{"id":21298,"date":"2022-04-15T21:00:06","date_gmt":"2022-04-15T16:00:06","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=21298"},"modified":"2022-04-15T21:01:14","modified_gmt":"2022-04-15T16:01:14","slug":"madaniyat-va-sanat-hodimlari-kuni-munosabati-bilan-vodij-bojlab-kinokarvon-akcziyasi-tashkil-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=21298","title":{"rendered":"Madaniyat va san\u02bcat xodimlari kuni munosabati bilan vodiy bo\u02bbylab kinokarvon aksiyasi tashkil etildi"},"content":{"rendered":"<p class=\"p1\">O\u02bbzbekistonda 15 aprel Madaniyat va san\u02bcat xodimlari kuni munosabati bilan Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan vodiy bo\u02bbylab kinokarvon safarlari uyushtirildi.<\/p>\n<p class=\"p1\">11-16 aprel kunlari kinoijodkorlar Farg\u02bbona, Andijon va Namangan viloyatlariga ijodiy safar qildi. Birinchi kuni Farg\u02bbona viloyatining Toshloq, Qo\u02bbshtepa tumanlari va Marg\u02bbilon shahar Madaniyat markazlarida ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi. Yig\u02bbilganlarga kinematografiya sohasidagi so\u02bbnggi yangiliklar bo\u02bbyicha ma\u02bclumotlar berildi, so\u02bbng milliy qo\u02bbshiqlardan iborat konsertlar tashkil etildi.<\/p>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-21303\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.20.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"719\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.20.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.20-300x169.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.20-1024x575.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.20-768x431.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Kinokarvon tarkibida O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist Xosiyat Husanova, \u201cMadaniyat va san\u02bcat fidokori\u201d ko\u02bbkrak nishoni sohibasi Vazira Yunusova, \u201cShuhrat\u201d medali sohibi Rasulxon Qodirxonov, aktyorlar Umid Iskandarov, Begzod Tojiyev ishtirok etishmoqda.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cBiz Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan Kinokarvon bilan vodiy bo\u02bbylab safar qilyapmiz. Bizni hamma uchrashuvlarda juda iliq kutib olishdi. Kinokarvon bilan olib kelingan milliy filmlar ham barchaga birdek manzur bo\u02bbldi\u201d, \u2014 dedi O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan artist Xosiyat Husanova.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Ikkinchi kuni Marg\u02bbilon shahar hokimligi, viloyat sog\u02bbliqni saqlash boshqarmasi, Qo\u02bbshtepa, Oltiariq va Toshloq tumanlarida uchrashuvlar o\u02bbtkazildi. Farg\u02bbona shahar saxovat uyida bo\u02bblib, muruvvatga muhtoj keksalar va nogironlar holidan xabar olindi. Kinoijodkorlar bilan samimiy suhbatlar tashkil etildi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-21304\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.25.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.25.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.25-300x200.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.25-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.25-768x512.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Yig\u02bbilganlarga Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Jamilaxon Po\u02bblatovaning \u201cAyol qalbi\u201d kinokartinasi namoyish etildi. Mazkur kinokartina tibbiyot sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, bemorlarning dardiga darmon bo\u02bblayotgan shifokor ayol taqdiri xaqida hikoya qiladi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Ssenariy mualliflari Jamilaxon Po\u02bblatova va Zulfiya Yo\u02bbldosheva, postanovkachi rejissyor Jamilaxon Po\u02bblatova, operatorlar Dilmurod Turdiboyev, Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Erkin Xushmatov, kompozitorlar Shuhrat Zokirov, Sardor Ergashev, kartina direktori Muzaffar Sa\u02bcdullayev.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-21305\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.08.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"576\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.08.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.08-300x135.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.08-1024x461.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/2022-04-15-20.42.08-768x346.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Kinokarvon Farg\u02bbona viloyati hokimligi Xalq ta\u02bclimi boshqarmasi tasarrufidagi 90-kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Maktab internatiga ham tashrif buyurdi. Internatda bolalar kinoijodkorlarni juda samimiy munosabatda kutib olishdi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cKinokarvon bizning maktab internatga tashrif buyurib bolalarni juda xursand qildi. Agentlikka kattakon tashakkur izhor etamiz. Mana shunday ijodiy uchrashuvlar yanada ko\u02bbp bo\u02bblsin\u201d, \u2014 deya xursandchilikda so\u02bbzladi internat direktori Azamatjon Madaminov.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Kinokarvon uchinchi kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Ikki kun davomida Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida, Andijon tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik institutida, Andijon davlat universitetida uchrashuvlar bo\u02bblib o\u02bbtdi. Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektori Umid To\u02bbychiboyev kinoijodkorlarni iliq kutib olib, ko\u02bbproq tashriflar uyushtirish taklifini berdi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Haftaning beshinchi kunida Kinokarvon Namangan viloyatiga keldi. Dastavval Namangan viloyati Uychi tumani Madaniyat markazida 15 aprel Madaniyat va san\u02bcat xodimlari kuni munosabati bilan kinoijodkorlar ishtirokida katta tadbir tashkil etildi.<\/p>\n<p class=\"p1\">So\u02bbng kinoijodkorlar Namangan viloyati Uychi tumani Beruniy MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo\u02bblgan Oyruxsor Mamatvaliyeva xonadonida bo\u02bblishdi, esdalik sovg\u02bbalari taqdim etildi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cMamatvaliyeva Oyruxsor kino san\u02bcatiga juda qiziqishini, elimiz suygan mashhur aktyorlar bilan uchrashishni orzu qilib yashashini aytdi. Biz uning orzusini amalga oshirish uchun Kinematografiya agentligiga bog\u02bblandik, ular bajonidil bu taklifimizni qabul qilishdi va Oyruxsorning xonadoniga tashrif buyurishib, dildan suhbatlashishdi. \u00abInson qadrini ulug\u02bblash va faol mahalla yili\u201dda Kinokarvon tashabbusi barcha aholini qalbidan joy egallaydi. Biz tashrifdan juda ham mamnun bo\u02bbldik va kinoijodkorlarga tashakkur aytamiz\u00bb, \u2014 deydi Uychi tumani hokim o\u02bbrinbosari Abror Sobirov.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Kinokarvondagi ijodkorlar Hurriyat MFYda Muhammadali Qambarov boshchiligidagi mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Davra suhbatlari va muloqotlar bo\u02bblib o\u02bbtdi. Barcha kinoijodkorlarni iliq kutib oldi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Kinokarvonning boshqa viloyatlar bo\u02bbylab safarlari hali davom etadi. Oldinda Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi, Xorazm va Samarqand viloyatlariga safarlar bo\u02bblib o\u02bbtishi rejalashtirilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kinokarvondagi ijodkorlar Hurriyat MFYda Muhammadali Qambarov boshchiligidagi mehribonlik uyiga tashrif buyurdi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":21307,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21298"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21298"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21298\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21309,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21298\/revisions\/21309"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21307"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21298"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21298"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21298"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=21298"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}