{"id":28124,"date":"2022-11-09T17:10:41","date_gmt":"2022-11-09T12:10:41","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=28124"},"modified":"2022-11-09T17:03:20","modified_gmt":"2022-11-09T12:03:20","slug":"ozbekistonga-kamida-1-million-dollar-sarmoya-kiritgan-shahsga-mamlakat-fuqaroligi-beriladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=28124","title":{"rendered":"O\u02bbzbekistonga kamida 1 million dollar sarmoya kiritgan shaxsga mamlakat fuqaroligi beriladi"},"content":{"rendered":"<p class=\"p1\">\u201cO\u02bbzbekiston Respublikasining fuqaroligi to\u02bbg\u02bbrisida\u201d gi qonuniga qo\u02bbshimcha kiritish haqidagi hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun <a href=\"https:\/\/regulation.gov.uz\/uz\/d\/70586\">e\u02bclon qilindi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">Unga ko\u02bbra, ushbu qonunda katta hajmda to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlarga O\u02bbzbekiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p class=\"p1\">\u201cO\u02bbzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo\u02bblgan yoki fuqaroligi bo\u02bblmagan shaxs tomonidan O\u02bbzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 million AQSH dollari ekvivalentida sarmoya kiritgan jismoniy shaxsga yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va san\u02bcat arbobiga nisbatan tadbiq etiladi\u201d, deyiladi qarorda.<\/p>\n<p class=\"p1\"><strong>Xo\u02bbsh bu ko\u02bbrsatkich dunyo davlatlarida qancha?<\/strong><\/p>\n<p class=\"p1\">Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo\u02bbg\u02bbon imzolagan farmonga ko\u02bbra, xorijliklar 400 ming dollardan arzon bo\u02bblmagan ko\u02bbchmas mulkni Turkiyada xarid qilishsa, istisno tariqasida ularga mamlakat fuqaroligi beriladi.<\/p>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28154 size-full\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/70373922-turkish-flag-in-front-of-the-sultanahmet-or-blue-mosque-istanbul-turkey.jpg\" alt=\"\" width=\"1100\" height=\"732\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/70373922-turkish-flag-in-front-of-the-sultanahmet-or-blue-mosque-istanbul-turkey.jpg 1100w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/70373922-turkish-flag-in-front-of-the-sultanahmet-or-blue-mosque-istanbul-turkey-300x200.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/70373922-turkish-flag-in-front-of-the-sultanahmet-or-blue-mosque-istanbul-turkey-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/70373922-turkish-flag-in-front-of-the-sultanahmet-or-blue-mosque-istanbul-turkey-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1100px) 100vw, 1100px\" \/><\/p>\n<p>Qirg\u02bbizistonda esa investorlar mamlakat fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin bo\u02bbladi. \u201cO\u02bbylaymanki, agar investor iqtisodiyotimizga 300 ming dollar sarmoya kiritsa, unga fuqarolik berishimiz mumkin\u201d, \u2014 deydi Milliy investitsiya agentligi rahbari Ravshan Sobirov.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28155 size-full\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/d3e2c22e-6c8b-4835-bc8a-5ea7e44887eb.jpg\" alt=\"\" width=\"1920\" height=\"1246\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/d3e2c22e-6c8b-4835-bc8a-5ea7e44887eb.jpg 1920w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/d3e2c22e-6c8b-4835-bc8a-5ea7e44887eb-300x195.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/d3e2c22e-6c8b-4835-bc8a-5ea7e44887eb-1024x665.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/d3e2c22e-6c8b-4835-bc8a-5ea7e44887eb-768x498.jpg 768w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/d3e2c22e-6c8b-4835-bc8a-5ea7e44887eb-1536x997.jpg 1536w\" sizes=\"(max-width: 1920px) 100vw, 1920px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Portugaliyada esa ushbu mablag\u02bb 500 ming yevro (<span class=\"DFlfde SwHCTb\" data-precision=\"2\" data-value=\"503174.99999999994\">503 ming 175<\/span>\u00a0<span class=\"MWvIVe nGP2Tb\" data-mid=\"\/m\/09nqf\" data-name=\"\u0414\u043e\u043b\u043b\u0430\u0440 \u0421\u0428\u0410\">dollar<\/span>);<\/p>\n<p class=\"p1\">Maltada 300 ming yevro (301 ming 899\u00a0<span class=\"MWvIVe nGP2Tb\" data-mid=\"\/m\/09nqf\" data-name=\"\u0414\u043e\u043b\u043b\u0430\u0440 \u0421\u0428\u0410\">dollar<\/span>);<\/p>\n<p class=\"p1\">Avstriyada 100 ming yevro (<span class=\"DFlfde SwHCTb\" data-precision=\"2\" data-value=\"100634.99999999999\">100 ming 635<\/span> d<span class=\"MWvIVe nGP2Tb\" data-mid=\"\/m\/09nqf\" data-name=\"\u0414\u043e\u043b\u043b\u0430\u0440 \u0421\u0428\u0410\">ollar<\/span>);<\/p>\n<p class=\"p1\">Gretsiyada 250 ming yevro (251 ming 582 dollar);<\/p>\n<p class=\"p1\">Ispaniyada 500 ming yevro (<span class=\"DFlfde SwHCTb\" data-precision=\"2\" data-value=\"503174.99999999994\">503 ming 175<\/span>\u00a0<span class=\"MWvIVe nGP2Tb\" data-mid=\"\/m\/09nqf\" data-name=\"\u0414\u043e\u043b\u043b\u0430\u0440 \u0421\u0428\u0410\">dollar<\/span>);<\/p>\n<p class=\"p1\">Shveysariyada 450 ming frank (455 ming dollar).<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28156 size-full\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/253820000664.18445.jpg\" alt=\"\" width=\"1000\" height=\"670\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/253820000664.18445.jpg 1000w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/253820000664.18445-300x201.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/253820000664.18445-768x515.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1000px) 100vw, 1000px\" \/><\/p>\n<p>Qaror O\u02bbzbekistondagi faollar tomonidan ham turli qabul qilindi.<\/p>\n<p class=\"p1\">\u00ab1 mln dollar puli bor odamga O\u02bbzbekiston fuqaroligi <a href=\"https:\/\/regulation.gov.uz\/uz\/d\/70586\"><span class=\"s1\">kerakmikin<\/span><\/a>?\u00bb \u2014 deydi Kainbek o\u02bbzining Telegram\u02bbdagi kanalida.<\/p>\n<p>Konstitutsiyaning 21-moddasiga muvofiq, O\u02bbzbekistonning butun hududida yagona fuqarolik belgilangan. Fuqaroligi tugatilgan shaxs tomonidan, O\u02bbzbekiston fuqaroligi pasporti yoki identifikatsiya ID-kartalaridan foydalanganlik uchun ma\u02bcmuriy javobgarlik belgilangan.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28157\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/1632980685_2021-09-30_095615.jpg\" alt=\"\" width=\"914\" height=\"554\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/1632980685_2021-09-30_095615.jpg 800w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/1632980685_2021-09-30_095615-300x182.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/1632980685_2021-09-30_095615-768x466.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 914px) 100vw, 914px\" \/><\/p>\n<p><strong>Ikki fuqarolik o\u02bbzi nima?<\/strong><\/p>\n<p class=\"p1\">Ikki fuqarolik, bipatridlar \u2014 ayni bir vaqtda 2 va undan ortiq davlat fuqaroligiga mansublik. 2 fuqarolik quyidagi hollarda yuzaga keladi:<\/p>\n<ul>\n<li class=\"p1\">farzand fuqaroligini belgilashda \u201cqon huquqi\u201d, ya\u02bcni qaysi davlat hududida tug\u02bbilishidan qat\u02bci nazar, ota-onasi qaysi davlat fuqarosi bo\u02bblsa, shu davlatning fuqarosi bo\u02bblishlik qoidasi qo\u02bbllanadigan davlat fuqarolaridan farzand tug\u02bbilgan vaqtda; \u201cyurt huquqi\u201d, ya\u02bcni ota-onasi fuqaroligidan qat\u02bci nazar, qaysi davlat hududida tug\u02bbilsa, shu davlat fuqarosi bo\u02bblishlik qoidasini qo\u02bbllanadigan davlat hududida farzand tug\u02bbilgan paytda;<\/li>\n<li class=\"p1\">ayol kishi ajnabiy shaxs bilan nikohda bo\u02bblgan paytda \u2014 agar uning mamlakati qonunchiligiga binoan u nikohdan o\u02bbtganidan so\u02bbng fuqarolikdan chiqarilmasa, erining mamlakati qonunchiligiga binoan esa ayolni o\u02bbz-o\u02bbzidan fuqarolikka qabul qilsa;<\/li>\n<li class=\"p1\">fuqarolik boshqa davlat fuqaroligiga o\u02bbzgartirilgan paytda \u2014 agar fuqarolikka qabul qilgan davlatning fuqarolikni o\u02bbzgartirish uchun oldindan roziligi olinmagan bo\u02bblsa. Xalqaro huquqda 2 fuqarolik munosabati bilan yuzaga keladigan masalalar bo\u02bbyicha yagona, hamma tan olgan tartib belgilanmagan. Aksariyat davlatlar 2 fuqarolikka salbiy munosabatda. 1930 yil Gaaga kon-vensiyasida 2 fuqarolikni kamaytirish va tan olmaslik haqidagi xalqaro tamoyil mustahkamlangan. Qoidaga ko\u02bbra, har bir shaxs faqat bir davlatning fuqarosi bo\u02bbla oladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>O\u02bbzbekistonda qachondan beri yagona fuqarolik amal qiladi?<\/strong><\/p>\n<p class=\"p1\">O\u02bbzbekistonning 1992 yil 2 iyuldagi Fuqarolik to\u02bbg\u02bbrisidagi qonuniga binoan, yagona fuqarolik joriy qilingan. O\u02bbzbekistonda yashovchi har bir shaxs fuqarolik huquqiga ega. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o\u02bbzgartirish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. Yagona fuqarolik:<\/p>\n<ul>\n<li class=\"p1\">davlatning yaxlitligini;<\/li>\n<li class=\"p1\">barcha fuqarolar bir xil huquqiy maqomga ega ekanligini;<\/li>\n<li class=\"p1\">barcha fuqarolar teng huquqligi va ularning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishini anglatadi.<\/li>\n<\/ul>\n<p class=\"p1\">Shaxs 2 yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo\u02bblgan taqdirda, u qaysi mamlakat bilan eng ko\u02bbp uzviy bog\u02bblangan bo\u02bblsa, uning uchun o\u02bbsha mamlakat xuquqi shaxsiy qonun hisoblanadi. Fuqaroligi bo\u02bblmagan shaxs qaysi mamlakatda doimiy yashab turgan bo\u02bblsa, o\u02bbsha mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumot uchun:<\/p>\n<ul>\n<li>2005 yil 1 yanvarga qadar O\u02bbzbekistonda doimiy yashash joyi bo\u02bbyicha ro\u02bbyxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo\u02bblmagan shaxs xohish bildirgan;<\/li>\n<li>O\u02bbzbekistonda kamida 15 yil doimiy istiqomat qilgan va shu davr mobaynida chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan;<\/li>\n<li>ota-onasidan biri (yolg\u02bbiz otasi yoki onasi) O\u02bbzbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O\u02bbzbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda O\u02bbzbekiston fuqarosi deb tan olinadi.<\/li>\n<\/ul>\n<p class=\"p1\">Bundan tashqari, O\u02bbzbekiston hududida tug\u02bbilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi bo\u02bblmagan shaxslar O\u02bbzbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 5 yil davomida (fuqaroligi bo\u02bblmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e\u02bctiboran) uzluksiz yashash sharti bekor qilinishi belgilandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekistondagi investitsiya loyihalariga kamida 1 million dollar sarmoya kiritgan shaxsga mamlakat fuqaroligi beriladi. \u201cKommers.uz\u201d ushbu ko\u02bbrsatkichni jahon mamlakatlari bilan solishtirdi<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":28163,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":null,"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28124"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=28124"}],"version-history":[{"count":12,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28124\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28158,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28124\/revisions\/28158"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/28163"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=28124"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=28124"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=28124"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=28124"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}