{"id":20462,"date":"2022-03-31T16:26:44","date_gmt":"2022-03-31T11:26:44","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=20462"},"modified":"2022-03-31T16:26:44","modified_gmt":"2022-03-31T11:26:44","slug":"humoyun-mahkamov-bugun-uz-erishgan-yutuqlar-nashrning-maqsadlari-va-professional-zhurnalistika-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=20462","title":{"rendered":"Humoyun Mahkamov \u2014 Bugun.uz erishgan yutuqlar, nashrning maqsadlari va professional jurnalistika haqida"},"content":{"rendered":"<p class=\"p1\">O\u02bbzbekiston axborot maydoniga kundan kunga ko\u02bbplab internet-nashrlar kirib kelmoqda. Ammo ularning hammasi ham o\u02bbzining professional, tezkor va xolisligi bilan maqtana olmaydi. Yaqindagina 1 yoshni qarshi olgan <span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span> jamoasi esa qaysidir ma\u02bcnoda o\u02bbzini ko\u02bbrsata oldi.<\/p>\n<p class=\"p1\"><span class=\"s1\">Kommers.uz<\/span> muxbiri <span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span> bosh muharriri, jurnalist Humoyun Mahkamov bilan nashr erishgan yutuqlar, saytning maqsadlari va professional jurnalistika haqida suhbatlashdi.<\/p>\n<p class=\"p1\"><strong>Siz endigina bir yoshga to\u02bblgan, shunga qaramasdan o\u02bbzbek media maydonida yetarlicha hurmat qozongan <span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span> nashri yuksalishiga loyiha ish boshlaganidan beri o\u02bbz hissangizni qo\u02bbshib kelmoqdasiz.<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0<\/span><\/strong><\/p>\n<p class=\"p1\"><strong>Aytingchi, nashrning yo\u02bblga qo\u02bbyilish tarixi qanday bo\u02bblgan. Hammasi qanday boshlangan?<\/strong><\/p>\n<p class=\"p1\"><span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span> internet-nashri 2021 yilning 7 fevral sanasida ishga tushdi. Jamoaning asosini 20-25 yoshli jurnalistlar tashkil qiladi. Dastlab nashrda bosh muharrir o\u02bbrinbosari sifatida ish boshlaganman. Va bu jarayonda vazifam yangiliklar bo\u02bblimini to\u02bbliq nazorat qilishdan iborat edi.<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0<\/span><\/p>\n<p class=\"p1\">Sayt ishga tushirilish tarixiga keladigan bo\u02bblsak, \u201cbugunchilar\u201d bundan avvalgi loyihada ham birga ishlagan. Ya\u02bcni jamoa Tez News nashrida yig\u02bbilib, shu yerda onlayn jurnalistikaga ilk qadamlarini qo\u02bbygan. Bu jarayonda bizga bosh muharrimiz (hozirda <span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span>\u02bbga egalik qiluvchi Media News kompaniyasi rahbari) Bekzod Nugmanov sohaga oid barcha ko\u02bbnikmalarni olishda yordamlashgan. Shundan so\u02bbng 2020 yil oxiri 2021 yil boshida yangi nashr ochish g\u02bboyasi paydo bo\u02bbldi. Avval nashr uchun Vaziyat.uz nomi tanlangan. Ammo so\u02bbnggiga <span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span>\u02bbda to\u02bbxtaganmiz.<\/p>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-20478\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.10.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"855\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.10.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.10-300x200.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.10-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.10-768x513.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Hozirgi kunda nashr bosh muharriri vazifasida faoliyat yuritaman. Bu ish o\u02bbziga yarasha mas\u02bculiyatli va murakkab. Birinchi navbatda, so\u02bbnggi yangiliklarni kuzatib borish va tezkor qarorlar chiqarish kerak bo\u02bbladi.<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0<\/span><\/p>\n<p class=\"p1\">Xodimlar bilan ishlash ko\u02bbnikmasi ham asosiy o\u02bbrinda turadi. Har bir jurnalist, operator, montajchi va muxbir bilan alohida gaplashish, eshitish, topshiriq berish va nazorat qilish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda asosan vaqt muammosi yuzaga keladi. Ammo shunday bo\u02bblsada, jamoadagi har bir xodim bilan suhbatlashib, fikrlarini tinglashga harakat qilamiz.<\/p>\n<p class=\"p1\"><span class=\"s1\"><b>Bugun.uz<\/b><\/span><b> nisbatan oz muddat davomida davomida bunchalik katta auditoriya yig\u02bbishga qanday erisha oldi?<\/b><\/p>\n<p class=\"p1\">Nashr katta auditoriyaga ega deb aytolmayman. Chunki milliy mediabozorda ijtimoiy tarmoqlarda milliondan ortiq obunachi yig\u02bba olgan saytlar faoliyat yuritmoqda. <span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span> shu bozorning tarkibiy qismi sifatida maydonga kirib keldi va o\u02bbz auditoriyasini yig\u02bba boshladi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Qisqa fursatda nisbatan ko\u02bbp obunachi yig\u02bbishga sabab xabar va maqolalarni xalqona tilda yozishimiz deb bilaman. Ya\u02bcni o\u02bbquvchi o\u02bbzi tushungan, oson hazm qila olgan yangiliklarni o\u02bbqishni yoqtiradi. Bizning tahririyat siyosati ham aynan o\u02bbquvchiga maksimal oson tarzda yetkazishga qaratilgan.<\/p>\n<p class=\"p1\">Hozirda Bugun.uz faoliyatini yo\u02bblga qo\u02bbygan ijtimoiy tarmoqlarda jami 170 ming obunachi mavjud. Saytga 1 oyda 1 milliondan ortiq foydalanuvchi tashrif buyuradi, ko\u02bbrishlar soni 2,5 milliondan oshadi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-20476\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/snimok-ekrana-2022-03-31-v-16.15.45.png\" alt=\"\" width=\"2850\" height=\"1530\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/snimok-ekrana-2022-03-31-v-16.15.45.png 2850w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/snimok-ekrana-2022-03-31-v-16.15.45-300x161.png 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/snimok-ekrana-2022-03-31-v-16.15.45-1024x550.png 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/snimok-ekrana-2022-03-31-v-16.15.45-768x412.png 768w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/snimok-ekrana-2022-03-31-v-16.15.45-1536x825.png 1536w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/snimok-ekrana-2022-03-31-v-16.15.45-2048x1099.png 2048w\" sizes=\"(max-width: 2850px) 100vw, 2850px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Shu o\u02bbrinda, yana bir jihatni aytgan bo\u02bblardim. Saytimizda taniqli jurnalist, filolog Eldar Asanov rahbarligidagi kolumnistlar jamoasi ishlamoqda. Jamoaning asosiy vazifasi o\u02bbquvchi uchun qiziqarli bo\u02bblgan mavzularda hajman va mazmunan keng qamrovli maqolalar yozishdan iborat. Kolumnistlar jamoasi hozirga qadar \u201cBugun Science\u201d, \u201cBugun Cinema\u201d, \u201cSharqiy Ekspress\u201d va \u201cBugun Oqshomi\u201d kabi turkum maqolalar yozib kelmoqda.<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0<\/span><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-20475\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.14.27.jpg\" alt=\"\" width=\"1920\" height=\"1080\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.14.27.jpg 1920w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.14.27-300x169.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.14.27-1024x576.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.14.27-768x432.jpg 768w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.14.27-1536x864.jpg 1536w\" sizes=\"(max-width: 1920px) 100vw, 1920px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Bundan tashqari, jamoatchilik e\u02bctibor markazida bo\u02bblib, ko\u02bbplab muhokamalarga sabab bo\u02bblgan yangiliklar to\u02bbg\u02bbrisida jamlanma materiallar ham tayyorlaydi. Bu o\u02bbquvchida mavzu nimadan boshlanib, qanday rivojlangani va qay tarzda yakunlangani to\u02bbg\u02bbrisida muayyan tasavvur hosil qiladi, deb o\u02bbylayman.<\/p>\n<p class=\"p1\"><b>Hozirgi kunda dunyo bo\u02bbylab ayrim shaxslarning manfaatlariga xizmat qiladigan nashrlar juda ko\u02bbp. Sizningcha <\/b><span class=\"s1\"><b>Bugun.uz<\/b><\/span><b> qanchalik xolis ish yurita olmoqda?<\/b><\/p>\n<p class=\"p1\">Ommaviy axborot vositasi doim biror shaxs yoki kompaniya oldida manfaatdor bo\u02bbladi, degan tushuncha yotadi. Bu qaysidir ma\u02bcnoda to\u02bbg\u02bbri. Sababi OAV faqatgina jurnalistlar bilan faoliyat yuritolmaydi. Uning uchun investor, reklama maydoni va o\u02bbquvchilar kerak. Shu tomondan olib qaralsa, nashr doim tashqi ta\u02bcsir ostida bo\u02bbladi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Ammo <span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span> loyihasi yakka shaxs (investor) yoki kompaniya (intestorlar jamoasi) manfaatlari uchun xizmat qilmaydi. Nashrning pozitsiyasi xolis va tekshirilgan axborotni tinimsiz tarzda o\u02bbquvchiga yetkazishdan iborat. Shu kungacha sayt buyurtma maqolalar, biror tashkilot yo shaxsni \u201curib\u201d yoki maqtab chiquvchi lavhalar tayyorlamadi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Shu savol yakunida aytib o\u02bbtishim kerak, xolislik borasida nashr bosh muharriri emas, nashrning o\u02bbquvchilari baho bersa, to\u02bbg\u02bbriroq bo\u02bblardi.<\/p>\n<p class=\"p1\"><b>Sizning nazdingizda professional internet-nashr qanday bo\u02bblishi kerak va <\/b><span class=\"s1\"><b>Bugun.uz<\/b><\/span><b>\u02bbda buning uchun imkoniyat qay darajada?<\/b><\/p>\n<p class=\"p1\">Fikrimcha, professional nashr faoliyati uchun internetning barcha platformalarida foydalanish imkoniyati bo\u02bblishi kerak. Ya\u02bcni sayt o\u02bbquvchi-tomoshabinlari uni qaysi ijtimoiy tarmoqdan kuzatishni o\u02bbziga qulay deb bilsa, aynan o\u02bbsha platformada uni kuzatishda davom etadi. Ammo platforma faoliyatida ichki yoki tashqi ta\u02bcsir tufayli uzilishlar kuzatilsa, sayt shu yerdagi obunachilarini yo\u02bbqotadi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Ikkinchidan, internet nashr faoliyatining tinimsizligini ta\u02bcminlovchi yana bir jihat bor. Bu \u2014 internet tezligi masalasi. To\u02bbg\u02bbri, Toshkent shahrida internetga ulanish, axborot olish va uzatish birmuncha oson. Ammo viloyatlardan xabar va videolarni qabul qilishda odatda internet muammosiga duch kelamiz. Chekka hududlarda aloqa sifati yaxshi emas, yoki bor, ammo tarif juda qimmat.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-20479\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.06.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"855\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.06.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.06-300x200.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.06-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.06-768x513.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Shuningdek, o\u02bbquvchining e\u02bctibori masalasi ham asosiy o\u02bbrinda turadi. Hozirda internet foydalanuvchilari vaqtini 70\/30 nisbatida sarflaydi. Ya\u02bcni yangilik (qisqa xabar) ko\u02bbproq, maqola (tahliliy katta material) kamroq o\u02bbquvchini jalb qiladi. Xuddi shunday, audio-video formatlarda ham qisqalik muhim o\u02bbrin tutyapti.<\/p>\n<p class=\"p1\">Shundan kelib chiqib <span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span> faoliyati tezkor yangiliklarni qisqa berib borishga qaratildi. Yangiliklarning o\u02bbzi jamiyat, siyosat, iqtisod, ilm-fan, jahon va sport kabi bo\u02bblimlarga bo\u02bblingan. Bundan tashqari, 30 foiz o\u02bbquvchi yoki o\u02bbquvchining 30 foiz vaqtini jalb qilish uchun tahliliy maqolalar berib borishga qaror qilindi. Va yuqorida aytganimdek, bunda Asanov jamoasi saytga jalb qilindi.<\/p>\n<p class=\"p1\">O\u02bbquvchilar ommaviy axborot vositalarining xolisligi va ochiqligini qadrlaydi, shuning uchun biz nashr etilgan maqolalarda yo\u02bbl qo\u02bbyilgan xatolarni ko\u02bbrsatishi uchun sharhlar bo\u02bblimi ochib qo\u02bbydik.<\/p>\n<p class=\"p1\"><span class=\"s1\"><b>Bugun.uz<\/b><\/span><b> erishgan eng katta yutuq sifatida nimalarni ajratib ko\u02bbrsata olasiz?<\/b><\/p>\n<p class=\"p1\"><span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span>\u02bbning eng katta yutug\u02bbi \u2014 obunachilari. OAV uchun eng muhimi doimiy kuzatuvchilari bo\u02bblishi. Agar yozganlarimizni o\u02bbqib, bunga munosabat bildiruvchi auditoriya bo\u02bblmasa, barchasi bekor. Xo\u02bbsh, auditoriya qayerdan to\u02bbplanadi? Albatta, ijtimoiy tarmoqlardan. Nashr tashkil etilgandan beri bir nechta tarmoqda kanallar ochib, maqsadli auditoriya yig\u02bbishga intildik. Buning ortidan ozmi-ko\u02bbpmi obunachi to\u02bbplandi. Bu paytda ijtimoiy tarmoqlar yo\u02bbnalishi va auditoriyaning maqsadini o\u02bbrganib, aynan shu \u201cjamoa\u201dga moslangan xabarlar berishga harakat qilib kelyapmiz.<\/p>\n<p class=\"p1\">Bundan tashqari, nashr tashkil etilgandan beri bir nechta loyihalarni mediabozorga olib kirib, tatbiq qiloldi. Xususan, \u00ab<a href=\"https:\/\/t.me\/bugunuzlive\"><span class=\"s1\">Bugun LIVE<\/span><\/a>\u00bb kanali boshdan beri biz bilan birga. O\u02bbzbek mediasiga layv (tezkor xabarlar) formatini olib kiroldik desam, xato bo\u02bblmaydi. Kanal 24\/7 rejimida to\u02bbxtovsiz eng tezkor xabarlarni qisqa formatda o\u02bbquvchiga yetkazib boradi. Hozirda kanalda 30 mingdan ortiq obunachi mavjud.<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-20472\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.07.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"1134\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.07.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.07-300x266.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.07-1024x907.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.07-768x680.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Shuningdek, \u00ab<a href=\"https:\/\/t.me\/bugunoqshomi\"><span class=\"s1\">Bugun Oqshomi<\/span><\/a>\u00bb nomi bilan kunlik xabarlar dayjestini berib boramiz. Bunda bir kunda berilgan eng sara xabarlar jamlanmasi taqdim etiladi. Ushbu dayjest uchun alohida kanal ham ochilgan va unda bir kunda bir marta bitta post joylanadi. Vaqtini tejaydigan va ko\u02bbp xabar o\u02bbqishga erinadigan o\u02bbquvchilar uchun bu kanal juda qulay, deb bilaman. Bundan tashqari, taniqli karikaturachi Habibullo Mo\u02bbydinov ushbu dayjest uchun har kuni karikatura tayyorlaydi. Uning suratlari o\u02bbquvchilar orasida keng muhokama qilinadi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Yil davomida bir nechta videoloyihalar ham tayyorlab, efirga berdik. Ruxsora Masharipova ishtirokida \u00ab<a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/watch?v=BmWc10W6wKQ&amp;list=PL6rjBvNrm3us_WtiCQXYaha06WwiG0VMb\"><span class=\"s1\">Tushuntiramiz<\/span><\/a>\u00bb nomli turkum videolar har hafta e\u02bclon qilib boriladi. Bu videolarda asosan jamoatchilik orasida keng muhokama qilingan masalalar oddiy tilda \u201cO\u02bbzi nima gap?\u201d uslubida tushuntirib beriladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-20474\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.41-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"874\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.41-1.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.41-1-300x205.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.41-1-1024x699.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.41-1-768x524.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\">Bundan tashqari, \u00ab<a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/watch?v=LC0aYdjgESg&amp;list=PL6rjBvNrm3utcoOmjwWABuci5fc7aJOSS\"><span class=\"s1\">Bugun hafta ichida<\/span><\/a>\u00bb loyihamiz ham mavjud. Unda haftaning eng muhim xabarlari jamlanib, bir dayjestga joylanadi va video formatida beriladi. Hozirgacha haftalik dayjestning 10 ga yaqin soni efirga berildi.<\/p>\n<p class=\"p1\"><span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span> jamoasi 2021 yilning 28 iyun kuni \u201cTahsin\u201d mukofotiga sazovor bo\u02bblgan. Mukofot tashkilot yoshlar markaziy engashi tomonidan 2019 yilda ta\u02bcsis etilgan. U O\u02bbzbekistonda yil davomida o\u02bbz sohasidagi mehnati, yutug\u02bbi va foydasi yuqori baholangan va tahsinga sazovor bo\u02bblganlarga beriladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-20477\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.05.jpg\" alt=\"\" width=\"960\" height=\"1280\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.05.jpg 960w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.05-225x300.jpg 225w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2022-03-31-16.13.05-768x1024.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 960px) 100vw, 960px\" \/><\/p>\n<p class=\"p1\"><b>Nashrning o\u02bbz oldiga qo\u02bbygan maqsadlari nimalardan iborat?<\/b><\/p>\n<p class=\"p1\"><span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span> o\u02bbz oldiga katta maqsadlar qo\u02bbygan. Birinchidan, jamiyatda o\u02bbz so\u02bbzi va o\u02bbrniga ega bo\u02bblgan OAV bo\u02bbla olish. Tushunamiz, bu juda qiyin va murakkab yo\u02bbl. Ammo jamoadigalarning shijoati va o\u02bbquvchilar ishonchi bu yo\u02bbldan qaytmasdan, doim olg\u02bba borishga undaydi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Ikkinchidan, nafaqat O\u02bbzbekiston, balki MDH mamlakatlari miqyosida tan olingan va o\u02bbquvchilariga ega nashrga aylanish. Ya\u02bcni katta va turli tilli o\u02bbquvchilardan iborat auditoriya yig\u02bbish maqsadidamiz. Bu reja bir yoki ikki yil ichida amalga oshmasligi tabiiy. Ammo shu darajaga chiqish uchun ishlab chiqilgan \u201cyo\u02bbl xaritasi\u201d bor va biz shu yo\u02bbldan ketyapmiz.<\/p>\n<p class=\"p1\">G\u02bbarb mediasida nashrlar o\u02bbquvchi taassurotini yaxshilash va o\u02bbzida ushlab qolishga harakat qilayotgan bir paytda bizdagi OAV yangilik matnining imloviy xatolarsiz bo\u02bblishi, kunlik lentaning xabarlar bilan to\u02bbla bo\u02bblishiga e\u02bctibor qaratmoqda.<\/p>\n<p class=\"p1\">Xulosa qilib aytganda, <span class=\"s1\">Bugun.uz<\/span>\u02bbning maqsadi yangiliklar jurnalistikasida tom ma\u02bcnoda yangilik yarata olish va jurnalistikaning yangi tendensiyalari va o\u02bbz g\u02bboyalarini bozorga tatbiq etishdan iborat.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kommers.uz muxbiri Bugun.uz bosh muharriri, jurnalist Humoyun Mahkamov bilan nashr erishgan yutuqlar, saytning maqsadlari va professional jurnalistika haqida suhbatlashdi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":20480,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20462"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20462"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20462\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20481,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20462\/revisions\/20481"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20480"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20462"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20462"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20462"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=20462"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}