{"id":37961,"date":"2026-05-18T10:23:12","date_gmt":"2026-05-18T05:23:12","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=37961"},"modified":"2026-05-18T10:23:12","modified_gmt":"2026-05-18T05:23:12","slug":"toshkentda-uj-zhoj-izharasi-%d1%9ertacha-narhi-oshdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=37961","title":{"rendered":"Toshkentda uy-joy ijarasi o\u02bbrtacha narxi oshdi"},"content":{"rendered":"<p class=\"post-content-p\">O\u02bbzbekistonda 2026 yil boshidan buyon uy-joy oldi-sotdi bitimlari hajmi 125 mingtadan oshdi. Bu aprel oyi yakuni bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatkich bo\u02bblib, o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 34,8 foizga ko\u02bbp.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida\u00a0<a href=\"https:\/\/review.uz\/uz\/post\/v-aprele-rnok-jilya-uzbekistana-pokazal-umerennuyu-korrekciyu\">qayd etilishicha<\/a>, mart oyida uy-joy bozoridagi faollikning yuqori bo\u02bblishi, asosan, apreldan joriy etilgan eskrou hisob-kitob tizimi bilan bog\u02bbliq. Aprel oyi davomida uy-joy bo\u02bbyicha 23,3 mingta bitim rasmiylashtirildi.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\"><b>Hududlar kesimida<\/b><\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Savdolar o\u02bbsishining eng yuqori sur\u02bcatlari Sirdaryo viloyatida qayd etildi. 2026 yilning yanvar\u2014aprel oylarida viloyatda bitimlar soni 50 foizga oshdi. Andijon viloyatida o\u02bbsish 42 foizni tashkil etdi. Toshkent shahrida esa yil boshidan buyon uy-joy savdosi 46 foizga ko\u02bbpaydi.<\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/05\/17\/1778998686858744118_Screenshot_1.jpg\" alt=\"\" \/><figcaption class=\"figcaption-1\">Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi<\/figcaption><\/figure>\n<p class=\"post-content-p\">Uy-joy bozoridagi faollik qurilish hajmining oshishi bilan ham bog\u02bbliq. 2025 yil yakunlariga ko\u02bbra, 15,9 mln kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi. Bu o\u02bbtgan yilgi ko\u02bbrsatkichdan 2,8 foiz yuqori.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Shu bilan birga, hududlar o\u02bbrtasida uy-joy qurilishi hajmi bo\u02bbyicha farq saqlanib qolmoqda. Xususan, 2025 yilda Sirdaryo viloyatida 136,1 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilgan bo\u02bblsa, Andijon viloyatida bu ko\u02bbrsatkich 1,33 mln kvadrat metrni, Toshkent shahrida esa qariyb 1 mln kvadrat metrni tashkil etdi.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\">2025 yil yakunlariga ko\u02bbra, eng yuqori qurilish hajmi Toshkent viloyatida kuzatildi. Bu yerda foydalanishga topshirilgan uy-joylar maydoni qariyb 2 mln kvadrat metrga yetdi. Sirdaryo viloyatida uy-joy savdosining oshishiga qurilish hajmining ko\u02bbpayishi ham ta\u02bcsir qilmoqda. Yil oxiriga qadar hududda 3,5 mingta yangi xonadon foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Umuman olganda, joriy yilda O\u02bbzbekiston bo\u02bbyicha 140 mingta yangi turar joyni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\"><b>Ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar<\/b><\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Respublika bo\u02bbyicha ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan o\u02bbrtacha 8,5 foizga oshdi. Narxlar o\u02bbsishining eng yuqori sur\u02bcatlari Sirdaryo viloyatida 20 foiz, Surxondaryo viloyatida 16,5 foiz va Buxoro viloyatida 16,3 foizni tashkil etdi.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Yanvar\u2013aprel oylarida respublika bo\u02bbyicha ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar o\u02bbrtacha 2,9 foizga o\u02bbsdi. Eng yuqori o\u02bbsish sur\u02bcatlari Surxondaryo viloyatida 7,4 foiz, Samarqand viloyatida 6,3 foiz va Xorazm viloyatida 6,2 foiz darajasida qayd etildi.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Hududlar kesimida narxlar darajasidagi farq saqlanib qolmoqda. Eng qimmat bozor hanuz Toshkent shahri bo\u02bblib, aprel oyida ikkilamchi uy-joyning o\u02bbrtacha qiymati bir kvadrat metr uchun taxminan 1 150 dollarni tashkil etdi. Keyingi o\u02bbrinlarda Samarqand viloyati qariyb 900 dollar va Toshkent viloyati 690 dollar bilan qayd etildi.<\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/05\/17\/1778998659011835447_Screenshot_2.jpg\" alt=\"\" \/><figcaption class=\"figcaption-1\">Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi<\/figcaption><\/figure>\n<p class=\"post-content-p\"><b>Toshkent shahrida birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar <\/b><\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxlari o\u02bbsmoqda. Birlamchi bozorda o\u02bbsish sur\u02bcati nisbatan yuqori. Yillik hisobda ikkilamchi uy-joy bozorida bir kvadrat metrning o\u02bbrtacha qiymati 6,1 foizga oshdi. Narxlar o\u02bbsishining eng yuqori sur\u02bcatlari Mirzo Ulug\u02bbbek tumanida 9,2 foiz, Mirobod tumanida 9 foiz va Chilonzor tumanida 8,3 foizni tashkil etdi.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Birlamchi uy-joy segmentida narxlar o\u02bbsishi ikkilamchi bozorga nisbatan yuqoriroq bo\u02bblmoqda. O\u02bbtgan yilning aprel oyiga nisbatan bir kvadrat metrning o\u02bbrtacha qiymati 8,8 foizga oshdi. Eng yuqori o\u02bbsish sur\u02bcatlari Yunusobod tumanida 17,3 foiz, Mirzo Ulug\u02bbbek tumanida 16,8 foiz va Bektemir tumanida 11,3 foiz darajasida qayd etildi.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\"><b>Toshkent shahrida ijara narxlari <\/b><\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o\u02bbrtacha qiymati bir kvadrat metr uchun taxminan 9,2 dollarni tashkil etdi. Bu o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foiz yuqoridir. Ijara narxlarining eng yuqori darajasi Toshkentning markaziy tumanlarida saqlanib qolmoqda. Xususan, Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi bir kvadrat metr uchun o\u02bbrtacha 11 dollar atrofida shakllangan.<\/p>\n<figure class=\"image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/05\/17\/1778998628841054527_Screenshot_4.jpg\" alt=\"\" \/><figcaption class=\"figcaption-1\">Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi<\/figcaption><\/figure>\n<p class=\"post-content-p\">Shu bilan birga, yillik hisobda ijara narxlarining eng yuqori o\u02bbsish sur\u02bcatlari Yashnobod tumanida 18,2 foiz, Bektemir tumanida 16,7 foiz va Yunusobod tumanida 14,3 foiz darajasida qayd etildi.<\/p>\n<p class=\"post-content-p\">Shu tariqa, Toshkent shahrida ijara bozori uy-joy sotuv bozoriga nisbatan tezroq o\u02bbsishda davom etmoqda. Bir yil davomida o\u02bbrtacha ijara narxlari 9,1 foizga oshgan bo\u02bblsa, uy-joy narxlarining umumiy indeksi 7,6 foizga o\u02bbsdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o\u02bbrtacha qiymati bir kvadrat metr uchun taxminan 9,2 dollarni tashkil etdi. Ijara narxlarining eng yuqori darajasi Toshkentning markaziy tumanlarida saqlanib qolmoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":23,"featured_media":37963,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/6a0aa24283e05.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"auto"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":37963,"7B0ecgVieEAP":"\u0422\u043e\u0448\u043a\u0435\u043d\u0442\u0434\u0430 \u0443\u0439-\u0436\u043e\u0439 \u0438\u0436\u0430\u0440\u0430\u0441\u0438 \u045e\u0440\u0442\u0430\u0447\u0430 \u043d\u0430\u0440\u0445\u0438 \u043e\u0448\u0434\u0438"},"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37961"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/23"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37961"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37961\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37964,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37961\/revisions\/37964"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37963"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37961"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37961"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37961"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=37961"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}