{"id":34924,"date":"2025-07-28T14:23:55","date_gmt":"2025-07-28T09:23:55","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=34924"},"modified":"2025-07-28T14:23:55","modified_gmt":"2025-07-28T09:23:55","slug":"deficzit-%d2%9bis%d2%9bardi-gaz-va-oltin-sotish-k%d1%9epajdi-%d1%9ezbekiston-tash%d2%9bi-savdosi-shar%d2%b3i","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=34924","title":{"rendered":"Defitsit qisqardi, gaz va oltin sotish ko\u02bbpaydi \u2013 O\u02bbzbekiston tashqi savdosi sharhi"},"content":{"rendered":"<p dir=\"auto\">2025 yil yanvar iyun oylarida O\u02bbzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 37 mlrd dollarni <a href=\"blank\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">tashkil etdi<\/a>. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 5 mlrd 123 mln dollarga yoki 16,1 foizga ko\u02bbp.<\/p>\n<p>Bunda eksport hajmi 16,88 mlrd dollar (+29,1 foiz), import hajmi esa 20,13 mlrd dollar (+7 foiz) bo\u02bblgan. Tashqi savdo salbiy saldosi esa 3 mlrd 246 mln dollargacha qisqargan.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasining salmoqli qismi <strong>Xitoy (17,7 foiz), Rossiya (16,3) Qozog\u02bbiston (6 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Janubiy Koreya (2,3 foiz)<\/strong> bilan qayd etilgan.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Dastlabki 6 oylikda yirik hamkor davlatlardan Turkiya, Janubiy Koreya, AQSH, Turkmaniston, Italiya va Litva bilan savdo aylanmasi miqdori qisqargan. Xitoy, Afg\u02bboniston, Fransiya, Germaniya, Hindiston, BAA kabi davlatlar bilan esa umumiy savdo hajmi sezilarli miqdorda oshgan.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>Eksport<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Hisobot davrida 6 mlrd 492 mln dollarlik (+54,8 foiz) oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 38,4 foizini tashkil etadi. Shuningdek, eksport tarkibida sanoat tovarlari (10,9 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,2 foiz), kimyoviy vositalar (5,8 foiz), mineral yoqilg\u02bbilar (4,3 foiz) va turli xil tayyor buyumlar (4,1 foiz) ham sezilarli ulushga ega bo\u02bblgan.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo\u02bbyicha asosiy hamkorlar Rossiya (12,1 foiz), XXR (5,4 foiz), Qozog\u02bbiston (4 foiz), Afg\u02bboniston (3,6 foiz), Turkiya (3 foiz), Fransiya (2,9 foiz), BAA (1,8 foiz), Qirg\u02bbiz Respublikasi (1,6 foiz) Tojikiston (1,4 foiz) va Pokiston (1,1 foiz) kabi davlatlar bo\u02bblgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 36,8 foizni tashkil etadi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Yanvar iyun oylarida 355 mln dollarlik gaz sotilgan bo\u02bblib, bu o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan 50,5 foizga ko\u02bbp. Bundan tashqari, 277 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari (-1,9 foiz), 100 mln dollarlik elektr toki (+52,5 foiz) eksporti ham amalga oshirilgan.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Hisobot davrida qariyb 136 mln dollarlik avtomobil va uning ehtiyot qismlari sotilgan. Bu 2024 yilga nisbatan 18,9 foizga kam.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>Import<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (32,9 foiz), sanoat tovarlari (16 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o\u02bbxshash mahsulotlar (12,9 foiz) hisobiga to\u02bbg\u02bbri kelgan. Umumiy importning 2\/3 qismi 7 ta davlatdan amalga oshirilgan:<\/p>\n<ul dir=\"auto\">\n<li><strong>Xitoy \u2013 28,1 foiz;<\/strong><\/li>\n<li><strong>Rossiya \u2013 19,8 foiz;<\/strong><\/li>\n<li><strong>Qozog\u02bbiston \u2013 7,6 foiz;<\/strong><\/li>\n<li><strong>Janubiy Koreya \u2013 4,1 foiz;<\/strong><\/li>\n<li><strong>Turkiya \u2013 4,1 foiz;<\/strong><\/li>\n<li><strong>Germaniya \u2013 2,9 foiz;<\/strong><\/li>\n<li><strong>Hindiston \u2013 2,7 foiz.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p>Gaz importi yarim yillikni hisobga olganda qisqargan. Hisobot davrida 572 mln dollarlik gaz sotib olingan, bu o\u02bbtgan yilgi ko\u02bbrsatkichning 70 foizini tashkil etadi. Ammo birgina iyun oyida 286 mln dollarlik gaz import qilingan. Bu yanvar may oylaridagi umumiy ko\u02bbrsatkichdan ham ko\u02bbproq.Shuningdek, avtomobil olib kirish ham sezilarli darajada qisqarib ketgan. Jumladan, yanvar iyun oylari davomida 1 mlrd 522 mln dollarlik (-8,5 foiz) mashina import qilingan. O\u02bbz navbatida, avtomobillar qismlari va anjomlari importi 34 foizga oshib, 802 mln dollarga yetgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2025 yilning birinchi yarmida O\u02bbzbekiston 355 mln dollarlik gaz eksport qilib, 572 mln dollarlik importni amalga oshirdi. Gaz sotish 50 foizga oshgan bo\u02bblsa, sotib olish 30 foizga kamaydi.<\/p>\n","protected":false},"author":23,"featured_media":34925,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/688741ac9ad8c.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"auto"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":34925,"7B0ecgVieEAP":"\u0414\u0435\u0444\u0438\u0446\u0438\u0442 \u049b\u0438\u0441\u049b\u0430\u0440\u0434\u0438, \u0433\u0430\u0437 \u0432\u0430 \u043e\u043b\u0442\u0438\u043d \u0441\u043e\u0442\u0438\u0448 \u043a\u045e\u043f\u0430\u0439\u0434\u0438 \u2013 \u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0442\u0430\u0448\u049b\u0438 \u0441\u0430\u0432\u0434\u043e\u0441\u0438 \u0448\u0430\u0440\u04b3\u0438"},"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34924"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/23"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34924"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34924\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34926,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34924\/revisions\/34926"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34925"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34924"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34924"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34924"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=34924"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}