{"id":35227,"date":"2025-08-25T17:38:21","date_gmt":"2025-08-25T12:38:21","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=35227"},"modified":"2025-08-25T17:38:21","modified_gmt":"2025-08-25T12:38:21","slug":"so%d2%93li%d2%9bni-sa%d2%9blash-vazirligi-sohta-kosmetologlar-hizmatidan-e%d2%b3tiyot-b%d1%9elishga-cha%d2%9birdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=35227","title":{"rendered":"Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi soxta kosmetologlar xizmatidan ehtiyot bo\u02bblishga chaqirdi"},"content":{"rendered":"<p>Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar yoki ayrim go\u02bbzallik salonlari peshlavhalarida ayollar sartaroshxonasi, manikyur, pedikyur xizmatlari ro\u02bbyxatida kosmetolog muolajalari bilan bog\u02bbliq e\u02bclonlarga ham tez-tez ko\u02bbzimiz tushmoqda. Terini ortiqcha yog\u02bblardan tozalash, piling, yuz massaji, lazerli epilyatsiya, botoks, mezoterapiya kabi muolaja turlarini taklif etayotgan bunday \u201cishbilarmon\u201dlar xizmatidan foydalanayotgan opa-singillar ham kam emas.<\/p>\n<p>O\u02bbz navbatida, so\u02bbnggi paytlarda xotin-qizlar yuz qismida o\u02bbtkazilgan ayrim amaliyotlar noxush holatlarga olib kelayotgani bilan bog\u02bbliq murojaatlar ko\u02bbpayayotgani \u2014 fakt!<\/p>\n<p>Sog\u02bbliqni saqlash vazirligining <a href=\"https:\/\/t.me\/ssvuz\/19140\">ma\u02bclum qilishicha<\/a>, yuzdagi nuqsonlarni bartaraf etaman, deb kosmetolog huzuriga borgan, biroq tuzalish o\u02bbrniga kutilmagan muammoni orttirib olgan ayollarning ijtimoiy tarmoqlardagi e\u02bctirozli chiqishlari ham kuzatilyapti.<\/p>\n<p><strong>Xo\u02bbsh, ushbu murojaatlar qanchalik asosli? Haqiqiy vaziyat qanday?<\/strong><\/p>\n<p>Tahlillarga ko\u02bbra, hozir mamlakatda 147 ta nodavlat tibbiyot tashkiloti tibbiy kosmetologiya ixtisosligi bo\u02bbyicha faoliyat yuritish uchun litsenziya olgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko\u02bbrsatkich \u2013 <strong>Toshkent shahrida, ya\u02bcni 94 ta.<\/strong><\/p>\n<p>Endi ular safiga oddiy go\u02bbzallik salonlari hamda<strong> tibbiyot tashkiloti maqomiga ega bo\u02bblmagan<\/strong> kosmetologiya muassasalarini ham qo\u02bbshib hisoblasak, bu miqdor yanada ortadi.<\/p>\n<p>Shunga qaramay, ba\u02bczi go\u02bbzallik salonlari, xususiy klinikalar tomonidan hech qanday huquqiy ahamiyatga ega bo\u02bblmagan sertifikatlar bilan bunday xizmatlarni ko\u02bbrsatish holatlari kundan-kunga ko\u02bbpayib borayotgani achinarlidir.<\/p>\n<p>O\u02bbrganishlar davomida aniqlanishicha, tibbiy kosmetologiya ixtisosligi bo\u02bbyicha tibbiy xizmat ko\u02bbrsatish uchun litsenziyaga ega nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatida yuqoridagi keltirilgani singari noxush holatlar uchramagan.<\/p>\n<p>Huquq-tartibot idoralariga kelib tushayotgan murojaatlar asosan litsenziya va diplomsiz faoliyat olib borish natijasida kelib chiqqan asoratlar hamda nojo\u02bbya ta\u02bcsirlarga daxldordir. Sababi, litsenziyasiz ishlash \u2014 sertifikatlanmagan mahsulot va tibbiy anjomlarni qo\u02bbllash, fiziologiya hamda anatomiya asoslarini bilmaslikni anglatadi.<\/p>\n<blockquote><p>Oddiy go\u02bbzallik salonlari yoki tibbiyot tashkiloti hisoblanmaydigan turli kosmetologiya markazlarida tegishli ma\u02bclumotga ega bo\u02bblmagan shaxslar tibbiy kosmetologiya bilan shug\u02bbullanayotgani bu muammolarning bosh omilidir, \u2014 deydi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ulug\u02bbbek Sabirov.<\/p><\/blockquote>\n<p>Ular tegishli hujjatlar asosida kosmetologiya xizmatini ko\u02bbrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor yoki o\u02bbzini o\u02bbzi band qilgan shaxs sifatida hisobdan o\u02bbtib, faoliyat olib borayotgan fuqarolardir. Ushbu kosmetologlar shifokor bo\u02bblmaganliklari uchun ular faoliyatini nazorat qilish sog\u02bbliqni saqlash organlarining vakolatida emas.<\/p>\n<p>Shu bois, mazkur yo\u02bbnalishdagi huquqiy asoslarni mustahkamlash choralari ko\u02bbrilmoqda. Xususan, Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi tomonidan <strong>Tibbiy kosmetologik xizmatlar ko\u02bbrsatish tartibi to\u02bbg\u02bbridagi Nizom<\/strong> va uni tasdiqlash haqidagi buyruq ishlab chiqilgan.<\/p>\n<p>Ta\u02bckidlanishicha, bu hujjat asosida davlat tibbiyot muassasalari tomonidan alohida tibbiy kosmetologik xizmatlar ko\u02bbrsatish tartibi hamda shifokor-kosmetologlarga qo\u02bbyilgan talablar belgilangan.<\/p>\n<p>Ayni paytdagi mavjud holat va fuqarolardan bo\u02bblayotgan murojaatlarni e\u02bctiborga olib, Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi ogohlantiradi:<\/p>\n<ul>\n<li>Tibbiy kosmetologiya xizmatidan foydalanmoqchi bo\u02bblsangiz, albatta, tegishli davlat tibbiyot muassasasi yoki shu ixtisoslik bo\u02bbyicha tibbiy faoliyatga litsenziya olgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga murojaat qiling.<\/li>\n<\/ul>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tahlillarga ko\u02bbra, hozir mamlakatda 147 ta nodavlat tibbiyot tashkiloti tibbiy kosmetologiya ixtisosligi bo\u02bbyicha faoliyat yuritish uchun litsenziya olgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko\u02bbrsatkich \u2013 Toshkent shahrida, ya\u02bcni 94 ta. Shunga qaramay, ba\u02bczi go\u02bbzallik salonlari, xususiy klinikalar tomonidan hech qanday huquqiy ahamiyatga ega bo\u02bblmagan sertifikatlar bilan bunday xizmatlarni ko\u02bbrsatish holatlari kundan-kunga ko\u02bbpayib bormoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":23,"featured_media":35228,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/68ac593f592bb.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"auto"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":35228,"7B0ecgVieEAP":"\u0421\u043e\u0493\u043b\u0438\u049b\u043d\u0438 \u0441\u0430\u049b\u043b\u0430\u0448 \u0432\u0430\u0437\u0438\u0440\u043b\u0438\u0433\u0438 \u0441\u043e\u0445\u0442\u0430 \u043a\u043e\u0441\u043c\u0435\u0442\u043e\u043b\u043e\u0433\u043b\u0430\u0440 \u0445\u0438\u0437\u043c\u0430\u0442\u0438\u0434\u0430\u043d \u044d\u04b3\u0442\u0438\u0451\u0442 \u0431\u045e\u043b\u0438\u0448\u0433\u0430 \u0447\u0430\u049b\u0438\u0440\u0434\u0438"},"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35227"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/23"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35227"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35227\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35229,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35227\/revisions\/35229"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35228"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35227"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35227"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35227"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=35227"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}