettirilmagan talablarning bajarilishini tekshirish va bunday talablarga rioya etmagan tadbirkorlik subyektlarini javobgarlikka tortish taqiqlanadi.

Adliya vazirligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu reyestrni 2026 yilga qadar toʻliq shakllantirish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.

Avvalroq Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari belgilangani xabar qilingandi.