{"id":24694,"date":"2022-07-20T00:07:10","date_gmt":"2022-07-19T19:07:10","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=24694"},"modified":"2022-07-20T00:24:17","modified_gmt":"2022-07-19T19:24:17","slug":"gtl-dizeli-birzhaga-chiqarilgani-takidlanmoqda-narhlar-keskin-oshgani-bojicha-soz-ochilmayapti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=24694","title":{"rendered":"GTL dizeli birjaga chiqarilgani ta\u02bckidlanmoqda. Narxlar keskin oshgani bo\u02bbyicha so\u02bbz ochilmayapti"},"content":{"rendered":"<p>Kommers.uz\u02bbda dizel narxining keskin ko\u02bbtarilib ketgani bo\u02bbyicha vaziyatdan norozi fermer bilan suhbat <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/fermerlar-norozi-ozbekistonda-kotarilayotgan-dizel-narhi-qachon-nazoratga-olinadi\">e\u02bclon qilingandi<\/a>. Unda Uzbekistan GTL va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan dizel birja savdolariga chiqarilmayotgani ham ta\u02bckidlab o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>\u201cO\u02bbzbekneftgaz\u201dning nashrga ma\u02bclum qilishicha, Uzbekistan GTL zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan \u201c17 880 tonna yangi turdagi va yuqori sifatli sintetik dizel yonilg\u02bbisi bozor tamoyillari asosida birja savdolariga joylashtirilib, xaridorlar tomonidan to\u02bbliq xarid qilingan\u201d. Tashkilot o\u02bbz o\u02bbrnida, 19 iyul kuni 660 tonna dizel sotilganini ta\u02bckidlamoqda.<\/p>\n<p>Lekin birja saytida bu bo\u02bbyicha birorta <a href=\"https:\/\/uzex.uz\/Trade\/List?page=1&amp;status=1&amp;length=10\">ma\u02bclumot<\/a> <a href=\"https:\/\/uzex.uz\/Trade\/OffersSum\">yo\u02bbq<\/a>.<\/p>\n<p>Tashkilot, shuningdek, 19 iyul kuni \u201cBuxoro NQIZ\u201d omborlaridan 820 tonna EKO rusumli dizel yonilg\u02bbisi birja savdolariga qo\u02bbyilib, to\u02bbliq xaridorlarga sotilganini ta\u02bckidlagan.<\/p>\n<p>Kommers.uz tomonidan e\u02bclon qilingan maqoladan asosiy maqsad dizel narxining tartibga solinmagani, va fermerlarning narxlar ko\u02bbtarilib ketganidan noroziligini yetkazish edi.<\/p>\n<p>Lekin \u201cO\u02bbzbekneftgaz\u201d dizel narxi nega 3 oyda deyarli 2 baravarga oshib ketggani bo\u02bbyicha aniq munosabat bildirmadi. Taqdim etilgan ma\u02bclumotlarda narxlar ko\u02bbtarilgani bo\u02bbyicha umuman so\u02bbz ochilmagan.<\/p>\n<p>Ta\u02bckidlanishicha, O\u02bbzbekiston Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi PQ-4664-son qaroriga muvofiq 2020 yil 1 maydan boshlab dizel yonilg\u02bbisining chakana narxlari davlat tomonidan tartibga solish tizimi bekor qilinib, sotish neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan erkin va shaffof bozor tamoyillari asosida faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilangan.<\/p>\n<blockquote><p>\u201cShuningdek, ushbu qaror asosida paxta xom ashyosi va g\u02bballa ishlab chiqaruvchi fermer xo\u02bbjaliklari va paxta-to\u02bbqimachilik klasterlariga dizel yonilg\u02bbisi birja savdolari natijalariga ko\u02bbra shakllangan o\u02bbrtacha birja narxlari bo\u02bbyicha to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri shartnomalar asosida, shuningdek, ularga neftni qayta ishlash zavodlaridan neft mahsulotlarini birja savdolari orqali xarid qilish huquqini taqdim etgan holda sotilishi belgilangan.<\/p>\n<p>Mazkur qaror asosida dizel yonilg\u02bbisi iste\u02bcmolchilar hoxishiga ko\u02bbra \u02bbO\u02bbzbekneftgaz\u02bb AJ tasarrufidagi neft bazalar orqali birja savdolari natijasiga ko\u02bbra shakllangan o\u02bbrtacha birja narxlari bo\u02bbyicha to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri shartnomalar asosida yetkazib berilmoqda\u201d, deyiladi munosabatda.<\/p><\/blockquote>\n<p>Savollar ochiqligicha qolmoqda. Sotuvga qo\u02bbyilayotgan dizel yoqilg\u02bbisining tannarxi, narxlar nega ko\u02bbtarilib borayotgani bo\u02bbyicha aniq ma\u02bclumot yo\u02bbq.<\/p>\n<p>Kommers.uz dizel narxi bo\u02bbyicha voqelar rivojini kuzatib boradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cO\u02bbzbekneftgaz\u201dning ma\u02bclum qilishicha,19 iyul kuni birjada GTL zavodida ishlab chiqarilgan 660 tonna dizel sotilgan, lekin birja saytida bu bo\u02bbyicha ma\u02bclumotlar yo\u02bbq. Tashkilot munosabatida asosiy muammo \u2014 dizel narxi keskin oshayotgani bo\u02bbyicha aniq izoh berilmadi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":24695,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":null,"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[63],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24694"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=24694"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24694\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24701,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24694\/revisions\/24701"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/24695"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=24694"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=24694"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=24694"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=24694"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}