{"id":21607,"date":"2022-04-23T09:27:03","date_gmt":"2022-04-23T04:27:03","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=21607"},"modified":"2022-04-23T14:58:09","modified_gmt":"2022-04-23T09:58:09","slug":"tinkoff-bank-rebrending-otkazadi-oleg-tinkov-rossiyaning-ukrainaga-bosqinini-qoralagandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=21607","title":{"rendered":"Tinkoff Bank rebrending o\u02bbtkazadi. Oleg Tinkov Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralagandi"},"content":{"rendered":"<p class=\"p1\">Tinkoff 2022 yilda rebrending o\u02bbtkazadi va eski brenddan foydalanishni to\u02bbxtatadi. Bu haqda kredit tashkilotining Telegram kanalida <a href=\"https:\/\/t.me\/tinkoffbank\/3583\">xabar berildi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">Ta\u02bckidlanishicha, bank biznesmen Oleg Tinkov bilan bog\u02bblanmaydigan yangi nomga ega bo\u02bbladi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cBiz Tinkoff brendini tarixda qoldirishga qaror qildik va yangi jonli brend ostida Rossiya bozorida eng yaxshi moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqishda davom etamiz\u201d, deyiladi bayonotda.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Kompaniya bu qadamga uzoq vaqtdan beri tayyorgarlik ko\u02bbrganini va yaqinda sodir bo\u02bblgan voqealar bu qarorni yanada dolzarblashtirganini tushuntirdi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cTinkoff uzoq vaqtdan beri nom brendining asl ma\u02bcnosidan oshib ketdi: bugungi kunda Tinkoff faol chakana mijozlar soni bo\u02bbyicha mamlakatdagi ikkinchi yirik xususiy bankdir, Tinkoff biznesini ko\u02bbp yillar davomida rus menejerlari jamoasi muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda va Rossiya hamda xorijda o\u02bbn minglab investorlar bankka egalik qiladi\u201d, deyiladi axborotda.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Oleg Tinkov so\u02bbnggi yillarda asosan Londonda yashagan va u yerda leykemiyadan davolangan. Shu yilning mart oyidan beri tadbirkor Britaniya sanksiyalari ostida qoldi. Kompaniya ta\u02bckidlashicha, ta\u02bcsischi uzoq vaqtdan beri ishsiz bo\u02bblgan va hozir u kompaniyaning \u201c20 million mijozidan biri, xolos\u201d.<\/p>\n<h2 class=\"p1\">Tinkovning tanqidi<\/h2>\n<p class=\"p1\">Bank asoschisi Oleg Tinkov Rossiyaning Ukrainaga bosqini haqida keskin so\u02bbzlar yozilgan <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/p\/CciExous6w9\/?utm_source=ig_web_copy_link\">post e\u02bclon qildi<\/a>. Postda Tinkov hozirgi voqealardan birorta ham manfaatdor ko\u02bbrmayotgani, rossiyaliklarning 90 foizi bosqinga qarshi ekanini aytdi va ingliz tilida G\u02bbarbni yanada oqilona va insonparvar bo\u02bblishga hamda sodir bo\u02bblayotgan voqealarni to\u02bbxtatishga chaqirdi.<\/p>\n<img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-21608\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-23-01.22.12.jpg\" alt=\"\" width=\"1080\" height=\"1350\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-23-01.22.12.jpg 1080w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-23-01.22.12-240x300.jpg 240w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-23-01.22.12-819x1024.jpg 819w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-23-01.22.12-768x960.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1080px) 100vw, 1080px\" \/>\n<p class=\"p1\">Shundan so\u02bbng Tinkoff Bank bayonot e\u02bclon qildi, unda tashkilot o\u02bbz asoschisining so\u02bbzlarini shaxsiy fikr deb qabul qilishni so\u02bbradi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Bank xabarida aytilishicha, Oleg Tinkov ko\u02bbp yillar davomida Tinkoff Group kompaniyalarida qaror qabul qiluvchi shaxs bo\u02bblmagan, u Tinkoff xodimi ham emas, Rossiyada uzoq vaqt bo\u02bblmagan va so\u02bbnggi yillarda sog\u02bblig\u02bbi bilan bog\u02bbliq muammolar bilan band bo\u02bblgan.<\/p>\n<p class=\"p1\">Oleg Tinkov avvalroq\u00a0\u2014 fevral oyining oxirida ham Rossiyaning Ukrainaga bosqinini <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/milliarder-oleg-tinkov-rossiyaning-ukrainaga-bosqinini-qoraladi\">qoralagandi<\/a>.<\/p>\n<blockquote><p>\u201cMen o\u02bbzim, deyarli ikki marta hayotning narigi tomonida bo\u02bblganimda, so\u02bbnggi 2 yil ichida uning qanchalik nozik ekaniga amin bo\u02bbldim! Va u biz ega bo\u02bblgan yagona narsa! Hozir Ukrainada har kuni begunoh odamlar o\u02bblmoqda, buni aqlga sig\u02bbdirib va qabul qilib bo\u02bblmaydi!\u201d, \u2014 deb yozgandi Tinkov.<\/p><\/blockquote>\n<p>Uning ta\u02bckidlashicha, davlatlar pulni harbiy harakatlarga emas, balki odamlarni davolash va ilmiy tadqiqotlarga sarflashlari kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bank biznesmen Oleg Tinkov bilan bog\u02bblanmaydigan yangi nomga ega bo\u02bbladi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":21609,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[67],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21607"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21607"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21607\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21620,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21607\/revisions\/21620"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21609"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21607"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21607"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21607"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=21607"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}