{"id":39230,"date":"2026-08-12T15:50:54","date_gmt":"2026-08-12T10:50:54","guid":{"rendered":"https:\/\/dinor.uz\/?p=39230"},"modified":"2026-08-12T15:50:54","modified_gmt":"2026-08-12T10:50:54","slug":"senat-bozor-nazorati-togrisidagi-qonunni-maqulladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=39230","title":{"rendered":"Senat bozor nazorati to\u2018g\u2018risidagi qonunni ma\u2019qulladi"},"content":{"rendered":"<p>Oliy Majlis Senati 7-avgust kuni bo\u2018lib o\u2018tgan majlisda \u201cBozor nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunni\u00a0<a href=\"https:\/\/senat.uz\/oz\/plenary-sessions\/post-5861\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">ma\u2019qulladi<\/a>.<\/p>\n<p>Hujjat nooziq-ovqat mahsulotlari bozorga chiqarilgandan keyin ularning xavfsizligini nazorat qilishning yagona qoidalarini joriy etadi, ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va\u00a0sotuvchilarning javobgarligini, shuningdek, xavfli mahsulotlarni muomaladan chiqarish va qaytarib olish tartibini belgilaydi.<\/p>\n<p>Senator Erkin Gadoyev\u00a0<a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/watch?v=TqhM-xpBi2Q&amp;feature=youtu.be\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">ta\u2019kidlaganidek<\/a>, amaldagi texnik jihatdan tartibga solish tizimi barcha nooziq-ovqat mahsulotlarini to\u2018liq qamrab olish va ularning xavfsizligini baholash imkonini bermas edi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda nazorat obyekti mahsulotning o\u2018zi emas, balki tadbirkor hisoblanadi. Tekshiruvchi organlar rafdagi tovarni tadqiq qilish o\u2018rniga, biznes vakilining huzuriga tekshiruv bilan bormoqda.<\/p>\n<p>Qonunning asosiy yangiligi\u00a0\u2014 xalqaro Market Surveillance (Bozor nazorati) tamoyilining joriy etilishi. Bu\u00a0pre-market (bozorga chiqqunga qadar tekshirish) modelidan post-market (allaqachon sotuvda bo\u2018lgan mahsulotlarni monitoring qilish) modeliga o\u2018tishni anglatadi.<\/p>\n<blockquote><p>Ma\u2019ruzachi bozor nazoratining joriy etilishi\u00a0<strong>biznes ustidan qo\u2018shimcha nazorat paydo bo\u2018lishini anglatmasligini<\/strong>\u00a0alohida ta\u2019kidladi. Qonun, aksincha, takroriy tekshiruvlar va\u00a0tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish uchun davlat organlarining vakolatlarini chegaralashi hamda ularning har biri qaysi mahsulot guruhlari uchun javob berishini mustahkamlab qo\u2018yishi kerak.<\/p><\/blockquote>\n<p>Qonunchilik palatasidagi aprel oyida bo\u2018lib o\u2018tgan muhokamalarda ta\u2019kidlanganidek, yangi tizimda nazorat tadbirkor ustidan emas, balki mahsulot ustidan o\u2018rnatiladi. Davlat organlari e\u2019tibor markazida faqatgina nooziq-ovqat mahsulotlari bo\u2018ladi. Qonunning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:<\/p>\n<ul>\n<li>ishlar va\u00a0xizmatlarga;<\/li>\n<li>oziq-ovqat mahsulotlari, ozuqalar va\u00a0ozuqa qo\u2018shimchalariga;<\/li>\n<li>tirik hayvonlar va o\u2018simliklar, shuningdek, ulardan olingan mahsulotlarga;<\/li>\n<li>spirt, alkogol va\u00a0tamaki mahsulotlariga;<\/li>\n<li>dori vositalari va\u00a0veterinariya preparatlariga;<\/li>\n<li>giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va\u00a0prekursorlariga;<\/li>\n<li>atom energiyasidan foydalanish sohasidagi yadroviy materiallar va\u00a0boshqa bo\u2018linuvchi maxsus materiallarga;<\/li>\n<li>harbiy ahamiyatga molik buyumlarga;<\/li>\n<li>antikvariatga;<\/li>\n<li>amaliy va\u00a0tasviriy san\u2019at asarlariga, shuningdek, hunarmandchilik buyumlariga;<\/li>\n<li>foydalanishdan oldin ta\u2019mirlashni yoki tiklashni talab qiladigan mahsulotlarga.<\/li>\n<\/ul>\n<h3>Faqat sotuvchilar javob bermaydi<\/h3>\n<p>Asosiy yangiliklardan biri\u00a0\u2014 qonunchilikda \u201ciqtisodiy operator\u201d tushunchasining paydo bo\u2018lishi. U\u00a0mahsulotni ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi va\u00a0sotuvchini o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n<blockquote><p>Shu\u00a0tariqa, agar bozorda xavfsiz bo\u2018lmagan yoki talablarga javob bermaydigan tovar aniqlansa, javobgarlik u\u00a0sotilgan savdo shoxobchasining o\u2018zi bilan cheklanib qolmaydi. U\u00a0mahsulotni O\u2018zbekistonga olib kirgan import qiluvchiga yoki uni ishlab chiqaruvchiga ham tatbiq etilishi mumkin.<\/p><\/blockquote>\n<p>Majlisda ta\u2019kidlanganidek, bunday yondashuv tovarning harakatlanish zanjiri bo\u2018ylab\u00a0\u2014 ishlab chiqarish yoki import qilishdan tortib, yakuniy xaridorga realizatsiya qilishgacha bo\u2018lgan sepochkada javobgarlikni ta\u2019minlashi kerak.<\/p>\n<p>Bozor nazoratining o\u2018zi mahsulot muomalaga chiqarilgandan so\u2018ng uning xavfsizligini ta\u2019minlash hamda odamlarning hayoti va\u00a0sog\u2018lig\u2018iga, jismoniy va\u00a0yuridik shaxslarning, davlatning va\u00a0atrof-muhitning manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish uchun o\u2018tkaziladigan tadbirlar majmui sifatida belgilanadi.<\/p>\n<p>Nazorat ommaviy tekshiruvlar va\u00a0tadbirkorlarni jazolashga emas, balki xavflarni baholashga asoslanadi, dedi u.<\/p>\n<p>Bozor nazorati organlari nazorat xaridlari, ekspertizalar va\u00a0tovarlarni sinovdan o\u2018tkazishni amalga oshirishi, aniqlangan nomuvofiqlik sabablarini o\u2018rganish uchun joyiga chiqishi, monitoring olib borishi va\u00a0majburiy talablarga javob bermaydigan mahsulotlarga nisbatan choralar qo\u2018llashi mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Agar tovar jiddiy xavf tug\u2018dirsa yoki belgilangan talablarga javob bermasa, uni muomalaga chiqarish to\u2018xtatib turilishi mumkin. Qonunda, shuningdek, mahsulotni qaytarib olish, uni bozordan chiqarib tashlash yoki undan foydalanish va\u00a0realizatsiya qilishni cheklash ham nazarda tutilgan.<\/p>\n<h3>Bojxona shubhali tovarlarni chiqarishni to\u2018xtatib turishi mumkin<\/h3>\n<p>Qonunda bojxona organlarining ishtiroki alohida belgilab qo\u2018yilmoqda.<\/p>\n<p>Agar bojxona nazorati va\u00a0xavfni boshqarish tizimini qo\u2018llash natijalariga ko\u2018ra tovarning majburiy talablarga javob bermasligini taxmin qilishga yetarli asoslar paydo bo\u2018lsa, bojxona uni erkin muomalaga chiqarishni to\u2018xtatib turishi mumkin.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng tegishli bojxona yoki bozor nazorati organi uch\u00a0ish\u00a0kuni ichida tovarni o\u2018rganib chiqishi kerak. Zarurat tug\u2018ilganda, uning mutaxassislari joyiga chiqib, namunalar olishi va\u00a0ularni ekspertiza yoki sinovlarga yuborishi mumkin.<\/p>\n<p>Agar qoidabuzarliklar tasdiqlansa, mahsulotga nisbatan qonunda nazarda tutilgan cheklovlar qo\u2018llanilishi mumkin.<\/p>\n<h3>Nazorat xaridlari videoga olinishi kerak<\/h3>\n<p>Muhokama davomida senatorlar nazorat xaridlarini amalga oshirishda suiste\u2019molliklarning oldini olish masalasini ko\u2018tarib chiqdi.<\/p>\n<blockquote><p>Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o\u2018rinbosari Lazizbek Saidoripov ma\u2019lum qilishicha, bunday xaridlar belgilangan xavf-xatar mezonlari asosida o\u2018tkazilishi kerak. Jarayonda videotasvirga olish, zarur hollarda esa guvohlar ishtiroki nazarda tutilgan. Majlisda ta\u2019kidlanganidek, ushbu mexanizmlar tekshiruvlarni o\u2018tkazishda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishi lozim.<\/p><\/blockquote>\n<p>Shu\u00a0bilan birga, tadbirkorlar bozor nazorati tadbirlarida ishtirok etish, ularga taalluqli hujjatlar bilan tanishish, tekshiruvchilarning harakatlarini audio va\u00a0videoga olish, shuningdek, ularning qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Nazorat organlarining mansabdor shaxslari, o\u2018z navbatida, o\u2018z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, shuningdek, noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi uchun javobgar bo\u2018ladi.<\/p>\n<blockquote><p>Lazizbek Saidoripov, shuningdek, Yevropaning Safety Gate tizimiga o\u2018xshash xavfli mahsulotlarning raqamli ro\u2018yxatini (black list) shakllantirish haqida ham gapirib o\u2018tdi.<\/p><\/blockquote>\n<h3>Yagona axborot tizimi paydo bo\u2018ladi<\/h3>\n<p>Qonunda, shuningdek, Bozor nazorati milliy axborot tizimini tashkil etish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Majlisda ma\u2019lum qilinishicha, unda o\u2018tkazilgan nazorat tadbirlari, aniqlangan qoidabuzarliklar, qabul qilingan qarorlar va\u00a0ular ustidan qilingan shikoyatlar natijalari to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotlarni yig\u2018ish rejalashtirilmoqda. Tizimni ishga tushirish uchun hukumatning tegishli qarori loyihasi allaqachon tayyorlab qo\u2018yilgan.<\/p>\n<blockquote><p>Muhokama davomida xorijiy tezkor xabardor qilish tizimlariga o\u2018xshash xavfli mahsulotlarning elektron bazasini yaratish haqida ham so\u2018z bordi. U\u00a0davlat organlari va\u00a0iste\u2019molchilarga xavfli deb topilgan yoki bozordan qaytarib olingan tovarlar haqida ma\u2019lumot olish imkonini berishi kerak.<\/p><\/blockquote>\n<p>Bozor nazorati mexanizmlarining amal qilishi masofaviy tarzda, shu\u00a0jumladan elektron tijorat orqali sotilayotgan tovarlarga ham tatbiq etiladi.<\/p>\n<h3>Tovarni qaytarib olish xarajatlarini kim to\u2018laydi?<\/h3>\n<p>Senatorlar, shuningdek, mahsulot qaytarib olingan taqdirda xaridorlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibiga aniqlik kiritdi<\/p>\n<blockquote><p>Raqobatni rivojlantirish va\u00a0iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u2018mitasi raisi o\u2018rinbosari ma\u2019lum qilishicha, amaldagi iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilik mahsulotni qaytarib olish bilan bog\u2018liq zararni ishlab chiqaruvchi tomonidan to\u2018liq qoplanishini nazarda tutadi.<\/p><\/blockquote>\n<p>Agar aniq iste\u2019molchilarni aniqlashning imkoni bo\u2018lmasa, tegishli mablag\u2018larni keyinchalik tasarruf etish tartibi amaldagi qonunchilik me\u2019yorlari bilan belgilanadi.<\/p>\n<p>Yangi qonun foydasiga keltirilgan dalillardan biri O\u2018zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lishga tayyorgarligi bilan bog\u2018liq. Ma\u2019ruzada ta\u2019kidlanganidek, zamonaviy bozor nazorati tizimi savdodagi texnik to\u2018siqlarni bartaraf etish va\u00a0mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun zarurdir.<\/p>\n<p>Yangi qoidalar halol ishlab chiqaruvchilar va\u00a0import qiluvchilarni kontrafakt hamda sifatsiz tovarlarni realizatsiya qiluvchi raqobatchilardan himoya qilish imkonini berishi kutilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonda bozor nazorati to\u2018g\u2018risidagi qonun ma\u2019qullandi. Hujjat nazorat xaridlari, sinovlar va xavfli mahsulotlarni qaytarib olishni nazarda tutadi, biroq biznesda ommaviy tekshiruvlarga olib kelmasligi kerak. <\/p>\n<p>Javobgarlik ishlab chiqaruvchi va import qiluvchidan tortib sotuvchigacha tatbiq etiladi.<\/p>\n","protected":false},"author":23,"featured_media":39231,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/6a7c500e95ae7.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"auto"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":39231,"7B0ecgVieEAP":"Senat bozor nazorati to\u2018g\u2018risidagi qonunni ma\u2019qulladi"},"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39230"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/23"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=39230"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39230\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39233,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39230\/revisions\/39233"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/39231"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=39230"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=39230"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=39230"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=39230"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}