{"id":35692,"date":"2025-10-24T10:55:24","date_gmt":"2025-10-24T05:55:24","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=35692"},"modified":"2025-10-24T10:55:24","modified_gmt":"2025-10-24T05:55:24","slug":"markazij-bank-asosij-stavkani-14-foiz-darazhasida-%d2%9boldirdi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=35692","title":{"rendered":"Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi"},"content":{"rendered":"<p>Joriy yilning uchinchi choragida ham iqtisodiy faollik tendensiyalari davom etdi. Nisbatan qat\u02bciy pul-kredit sharoitlari ta\u02bcminlanishi, o\u02bbtgan yildagi inflyatsiya omillari hissasi chiqib ketishi va almashuv kursi mustahkamlanishining tovarlar narxlariga barqarorlashtiruvchi ta\u02bcsiri sentyabr oyida yillik inflyatsiyaning sekinlashishiga xizmat qildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, faol yalpi talab sharoitida tashqi taklif omillari bilan bog\u02bbliq narxlarni oshiruvchi xatarlar va xizmatlar inflyatsiyasi yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Ushbu omillarni hisobga olgan holda, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik<strong> 14 foiz darajasida o\u02bbzgarishsiz qoldirish<\/strong> to\u02bbg\u02bbrisida qaror qabul qildi.<\/p>\n<p>2025 yil sentyabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 0,8 foiz bandga pasayib, yillik 8 foizga teng bo\u02bbldi. Bunda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhi inflyatsiyasi yillik 6,1 foizgacha sekinlashib, pasaytiruvchi hissa qo\u02bbshdi. Xizmatlar inflyatsiyasi, jumladan, tartibga solinadigan narxlar ta\u02bcsirisiz ham, talab omillari hisobiga umumiy inflyatsiyadan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Qat\u02bciy pul-kredit sharoitlari hisobiga talab omillarining biroz maqbullashishi hamda almashuv kursi mustahkamlanishi ta\u02bcsirida bazaviy inflyatsiya pasayuvchi dinamikaga o\u02bbtdi va sentyabrda yillik 7 foizgacha sekinlashdi. Jumladan, so\u02bbmning mustahkamlanishi import inflyatsiyasining sekinlashishiga xizmat qilib, nooziq-ovqat tovarlari narxlarining ma\u02bclum darajada barqarorlashuviga yordam bermoqda.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi oylarda iste\u02bcmol savatida narxlari o\u02bbsishi o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan sekinlashgan tovar va xizmatlarning ulushi oshib bormoqda hamda narxlar barqarorlashuvi keng qamrovli xususiyatga ega bo\u02bbla boshlaganini ko\u02bbrsatmoqda.<\/p>\n<p>Sentyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etdi, biroq ular joriy va prognoz inflyatsiya sur\u02bcatlaridan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yil yakuniga inflyatsiya prognozi pasayish tomonga qayta ko\u02bbrib chiqildi va 8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Joriy yilning III choragidagi yuqori iqtisodiy o\u02bbsish va investitsion faollik kelgusi chorakda ham davom etib, yil yakunida YAIM real o\u02bbsishi 7-7,5 foiz atrofida bo\u02bblishi prognoz qilinmoqda.<\/p>\n<p>Aholi real daromadlari oshishi va chakana kreditlash faolligi xarid qobiliyatini qo\u02bbllab-quvvatlamoqda va iste\u02bcmol talabini oshirmoqda. Bu, o\u02bbz navbatida, kelgusida iqtisodiyotda inflyatsion bosimlarni saqlanib qolishiga xizmat qilishi mumkin.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, energiya narxlari erkinlashtirilishining kelgusi oylarda inflyatsiyaga ikkilamchi ta\u02bcsirlari namoyon bo\u02bblishi hamda ayrim tovarlar taklifi bilan bog\u02bbliq xatarlar yuzaga kelishi ehtimollari saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Ushbu sharoitda inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikasini barqaror davom etishini ta\u02bcminlash pul-kredit sharoitlarini joriy nisbatan qat\u02bciy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda.<\/p>\n<p>Nisbatan qat\u02bciy pul-kredit sharoitlari iqtisodiyotda jamg\u02bbarish jozibadorligini saqlab qolib, kreditlash sur\u02bcatlarini maqbullashtirish va pul bozorida resurslar narxlarini mutanosib shakllantirish orqali yalpi talabni muvozanatlashtirishga xizmat qiladi hamda inflyatsiyaga monetar omillarning ta\u02bcsirini kamaytiradi.<\/p>\n<p>Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o\u02bbzgarishsiz yillik 14 foiz darajasida qoldirish to\u02bbg\u02bbrisida qaror qabul qildi.<\/p>\n<p>Markaziy bank tomonidan o\u02bbrta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning<br \/>\n5 foizlik targetigacha pasayishiga erishish maqsadida pul-kredit sharoitlarini yetarli darajada qat\u02bciyligi ta\u02bcminlanadi.<\/p>\n<p>Asosiy stavkani ko\u02bbrib chiqish bo\u02bbyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig\u02bbilishi 2025 yil 11 dekabr kuniga belgilangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy bank boshqaruvi 2025 yil 24 oktyabrdagi yig\u02bbilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to\u02bbg\u02bbrisida qaror qabul qildi.<\/p>\n","protected":false},"author":23,"featured_media":25491,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/68fb14d4040de.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"auto"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":25491,"7B0ecgVieEAP":"\u041c\u0430\u0440\u043a\u0430\u0437\u0438\u0439 \u0431\u0430\u043d\u043a \u0430\u0441\u043e\u0441\u0438\u0439 \u0441\u0442\u0430\u0432\u043a\u0430\u043d\u0438 14 \u0444\u043e\u0438\u0437 \u0434\u0430\u0440\u0430\u0436\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430 \u049b\u043e\u043b\u0434\u0438\u0440\u0434\u0438"},"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35692"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/23"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35692"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35692\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35693,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35692\/revisions\/35693"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/25491"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35692"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35692"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35692"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=35692"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}