{"id":27726,"date":"2022-10-13T08:19:17","date_gmt":"2022-10-13T03:19:17","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=27726"},"modified":"2022-10-13T20:53:18","modified_gmt":"2022-10-13T15:53:18","slug":"atlas-bajrami-v-halqaro-ananavij-toqimachilik-festivaliga-bagishlangan-matbuot-anzhumani-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=27726","title":{"rendered":"\u201cAtlas bayrami\u201d V xalqaro an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilik festivaliga bag\u02bbishlangan matbuot anjumani bo\u02bblib o\u02bbtdi"},"content":{"rendered":"<p>2022 yilning 20\u201322 oktyabr kunlari Marg\u02bbilon shahrida \u201cAtlas bayrami\u201d V xalqaro an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilik festivali bo\u02bblib o\u02bbtadi. Festival Turizm va madaniy meros vazirligi, UNESCO ishlari bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston Milliy komissiyasi, UNESCO\u02bbning O\u02bbzbekistondagi vakolatxonasi, UNFPA\u02bbning O\u02bbzbekistondagi vakolatxonasi, \u201cHunarmand\u201d uyushmasi, Farg\u02bbona viloyati hokimligi, Marg\u02bbilon shahar hokimligi va Marg\u02bbilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi tomonidan\u00a0<a href=\"https:\/\/uzbektourism.uz\/news\/view?id=2441\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">o\u02bbtkaziladi<\/a>.<\/p>\n<p>12 oktabr kuni Turizm va madaniy meros vazirligi binosida ana shu festivalga bag\u02bbishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanida Xalqaro hakamlar hay\u02bcati raisi Akbar Hakimov, bosh vazir o\u02bbrinbosari \u2014 turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, UNESCO\u02bbning O\u02bbzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, \u201cHunarmand\u201d uyushmasi bo\u02bblim boshlig\u02bbi Baxtiyor Allayev va Farg\u02bbona viloyati hokimi o\u02bbrinbosari Xurshid Ahmedov ishtirok etdi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/bugun.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/photo-2022-10-12-18-23-32.jpg\" \/><\/p>\n<blockquote><p>\u201cFestivalning eng ahamiyatli jihatlaridan biri shuki, unitng doirasida Marg\u02bbilon shahriga \u02bbJahon ipak va ikat hunarmandlari shahri\u02bc maqomi beriladi, bu esa Marg\u02bbilonning Jahon hunarmandchilik kengashi tarmog\u02bbiga kiritilishini ta\u02bcminlaydi. Mazkur maqom Marg\u02bbilonning o\u02bbzbek hunarmandchiligini asrab-avaylashdagi muhim rolini yanada oshiradi. Atlas bayramida Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston, Tojikiston, Malayziya, Hindiston, Turkiya, Tailand, Bangladesh, Indoneziya, AQSH, Latviya, Mo\u02bbg\u02bbuliston, Italiya va boshqa mamlakatlardan hunarmandlar, madaniyat arboblari, dizayner va mutaxassislar ishtirok etadilar\u201d, \u2014 deydi Aziz Abduhakimov.<\/p><\/blockquote>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/bugun.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/photo-2022-10-12-18-23-37.jpg\" \/><\/p>\n<p>Ta\u02bckidlash kerakki, festivaldan oldin, ya\u02bcni 16\u201319 oktyabr kunlari O\u02bbzbekiston va Qirg\u02bbiziston hunarmandlari va dizaynerlari uchun an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilikning har xil turlariga bag\u02bbishlangan an\u02bcanaviy hunarmandchilik, etnik dizayn va tadbirkorlik bo\u02bbyicha to\u02bbrt kunlik treninglar o\u02bbtkaziladi. Mazkur trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshiriladi.<\/p>\n<p>Tadbirda nutq so\u02bbzlagan Sara Noshadi festivalning ahamiyatiga to\u02bbxtalib o\u02bbtdi.<\/p>\n<blockquote><p>\u201cFestival an\u02bcanaviy o\u02bbzbek to\u02bbqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo\u02bbyicha \u02bbnou-xau\u02bbni ommalashtirish orqali nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylashga hissa qo\u02bbshadi. Shuningdek, o\u02bbzbek to\u02bbqimachiligining barcha turlarida, paxtachilikdan tortib ipak matolar, gilam va kashtachilik yoki kiyim-kechak dizaynigacha bo\u02bblgan barcha turdagi an\u02bcanaviy hunarmandchilikning sifati va dizaynini yaxshilashga ko\u02bbmaklashadi. Bundan tashqari, festival milliy va xalqaro hunarmandlar, ishlab chiqaruvchilar, an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilik bo\u02bbyicha mutaxassislar, dizaynerlar va moda mutaxassislarini birlashtiradi\u201d, \u2013 deydi Sara Noshadi.<\/p><\/blockquote>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/bugun.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/photo-2022-10-12-18-23-41.jpg\" \/><\/p>\n<p>Festivalning ochilish marosimi doirasida esa Marg\u02bbilon shahriga \u201cJahon ipak va ikat hunarmandlari shahri\u201d maqomi beriladi, bu esa Marg\u02bbilonning World Crafts Council \u2013 Jahon hunarmandchilik kengashi tarmog\u02bbiga kiritilishini ta\u02bcminlaydi. Mazkur maqom Marg\u02bbilonning o\u02bbzbek hunarmandchiligini asrab-avaylashdagi muhim rolini yanada oshiradi.<\/p>\n<p>Qayd etish kerakki, festivalda Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston, Tojikiston, Malayziya, Hindiston, Turkiya, Tailand, Bangladesh, Indoneziya, AQSH, Latviya, Mo\u02bbg\u02bbuliston, Italiya va boshqa mamlakatlardan hunarmandlar, madaniyat arboblari, dizayner va mutaxassislar ishtirok etadi. Ularning ishtiroki esa an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilik sohasidagi uslublar, naqshlar, an\u02bcana va texnikalar haqida fikr almashish imkonini beradi. Ularning ishtiroki mahalliy va yosh hunarmandlar uchun muhim ilhom manbai bo\u02bbladi. Hindistonning O\u02bbzbekistondagi turizm elchisi, taniqli modelyer Ritu Beri xonim kabi san\u02bcat namoyandalari o\u02bbz ishtiroklari bilan festivalga ko\u02bbrk bag\u02bbishlaydi.<\/p>\n<p>Festival dasturidan, shuningdek, xalqaro konferensiya, davra suhbati, moda namoyishlari va ko\u02bbrgazma kabi boshqa yirik tadbirlar ham o\u02bbrin olgan. Xususan, \u201cZamonaviy dunyoda an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilikning o\u02bbrni\u201d xalqaro konferensiyasining rasmiy ochilish marosimi bo\u02bblib o\u02bbtadi, unda Markaziy Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Italiya, Bolgariya, Mo\u02bbg\u02bbuliston, Rossiya va boshqa mamlakatlar va mintaqalardan 15 nafarga yaqin ma\u02bcruzachilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Konferensiya materiallari O\u02bbzbekistonda an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilik va kiyim-kechak dizaynining hozirgi holatini rivojlantirish strategiyasini baholash va ishlab chiqishning muhim ko\u02bbrsatkichiga aylanadi.<\/p>\n<p>Qolaversa, \u201cBuyuk ipak yo\u02bbli merosxo\u02bbrlari\u201d an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilik xalqaro ko\u02bbrgazmasi ham boshlanadi, unda turli mamlakatlar vakillari ishtirokida turli to\u02bbqimachilik hunarmandchiligi namoyish etiladi. Shu bilan birga, festivaldan an\u02bcanaviy mato va gilam ishlab chiqarish bo\u02bbyicha master-klasslar, teatrlashtirilgan va musiqali tomoshalar, hunarmandchilik yarmarkasi, Markaziy Osiyo, Osiyo-Tinch okeani va Yevropa dizaynerlarining moda namoyishlari, an\u02bcanaviy o\u02bbzbek ijrochilari ishtirokidagi gala-konsert ham o\u02bbrin olgan.<\/p>\n<p>Albatta, bu tadbirlar birgalikda o\u02bbzaro tajriba almashish va o\u02bbrganish uchun platforma yaratadi hamda O\u02bbzbekistondagi boy va qadimiy hunarmandchilik an\u02bcanalari haqida mahalliy va xalqaro xabardorlikni oshirishga yordam beradi.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumot uchun, \u201cAtlas bayrami\u201d an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilik festivaliga 2015 yilda asos solingan.\u00a0Festivaldan ko\u02bbzlangan maqsad an\u02bcanaviy o\u02bbzbek to\u02bbqimachilik sohasida nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash va targ\u02bbib qilish, shuningdek, o\u02bbzbek to\u02bbqimachiligining barcha yo\u02bbnalishlarida, paxtachilikdan tortib, ipak gazlamalar, gilamlar, kashtachilik yoki moda dizaynigacha bo\u02bblgan an\u02bcanaviy hunarmandchilikning sifati va dizaynini yaxshilash. Bundan tashqari, festivalning uzviy maqsadlari \u2013 o\u02bbzbek to\u02bbqimachilik an\u02bcanalariga bo\u02bblgan bilim va qiziqishni keyingi avlodga o\u02bbtkazishni ta\u02bcminlash, an\u02bcanaviy to\u02bbqimachilik sohasida xalqaro tajriba almashish uchun platforma yaratish, o\u02bbzbek to\u02bbqimachilik sanoatining xalqaro maydonda e\u02bctirof etilishiga hissa qo\u02bbshishdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Matbuot anjumanida Marg\u02bbilon shahriga \u201cJahon ipak va ikat hunarmandlari shahri\u201d maqomi berilishi ma\u02bclum qilindi<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":27727,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":null,"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27726"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27726"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27726\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27728,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27726\/revisions\/27728"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27727"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27726"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27726"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27726"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=27726"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}