{"id":21862,"date":"2022-04-29T14:50:38","date_gmt":"2022-04-29T09:50:38","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=21862"},"modified":"2022-04-29T14:54:24","modified_gmt":"2022-04-29T09:54:24","slug":"prezident-samarqand-shahrida-transport-tizimini-rivozhlantirish-rezhalari-bilan-tanishdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=21862","title":{"rendered":"Prezident Samarqand shahrida transport tizimini rivojlantirish rejalari bilan tanishdi"},"content":{"rendered":"<p class=\"p1\">Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni Samarqand shahrida transport tizimini rivojlantirish bo\u02bbyicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/5159\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">Ta\u02bckidlanishicha, hozirda doimiy aholi va tumanlardan keluvchilarni qo\u02bbshib hisoblaganda, Samarqand shahrida kuniga 925 ming kishi harakatlanadi. Ularning katta qismi \u2014 592 ming nafari shaxsiy avtomobillarda yuribdi. Jamoat transportidan bor-yo\u02bbg\u02bbi 330 mingdan ziyod aholi foydalanayapti.<\/p>\n<img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/05afdbf5-614d-b7d4-3109-01fd8744b084_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/>\n<p class=\"p1\">Prezident matbuot xizmatining yozishicha, bunga sabab jamoat transporti qatnovi qulay va barqaror emas. Tashuvchilar aholining ehtiyojidan kelib chiqib emas, kunning \u201ceng daromadli\u201d paytida harakat qiladi. So\u02bbnggi ikki yilda 38 ta marshrut norentabellik sababli to\u02bbxtagan, 300 ta avtobus yetishmaydi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Shu bois davlat rahbari Samarqand shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo\u02bbyicha topshiriq bergan edi. Taqdimotda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Unga ko\u02bbra, jamoat transporti tarmog\u02bbi magistral, yetkazib beruvchi va ichki yo\u02bbnalishlarga ajratiladi. Hozirgiga qo\u02bbshimcha 40 ta yangi yo\u02bbnalish, xususan, aeroport, vokzal va tarixiy markazlarni bog\u02bblaydigan 5 ta ekspress yo\u02bbnalish tashkil etiladi. Avtobuslar katta sig\u02bbimlisiga almashtirilib, markaziy ko\u02bbchalarda ularning harakati uchun alohida yo\u02bblak ajratiladi.<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0<\/span><\/p>\n<img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/0b9ee3cb-0eee-d9d0-1cff-fcf509b2de96_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" \/>\n<p class=\"p1\">Xabarga ko\u02bbra, 2022 yilda 80 ta, 2023 yilda 100 ta elektrobus olib kelinadi. Bekatlar soni ko\u02bbpaytiriladi. Samarqand shahar hokimligi tarkibida Transport bo\u02bblimi tashkil etiladi. 1 iyuldan boshlab, Samarqand viloyati byudjetidan shahar transportiga subsidiya ajratish yo\u02bblga qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Davlat rahbari bu ishlarda ilg\u02bbor texnologiyalarni qo\u02bbllash, yo\u02bbl harakatini boshqarishni raqamlashtirish masalasiga alohida e\u02bctibor qaratdi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cHayot tezlashdi, odamlarning faolligi oshdi. Lekin jamoat transporti avvalgiday turibdi. Yo\u02bblni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo\u02bblmaydi. Jamoat transportiga ustunlik berish kerak. Dunyo tajribasiga qaranglar. \u02bbAqlli svetofor\u02bblar o\u02bbrnatib, yo\u02bbl harakatini onlayn boshqarib, ko\u02bbchalarning o\u02bbtkazuvchanligini oshirish zarur. Kelgusida hamma shaharlarimizda shunday qilamiz. Samarqand bunda andoza bo\u02bblishi kerak\u201d, \u2014 dedi Prezident.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Shu bois, loyihani mukammal qilish, yo\u02bbnalishlarni to\u02bbg\u02bbri tashkil etish bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatma berildi. Loyihani jamoat transporti holati eng og\u02bbir bo\u02bblgan ko\u02bbchalardan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cOdamlar bu ishlarni qulayligidan sezishi kerak. Jamoat transportida yurish arzon, sifatli va tez bo\u02bblsa, yo\u02bblovchilar shuni tanlaydi. Buning uchun infratuzilmani, yo\u02bbnalishlarni to\u02bbg\u02bbri tashkil qilish kerak\u201d, \u2014 dedi davlat rahbari.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Pastdarg\u02bbom va Bulung\u02bbur tumanlarini Samarqand shahri bilan bog\u02bblaydigan elektropoyezd qatnovini yo\u02bblga qo\u02bbyish taklifi bildirildi.<\/p>\n<img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/eb6c84fa-26d6-d342-ddbf-462798276701_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/>\n<p class=\"p1\">Yo\u02bbl-transport infratuzilmasini yaxshilash rejalari bo\u02bbyicha ham axborot berildi. Bu yil Samarqand shahrida 160 kilometr yo\u02bbl ta\u02bcmirlanadi, 5 ta yo\u02bbl o\u02bbtkazgich qurilishi boshlanadi. 102 ta yangi bekat tashkil qilinib, mavjudlari tartibga keltiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident yo\u02bbllar qurish va ta\u02bcmirlash bilan birga ularni sifatli saqlash ham zarurligini ta\u02bckidladi.\u00a0<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":21863,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[63],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21862"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21862"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21862\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21867,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21862\/revisions\/21867"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21863"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21862"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21862"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21862"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=21862"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}