{"id":33235,"date":"2025-03-12T12:30:25","date_gmt":"2025-03-12T07:30:25","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=33235"},"modified":"2025-03-12T10:31:29","modified_gmt":"2025-03-12T05:31:29","slug":"%d1%9ezbekistonda-bank-sektorida-ra%d2%9bobat-hususij-va-horizhij-banklar-ulushi-kengajmo%d2%9bda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=33235","title":{"rendered":"O\u02bbzbekistonda bank sektorida raqobat: xususiy va xorijiy banklar ulushi kengaymoqda"},"content":{"rendered":"<p>Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025 yil 1 fevral holatiga O\u02bbzbekiston bank tizimidagi raqobat darajasini <a href=\"https:\/\/t.me\/ifmr_public\/5818\">o\u02bbrgandi<\/a>.<\/p>\n<p><em>Ma\u02bclumot uchun, bozor HHI (Herfindal Hirshman Indeksi) bo\u02bbyicha raqobat darajasiga ko\u02bbra 3 guruhga bo\u02bblinadi, raqobat darajasi past (HHI 2500-10000 gacha), o\u02bbrtacha (HHI 1500- 2500) va yuqori (HHI 1500 dan past)<\/em><\/p>\n<p><strong>Aktivlar.<\/strong> 2025 yil 1 fevral holatiga aktivlar bo\u02bbyicha hisoblangan HHI indeksi o\u02bbtgan yilning mos davridagiga nisbatan 72 birlikka yaxshilanib, 800 ni tashkil qildi. Bu davrda tijorat banklari jami aktivlari hajmi 17,7 foizga (yoki 115,6 trillion so\u02bbm) ortib, 768 trillion so\u02bbmga yetdi.<\/p>\n<p>2024 yil 1 fevral holatiga xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning bank tizimi jami aktivlaridagi ulushi 32,5 foizni tashkil qilgan bo\u02bblsa, 2025 yil 1 fevral holatiga<strong> 34,5 foizga yetdi<\/strong>. Bu davrda Anorbank ulushi (1,36 foiz) 0,64 foiz bandga, TBC banki ulushi (1,33 foiz) 0,60 foiz bandga, Hamkorbank ulushi (3,71 foiz) 0,41 foiz bandga oshdi. Qolaversa, davlat ulushi mavjud eng yirik banklardan \u201cO\u02bbzmilliybank\u201d (17,5 foiz) va \u201cAsakabank\u201dning (7,4 foiz) jami bank tizimi aktivlaridagi ulushi mos ravishda 1,5 va 1,3 foiz bandga kamaydi.<\/p>\n<p><strong>Kreditlar.<\/strong> 2025 yil 1 fevral holatiga kreditlar bo\u02bbyicha hisoblangan HHI indeksi o\u02bbtgan yilning mos davridagiga (975) nisbatan 57 birlikka yaxshilanib, 918 birlikni tashkil qildi. Bu davrda xususiy va chet kapitali ishtirokidagi banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning butun bank tizimi jami kreditlar hajmidagi ulushi 30 foizdan 31 foizga oshdi.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit qo\u02bbyilmalari hajmi 2025 yil 1 yanvar holatiga <strong>533,1 trillion so\u02bbmni<\/strong> (YAIMga nisbatan 36,6 foiz) tashkil qilgan bo\u02bblsa, 1 fevral holatiga 866 mlrd. so\u02bbmga oshib, 534 trillion so\u02bbmga yetdi. Jami kredit qoldig\u02bbi 2025 yil 1 fevral holatiga o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga oshdi. Bunda, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi mos ravishda 20 va 11 foizga ortgan. Ushbu davrda jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlar hajmi 75 foiz ko\u02bbpaydi.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumot uchun, mikroqarzlar uchun maksimal qiymat 2024 yil<strong> 1 yanvardan 50 million so\u02bbmdan<\/strong> 100 million so\u02bbmga oshgan.<\/p>\n<p>Milliy valyutadagi jami bank kreditlari bo\u02bbyicha o\u02bbrtacha tortilgan foiz stavkasi 2024 yilning yanvar oyida 24,1 foizni tashkil qilgan bo\u02bblsa, dekabr oyida<strong> 23,4 foizga tushgan<\/strong>. Milliy valyutadagi aholi kreditlari bo\u02bbyicha o\u02bbrtacha tortilgan foiz stavkalari 2024 yil dekabr oyida 24,9 foizgacha oshdi (sentyabrda 23,8 foiz edi). Buning asosiy sababi milliy valyutadagi kreditlarga bo\u02bblgan talabning va inflyatsion kutilmalarning yuqoriligidir.<\/p>\n<p><strong>Depozitlar.<\/strong> Depozitlar uchun HHI indeksi 2025 yil 1 fevral holatiga 636 birlikni tashkil etdi va o\u02bbtgan yilning mos davriga (668) nisbatan 32 birlikka yaxshilandi. 2024 yil 1 fevral holatiga, jami depozitlar hajmi 242,1 trillion so\u02bbmni tashkil qilgan bo\u02bblsa, 2025 yil 1 fevral holatiga<strong> 310,2 trillion so\u02bbmga<\/strong> yetdi (o\u02bbsish 28,1 foiz).<\/p>\n<p>Xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning bank tizimi jami depozitlari hajmidagi ulushi 2025 yil 1 yanvar holatiga 1 foiz bandga oshib, 50 foizga yetdi, ammo 1 fevral holatiga Ipotekabank va Tengebank\u02bbning ulushi mos ravishda 0,67 foiz bandga va 0,37 foiz bandga qisqarishi natijasida davlat ulushi mavjud banklarning ulushi 1 foiz bandga ortdi.<\/p>\n<p>Chet el valyutasi bank depozitlari bo\u02bbyicha o\u02bbrtacha tortilgan foiz stavkasi 2024 yil boshida 4,7 foizni tashkil qilgan bo\u02bblsa, <strong>yil yakunida 5,3 foizga yetdi<\/strong>. Qolaversa, ushbu davrda milliy valyutada jalb qilingan depozitlar hajmi 36 foizga, chet el valyutasida jalb qilingan depozitlar hajmi 7,4 foizga ortgan.<\/p>\n<p>Tahlil qilingan davrda aktivlar, kreditlar va depozitlar bo\u02bbyicha hisoblangan HHI indeksi raqobat darajasi oshib borayotganini ko\u02bbrsatmoqda. Bunda davlat ishtirokini kamaytirish, xorijiy investorlarni jalb qilish bo\u02bbyicha ko\u02bbrilayotgan chora-tadbirlar raqobat sharoitlarini yaxshilash va bank sektorini yanada rivojlantirishga xizmat qilayotganidan dalolat bermoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatda tijorat banklari aktivlari, kredit va depozitlar bo\u02bbyicha HHI indeksi yaxshilandi. Xususiy va xorijiy kapital ishtirokidagi banklarning bozordagi ulushi ortib, davlat ulushi mavjud banklarning hissasi kamaymoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":23,"featured_media":13629,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/67d1384159f62.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"auto"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":13629,"7B0ecgVieEAP":"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d\u0434\u0430 \u0431\u0430\u043d\u043a \u0441\u0435\u043a\u0442\u043e\u0440\u0438\u0434\u0430 \u0440\u0430\u049b\u043e\u0431\u0430\u0442: \u0445\u0443\u0441\u0443\u0441\u0438\u0439 \u0432\u0430 \u0445\u043e\u0440\u0438\u0436\u0438\u0439 \u0431\u0430\u043d\u043a\u043b\u0430\u0440 \u0443\u043b\u0443\u0448\u0438 \u043a\u0435\u043d\u0433\u0430\u0439\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430"},"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/33235"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/23"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=33235"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/33235\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33239,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/33235\/revisions\/33239"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/13629"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=33235"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=33235"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=33235"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=33235"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}