{"id":7350,"date":"2021-11-24T21:10:42","date_gmt":"2021-11-24T16:10:42","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=7350"},"modified":"2021-11-24T21:15:36","modified_gmt":"2021-11-24T16:15:36","slug":"birzhada-benzin-arzonlashmoqda-yonilgi-qujish-shohobchalarida-yonilgi-narhi-nega-pasajmayapti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=7350","title":{"rendered":"Birjada benzin arzonlashmoqda. Yonilg\u02bbi quyish shoxobchalarida mahsulot narxi nega pasaymayapti?"},"content":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston birja savdolarida AI-80 markali avtomobil benzini narxi tushishda davom etmoqda. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo\u02bbmitasi matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/t.me\/AntimonUz\/1978\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Ma\u02bclum qilinishicha, birja savdolarida 23 noyabr kuni\u00a0 jami 4196 tonna AI-80 markali benzin qo\u02bbyilgan bo\u02bblib, shundan 3741 tonnasi yoki 89 foizi\u00a0 sotilgan. AI-80 markali avtomobil benzinining o\u02bbrtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 million 129 ming so\u02bbmdan 8 million 444 ming so\u02bbmgacha pasayib, 17 foizga arzonlashgan.<\/p>\n<p>Qayd etilishicha, 2\u20133 oy davomida shakllangan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan AI-80 benzinning baland narxlarga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatish uchun faqat bozor mexanizmlari qo\u02bbllanilmoqda. Ya\u02bcni taklifga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatish orqali narxlar barqarorligini ta\u02bcminlash, bu choralarning samara berishi va narxlarning barqarorlashishi uchun ma\u02bclum vaqt talab qilinadi. Shu bilan birga, import benzinning narxlari jahon bozorlari kon\u02bcyunkturasiga bog\u02bbliqligi omili saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Ta\u02bckidlanishicha,\u00a0 2021 yilning 16\u201322 noyabr kunlari\u00a0 birjada pasayib borgan narxlarda xarid qilingan 20 ming 760 tonna mahsulotdan 3409 tonnasi yoki 16 foizi chakana tarmoqqacha yetib borgan. Bunda, mahsulot birja savdolarida sotilgandan keyin zavoddan chakana savdogacha yetib borish muddatlarini (15 kungacha sarflanishi mumkin) ham\u00a0 inobatga olinishi muhim.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, hozirda idoralararo ishchi guruh tomonidan benzin tannarxini optimallashtirish bo\u02bbyicha bevosita ishlab chiqaruvchi korxonalarga chiqqan holda o\u02bbrganish o\u02bbtkazilmoqda. Shuningdek, qo\u02bbmita tomonidan birja savdolarida narxlarga sun\u02bciy\u00a0 ravishda ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan nohalol ishtirokchilarga\u00a0 nisbatan o\u02bbrganishlar davom etmoqda.<\/p>\n<p>Avvalroq O\u02bbzbekiston eng ko\u02bbp benzin import qilayotgan davlatlar reytingi <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/rejting-ozbekiston-eng-kop-benzin-import-qilayotgan-davlatlar\">e\u02bclon qilingandi<\/a>. Shuningdek, O\u02bbzbekiston tovar-xom ashyo birjasida benzin va suyultirilgan gazning kunlik o\u02bbrtacha narxi tushgani haqida <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/ozbekiston-tovar-hom-ashyo-birzhasida-benzin-va-suyultirilgan-gaz-narhi-tushdi\">xabar berildi.<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Birjada arzon narxlarda xarid qilingan benzinning faqat 16 foizi chakana tarmoqqacha yetib borgani aytilgan<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":7352,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[63],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/7350"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=7350"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/7350\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7368,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/7350\/revisions\/7368"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/7352"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=7350"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=7350"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=7350"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=7350"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}