{"id":33921,"date":"2025-04-28T10:11:35","date_gmt":"2025-04-28T05:11:35","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=33921"},"modified":"2025-04-28T10:11:35","modified_gmt":"2025-04-28T05:11:35","slug":"toshkent-%d2%b3ududining-deyarli-yarmi-rekonstrukcziya-va-yangilanishga-mu%d2%b3tozh-tad%d2%9bi%d2%9bot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=33921","title":{"rendered":"Toshkent hududining deyarli yarmi rekonstruksiya va yangilanishga muhtoj \u2014 tadqiqot"},"content":{"rendered":"<p>Toshkent hududining qariyb yarmi yaqin 20 yil ichida rekonstruksiya va yangilanishga muhtoj. Bu haqda CMWP Uzbekistan konsalting kompaniyasi va Atlas Global byurosi tomonidan tayyorlangan \u201cIQ Toshkent 25. Shaharning 1930\u22122025 yillardagi rivojlanish dinamikasi\u201d mavzusidagi tadqiqotga tayanib, Spot <a href=\"https:\/\/www.spot.uz\/oz\/2025\/04\/26\/cmwp-atlas\/\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Bosh reja asosidagi hisob-kitoblarga ko\u02bbra, poytaxtdagi mavjud qurilish va infratuzilmalarning 43 foizi uchun rekonstruksiya zarur. Bu hajmga nafaqat turar-joy binolari, balki ko\u02bbcha-yo\u02bbl tarmog\u02bbi, muhandislik kommunikatsiyalari va jamoat joylari ham kiradi.<\/p>\n<p>Shahar muhitini yangilash uch yo\u02bbnalishda amalga oshiriladi:<\/p>\n<ul>\n<li><strong>hududning 43 foizi \u2014 rekonstruksiya:<\/strong> ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini qisman zichlashtirish va rivojlantirish orqali mavjud binolarni yangilash;<\/li>\n<li><strong>hududning 28 foiz \u2014 konservatsiya:<\/strong> obodonlashtirish va atrof-muhit barqarorligini ta\u02bcminlagan holda yangi qurilishsiz joriy foydalanishni saqlab qolish;<\/li>\n<li><strong>hududning 15 foizi \u2014 renovatsiya:<\/strong> kam qavatli, sanoat va foydalanilmayotgan uchastkalarni yangi qurilishlarni shakllantirish orqali to\u02bbliq o\u02bbzgartirish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Yo\u02bbnalishlarning har biri hayot sifatini yaxshilash va poytaxtni o\u02bbsib borayotgan aholi va iqlim o\u02bbzgarishi muammolariga moslashtirishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Strategiya doirasida rekonstruksiya funksional vazifasini to\u02bbliq o\u02bbzgartirish bilan bog\u02bbliq bo\u02bblmagan binolar, kommunikatsiyalar va transport uzellarini yangilash hisoblanadi.<\/p>\n<p>Hududni to\u02bbliq buzish va yangidan qurishni nazarda tutuvchi renovatsiyadan farqli o\u02bblaroq, rekonstruksiya bir vaqtning o\u02bbzida atrof-muhit sifatini, energiya samaradorligini va iqlim muammolariga chidamliligini oshirish bilan tuzilmani saqlab qolishga qaratilgan.<\/p>\n<blockquote><p>Tadqiqot mualliflarining ta\u02bckidlashicha, Toshkentning faol rivojlanishi shaharning asosiy tizimlarini, jumladan, transport va muhandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilishni, shuningdek, ko\u02bbkalamzorlashtirishni kengaytirishni talab qiladi.<\/p><\/blockquote>\n<p>Iqlim barqarorligini oshirish eng muhim vazifalardan biri bo\u02bbladi. Hozirda shahar hududining 85 foizi \u201cissiqlik oroli\u201d ta\u02bcsiri \u2014 tomlar, asfalt va boshqa suv o\u02bbtkazmaydigan yuzalarda issiqlik to\u02bbplanishi natijasida qizib ketish xavfi ostida qolmoqda.<\/p>\n<p>Taklif etilayotgan yechimlar orasida shox-shabbali daraxtlarni ekish orqali zich ko\u02bbkalamzorlashtirish, och tusli qoplamalarni qo\u02bbllash va ochiq tuproqni shamol ta\u02bcsirida nurashdan himoya qilish kabilar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bosh reja asosidagi hisob-kitoblarga ko\u02bbra, poytaxtdagi mavjud qurilish va infratuzilmalarning 43 foizi uchun rekonstruksiya zarur. Bu hajmga nafaqat turar-joy binolari, balki ko\u02bbcha-yo\u02bbl tarmog\u02bbi, muhandislik kommunikatsiyalari va jamoat joylari ham kiradi.<\/p>\n","protected":false},"author":23,"featured_media":33922,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/680f0e09ee7f5.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"auto"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":33922,"7B0ecgVieEAP":"\u0422\u043e\u0448\u043a\u0435\u043d\u0442 \u04b3\u0443\u0434\u0443\u0434\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0434\u0435\u044f\u0440\u043b\u0438 \u044f\u0440\u043c\u0438 \u0440\u0435\u043a\u043e\u043d\u0441\u0442\u0440\u0443\u043a\u0446\u0438\u044f \u0432\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0430\u043d\u0438\u0448\u0433\u0430 \u043c\u0443\u04b3\u0442\u043e\u0436 \u2014 \u0442\u0430\u0434\u049b\u0438\u049b\u043e\u0442"},"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/33921"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/23"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=33921"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/33921\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33923,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/33921\/revisions\/33923"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/33922"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=33921"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=33921"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=33921"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=33921"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}