{"id":20435,"date":"2022-03-31T12:00:35","date_gmt":"2022-03-31T07:00:35","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=20435"},"modified":"2022-03-31T14:11:40","modified_gmt":"2022-03-31T09:11:40","slug":"hitoj-smartfonlarga-qaramlikka-qarshi-kurashish-maqsadida-videoblogerlar-uchun-donatlarni-cheklashi-mumkin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=20435","title":{"rendered":"Xitoy smartfonlarga qaramlikka qarshi kurashish maqsadida videoblogerlar uchun donatlarni cheklashi mumkin"},"content":{"rendered":"<p>Xitoy smartfonlarga qaramlik va internetdagi ortiqcha sarf-xarajatlarga qarshi kurashish maqsadida videoblogerlar uchun donatlarni cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib <a href=\"https:\/\/www.wsj.com\/articles\/china-plans-new-restrictions-in-its-booming-live-streaming-sector-11648603781\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Qayd etilishicha, so\u02bbnggi yillarda Xitoyda blogerlarning jonli translyatsiyasi juda mashhur bo\u02bblib ketdi, chunki mobil internetga erishish imkoniyati ko\u02bbpaydi. Xitoy Ijro san\u02bcati assotsiatsiyasi 2020 yilda jonli video striming sanoatini 30 milliard dollarga baholadi.<\/p>\n<p>Blogerlar reklamadan pul topadi, lekin ularning asosiy daromadi taxminan 15 sentdan 1100 dollargacha bo\u02bblgan donatlardan keladi: mashhur shaxslar kuniga o\u02bbn minglab, yulduzlar esa \u2014 reklama va brend integratsiyasi orqali millionlab dollar ishlab topishi mumkin.<\/p>\n<p>Rasmiylar donat uchun har kungi xarajatlarni cheklashni, shuningdek, har bir bloger tomoshabinlardan bir kunda olishi mumkin bo\u02bblgan miqdorga cheklovlar qo\u02bbyishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Xitoy senzurani kuchaytirishi mumkin, jumladan, rasmiylar yoshlar iste\u02bcmol qiladigan kontentga ta\u02bcsir o\u02bbtkazmoqchi.<\/p>\n<p>Xabarga ko\u02bbra, 2021 yili rasmiylar rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida professional hamjamiyatdan fikr-mulohazalarni yig\u02bbishni boshladi. Ta\u02bckidlanishicha, o\u02bbzgarishlardan ko\u02bbzlangan maqsad firibgarlik, smartfonlarga qaramlik va internetda ortiqcha sarf-xarajatlarga qarshi kurashishdir. Nazorat qiluvchi organlar yoshlarning bloger bo\u02bblishga intilishidan xavotirda va bu hukumat singdirmoqchi bo\u02bblgan qadriyatlarga ziddir.<\/p>\n<p>Xitoyning Kiberhudud boshqarmasi bu bo\u02bbyicha izoh bermadi. Yirik striming platformalari egalari \u2014 ByteDance (TikTok egasi), Kuaishou va Huya ham so\u02bbrovlarni javobsiz qoldirdi. 2021 yilda ushbu uchta kompaniya hissasiga bozorning 70 foizi va 700 million tomoshabin to\u02bbg\u02bbri keldi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Xitoy 2021 yilda yoshlar uchun boshqa ko\u02bbngilochar va o\u02bbyin-kulgi sohalarini chekladi. Xususan, u tijorat maqsadidagi onlayn ta\u02bclim loyihalari qoidalarini qattiqlashtirdi, mamlakat yoshlari uchun onlayn o\u02bbyinlar vaqtini uch soatgacha qisqartirdi va yulduzlarga muxlislik qilishga qarshi chiqdi.<\/p>\n<p>Rasmiylarning ushbu va boshqa cheklovchi harakatlari Xitoy kompaniyalari, birinchi navbatda, internet sotuvchilari va o\u02bbyin ishlab chiqaruvchilari aksiyalarining ommaviy sotilishiga olib keldi.<\/p>\n<p>Avvalroq Xitoy AQSHning WeChat va AliExpress bo\u02bbyicha qaroriga munosabat bildirgani <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/hitoj-aqshning-wechat-va-aliexpress-bojicha-qaroriga-munosabat-bildirdi\">xabar qilingandi<\/a>. Shuningdek, Xitoylik bloger rekord darajadagi jarimaga tortilgani haqida <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/hitojlik-bloger-rekord-darazhadagi-210-mln-dollar-zharimaga-tortildi\">xabar berildi<\/a>.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xitoy jonli video striming sanoati 2020 yilda 30 mlrd dollarga baholangan.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":20437,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[67,73],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20435"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20435"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20435\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20440,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20435\/revisions\/20440"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20437"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20435"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20435"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20435"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=20435"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}