{"id":34760,"date":"2025-07-11T11:53:09","date_gmt":"2025-07-11T06:53:09","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=34760"},"modified":"2025-07-11T09:55:33","modified_gmt":"2025-07-11T04:55:33","slug":"nkmk-yarim-jilda-salkam-48-tonna-oltin-ishlab-chi%d2%9bardi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=34760","title":{"rendered":"NKMK yarim yilda salkam 48 tonna oltin ishlab chiqardi"},"content":{"rendered":"<p>2025 yilning birinchi yarmida Navoiy kon-metallurgiya kombinati jami qiymati 60,8 trillion so\u02bbmga teng mahsulotni ishlab chiqardi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 44,1 foizga ko\u02bbproq. Bu haqda NKMK matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/www.ngmk.uz\/uz\/press-center\/news-and-press-releases\/NKMKAJning-2025-yil-I-yarim-yillikdagi-ishlab-chiqarish-natijalari\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">xabar bermoqda<\/a>.<\/p>\n<p>Mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1,4 foizga oshib, <strong>1,54 ming troy unsiya (47,8 tonna)<\/strong> oltinni tashkil etdi. Keltirilgan ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, hisob-kitoblar bir unsiya uchun 3113 dollar qiymatida olib borilgan.<\/p>\n<p>Investitsiya dasturi doirasida 219,5 mln dollarlik mablag\u02bb o\u02bbzlashtirildi, bu 2024 yil yanvar iyunidagi ko\u02bbrsatkichdan (363,5 mln dollar) 39,6 foizga kam demakdir. 1190 ta yangi ish o\u02bbrni yaratildi (bir yil avval \u2014 227 ta).<\/p>\n<p>Mahalliylashtirish dasturi doirasida 757,5 mlrd so\u02bbmlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi (bir yil avval \u2014 471,6 mlrd so\u02bbm), tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida <strong>3,6 trln so\u02bbmdan ortiq<\/strong> mahsulot xarid qilindi (o\u02bbtgan yili \u2014 3,2 trln so\u02bbm).<\/p>\n<blockquote><p>Xarajatlarni maqbullashtirish bo\u02bbyicha kompleks chora-tadbirlar ijrosi mahsulot tannarxini 1,8 trln so\u02bbmga kamaytirish imkonini berdi (bir yil avval \u2014 1,2 trln so\u02bbm).<\/p><\/blockquote>\n<p>Muruntov koni dunyodagi eng yirik ochiq kon bo\u02bblib qolmoqda, uning resurs bazasi 101 mln unsiya (3141 tonna) oltinga teng. NKMKning umumiy foydali qazilma zaxiralari 140 mln unsiyaga (4354,4 tonna) baholanmoqda.<\/p>\n<p>Daromad va foyda bo\u02bbyicha ma\u02bclumotlar keltirilmagan.<\/p>\n<p>\u201cMuruntov konini o\u02bbzlashtirish V navbat 2-bosqich\u201d yirik investitsiya loyihasi bo\u02bbyicha texnik iqtisodiy asoslar ishlab chiqildi. Ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida Muruntov konidan yiliga 60 mln tonna oltin tarkibli ma\u02bcdanni 2-gidrometallurgiya zavodiga yetkazish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, 2030 yilgacha NKMK barqaror rivojlanish dasturiga muvofiq bir qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, 7-gidrometallurgiya zavodining qayta ishlash quvvatini kengaytirish bo\u02bbyicha investitsiya loyihasi olib borilmoqda, uning amalga oshirilishi qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko\u02bbpaytirish, yangi ish o\u02bbrinlarini yaratish, zamonaviy talablarga javob beradigan energiyasamarador va ilg\u02bbor texnologiyalarni joriy etgan holda zavodda yiliga <strong>26 mln tonna texnogen chiqindilarni<\/strong> qayta ishlash imkonini beradi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Qoqpatas va Dovg\u02bbiztov oltin konlarida ma\u02bcdan qazib olish bo\u02bbyicha (3-navbat) loyihani amalga oshirish ishlari davom etmoqda. Uning amalga oshirilishi natijasida 3-gidrometallurgiya zavodida yiliga 10 mln tonna oltin tarkibli ma\u02bcdanlar qayta ishlanadi.<\/p>\n<p>Zarmitan konining quyi gorizontlarini o\u02bbzlashtirish investitsion loyihasi doirasida Zarmitan konida diametri 6,5 metr va chuqurligi 1000 metr bo\u02bblgan \u201cSkipli\u201d stvol \u2014 zamonaviy muhandislik inshooti ishga tushirildi va bu O\u02bbzbekiston kon-metallurgiya sanoati tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu inshoot yiliga 1,4 million tonna ruda qazib olish, uni 4-gidrometallurgiya zavodiga yetkazib berish imkonini beradi. Shuningdek, u ishchilarni pastga tushirish, yer osti suvlarini chiqarib tashlash va shaxtani shamollatish vazifalarini ham bajaradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muruntov koni dunyodagi eng yirik ochiq kon bo\u02bblib qolmoqda, uning resurs bazasi 3141 tonna oltinga teng. NKMKning umumiy foydali qazilma zaxiralari 4354,4 tonna baholanmoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":23,"featured_media":34761,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/6870b51f8b9a7.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"auto"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":34761,"7B0ecgVieEAP":"\u041d\u041a\u041c\u041a \u044f\u0440\u0438\u043c \u0439\u0438\u043b\u0434\u0430 \u0441\u0430\u043b\u043a\u0430\u043c 48 \u0442\u043e\u043d\u043d\u0430 \u043e\u043b\u0442\u0438\u043d \u0438\u0448\u043b\u0430\u0431 \u0447\u0438\u049b\u0430\u0440\u0434\u0438"},"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34760"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/23"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34760"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34760\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34762,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34760\/revisions\/34762"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34761"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34760"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34760"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34760"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=34760"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}