{"id":37751,"date":"2026-04-28T10:37:31","date_gmt":"2026-04-28T05:37:31","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=37751"},"modified":"2026-04-28T09:39:30","modified_gmt":"2026-04-28T04:39:30","slug":"%d1%9ezbekiston-uj-zhoj-bozori-eskrou-%d2%b3isobvara%d2%9blar-zhorij-etilishi-arafasida-rekordni-yangiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=37751","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston uy-joy bozori eskrou hisobvaraqlar joriy etilishi arafasida rekordni yangiladi"},"content":{"rendered":"<p>2026 yilning mart oyida O\u02bbzbekistonda ko\u02bbchmas mulk bozorida faollikning keskin o\u02bbsishi qayd etildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi <a href=\"https:\/\/review.uz\/oz\/post\/rnok-jilya-uzbekistana-uskorilsya-v-marte\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">sharhida<\/a>\u00a0so\u02bbz boradi.<\/p>\n<p>Uy-joy oldi-sotdi bitimlari hajmi 43,6 mingtaga yetib, fevral oyiga (29,7 ming) nisbatan 47 foizga ko\u02bbpaydi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" id=\"239664\" class=\"fr-fic fr-dii lazy\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2026\/04\/6av61u5ujkg55RwpWaM17772956448755_b.webp\" alt=\"ijara, iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, uy-joy bozori\" width=\"680\" data-lightbox-hide-title=\"1\" data-src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2026\/04\/6av61u5ujkg55RwpWaM17772956448755_b.webp\" data-loaded=\"true\" \/><\/p>\n<blockquote><p>Markaz ma\u02bclumotlariga ko\u02bbra, faollikning bunday keskin o\u02bbsishi qisman 1 apreldan\u00a0kuchga kirgan eskrou hisobvaraqlari orqali hisob-kitob qilishga o\u02bbtish bilan bog\u02bbliq. Yangi tartib talabni rag\u02bbbatlantirib, bitimlarning bir qismini ertaroq muddatga ko\u02bbchirishga sabab bo\u02bblishi mumkin edi. Boshqacha aytganda, aprel oyida amalga oshirilishi kerak bo\u02bblgan bitimlarning bir qismi mart oyiga ko\u02bbchirilgan.<\/p><\/blockquote>\n<div id=\"adfox_168963148958184883_container\" class=\"inpage-ad\">\n<div id=\"adfox_168963148958184883\">Yillik hisobda bozor bir necha barobar o\u02bbsishni ko\u02bbrsatdi: bitimlar soni o\u02bbtgan yilning mart oyiga (20,4 ming) nisbatan ikki baravardan ko\u02bbproqqa oshdi.<\/div>\n<\/div>\n<p>Oy\u00a0yakunlariga ko\u02bbra, faollikning o\u02bbsishi mamlakatning barcha hududlarida qayd etildi. Eng yuqori o\u02bbsish sur\u02bcatlari Sirdaryo (+64,6%), Jizzax (+73,2%) va\u00a0Namangan (+63%) viloyatlarida kuzatildi.<\/p>\n<p>Andijon, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi kabi boshqa bir qator hududlarda, shuningdek, Toshkent viloyati va\u00a0poytaxtda o\u02bbsish 40\u221250 foiz atrofida bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>Barcha bitimlarning qariyb 34 foizi Toshkent shahri hissasiga to\u02bbg\u02bbri keldi. Poytaxtda ularning soni bir oy\u00a0ichida 44 foizga oshib, taxminan 12,8 mingtaga yetdi.<\/p>\n<h3>Narxlar<\/h3>\n<blockquote><p>Mart oyida respublika bo\u02bbyicha ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar bir oyda 0,4 foizga o\u02bbsdi. Yillik hisobda o\u02bbsish taxminan 10% ni\u00a0tashkil etdi.<\/p><\/blockquote>\n<p>Yil davomida narxlarning eng sezilarli qimmatlashishi Sirdaryo (+22%), Samarqand (+18,7%) va\u00a0Andijon (+17,6%) viloyatlarida qayd etildi.<\/p>\n<p>Uy-joy qimmatligi bo\u02bbyicha poytaxtdan keyin ikkinchi o\u02bbrinni Samarqand viloyati egallab turibdi\u00a0\u2014 bir kvadrat metri uchun taxminan 909 dollar (narx bir oyda 3,6 foizga va\u00a0bir yilda 18,7 foizga oshgan). Toshkent viloyatida bu ko\u02bbrsatkich 681 dollarni tashkil etdi: o\u02bbsish bir oyda 2,1% va\u00a0bir yilda 5% ni\u00a0tashkil qildi.<\/p>\n<p>Umumiy o\u02bbsishga qaramay, mart oyida ayrim hududlarda fevral oyiga nisbatan narxlarning pasayishi kuzatildi. Ular qatoriga Namangan (-4,6%), Farg\u02bbona (-1,5%), Qashqadaryo (-1,1%), Xorazm (-0,7%) viloyatlari hamda Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi (-0,7%) kiradi.<\/p>\n<p>Shu\u00a0bilan birga, yillik hisobda barcha hududlarda narxlarning o\u02bbsishi kuzatilmoqda.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" id=\"239662\" class=\"fr-fic fr-dii lazy\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2026\/04\/0mgfinp1n5bqdgwW7Qh17772956444894_o.webp\" alt=\"ijara, iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, uy-joy bozori\" width=\"619\" data-lightbox-hide-title=\"1\" data-src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2026\/04\/0mgfinp1n5bqdgwW7Qh17772956444894_o.webp\" data-loaded=\"true\" \/><\/p>\n<h3>Toshkentdagi narxlar<\/h3>\n<p>Toshkentda narxlar dinamikasi ikkilamchi bozorda ancha mo\u02bbtadil, yangi qurilgan uylar segmentida esa yaqqolroq namoyon bo\u02bblmoqda.<\/p>\n<blockquote><p>Ikkilamchi bozorda bir kvadrat metrning o\u02bbrtacha qiymati bir yil ichida xorijiy valyutada 5 foizga oshib, 1124 dollarni tashkil etdi. Narxlar eng tez Mirobod (+7,3%), Mirzo Ulug\u02bbbek (+7,2%) va\u00a0Chilonzor (+6,9%) tumanlarida ko\u02bbtarildi.<\/p><\/blockquote>\n<p>Birlamchi bozorda o\u02bbsish yillik hisobda 8,8 foizni tashkil etdi. Bu\u00a0borada Mirzo Ulug\u02bbbek (+15,5%), Mirobod (+14,9%) va\u00a0Yunusobod (+14,6%) tumanlari yetakchilik qildi.<\/p>\n<p>Taqqoslash uchun: 2025 yil mart oyida poytaxtda \u201cikkilamchi\u201d bozor uylarining o\u02bbrtacha qiymati yillik hisobda 5,7 foizga, yangi qurilgan uylar narxi esa 3,7 foizga\u00a0<a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/uz\/2026\/04\/13\/land-price\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">pasaygan edi<\/a>.<\/p>\n<p>Markaziy bankning 2025-yilgi sharhida Toshkentda kvartiralar narxi dollarda oshgani, biroq so\u02bbmda deyarli o\u02bbzgarishsiz qolgani qayd etilgan.<\/p>\n<h3>Ijara yana qimmatlashmoqda<\/h3>\n<p><img decoding=\"async\" id=\"239663\" class=\"fr-fic fr-dii lazy\" src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2026\/04\/kpihifm7tme02VeBjTe17772956446879_o.webp\" alt=\"ijara, iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, uy-joy bozori\" width=\"667\" data-lightbox-hide-title=\"1\" data-src=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/media\/img\/2026\/04\/kpihifm7tme02VeBjTe17772956446879_o.webp\" data-loaded=\"true\" \/><\/p>\n<blockquote><p>Mart oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o\u02bbrtacha narxi bir kvadrat metr uchun taxminan 8,9 dollarni tashkil etdi. Bu\u00a0fevral oyiga nisbatan 2,7 foizga, bir yil avvalgiga qaraganda esa 10,8 foizga yuqoridir.<\/p><\/blockquote>\n<p>Eng yuqori stavkalar markaziy tumanlar\u00a0\u2014 Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy va\u00a0Mirzo Ulug\u02bbbekda saqlanib qolmoqda (bir kv. m\u00a0uchun taxminan 11 dollar).<\/p>\n<p>Shu\u00a0bilan birga, yil davomida ijara stavkalarining eng tez o\u02bbsishi Yashnobod (+18,9%), Mirzo Ulug\u02bbbek (+14,3%) va\u00a0Yakkasaroy (+12,5%) tumanlarida qayd etildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Martda uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 43,6 mingtaga yetdi \u2014 bu 2020 yil iyunida ko\u02bbchmas mulk xaridi uchun \u201cpropiska\u201d bekor qilingan vaqtdagi avvalgi rekorddan ham yuqori yangi maksimum. <\/p>\n","protected":false},"author":23,"featured_media":37752,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/69f0479f326c5.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"auto"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":37752,"7B0ecgVieEAP":"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0443\u0439-\u0436\u043e\u0439 \u0431\u043e\u0437\u043e\u0440\u0438 \u044d\u0441\u043a\u0440\u043e\u0443 \u04b3\u0438\u0441\u043e\u0431\u0432\u0430\u0440\u0430\u049b\u043b\u0430\u0440 \u0436\u043e\u0440\u0438\u0439 \u044d\u0442\u0438\u043b\u0438\u0448\u0438 \u0430\u0440\u0430\u0444\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430 \u0440\u0435\u043a\u043e\u0440\u0434\u043d\u0438 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0430\u0434\u0438"},"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37751"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/23"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37751"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37751\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37753,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37751\/revisions\/37753"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37752"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37751"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37751"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37751"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=37751"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}