{"id":20068,"date":"2022-03-25T17:00:10","date_gmt":"2022-03-25T12:00:10","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=20068"},"modified":"2022-03-25T17:01:29","modified_gmt":"2022-03-25T12:01:29","slug":"putin-abramovichning-kiev-bilan-muzokaralardagi-ishtirokini-maqulladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=20068","title":{"rendered":"Putin Abramovichning Kiyev bilan muzokaralardagi ishtirokini ma\u02bcqulladi"},"content":{"rendered":"<p>Rossiya Prezidenti Vladimir Putin shaxsan Roman Abramovichning Rossiya-Ukraina tinchlik muzokaralarida ishtirok etishini ma\u02bcqulladi. Bu haqda mavzu bo\u02bbyicha bevosita ma\u02bclumotga ega bo\u02bblgan ikki manbaga tayanib Financial Times <a href=\"https:\/\/www.ft.com\/content\/260fb656-4010-4ffe-96be-a273ec87792b\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Ma\u02bclum qilinishicha, milliarder muzokaralar jarayonini tartibga solishga yordam berish uchun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy idorasining yuqori martabali amaldori bilan uchrashgan.<\/p>\n<p>Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Abramovichning muzokaralarda ishtirok etishini shaxsan ma\u02bcqullagan yoki yo\u02bbqligi bo\u02bbyicha izoh berishdan bosh tortdi. Peskov yaqinda milliarderning bu jarayonda \u201cdastlabki bosqichda\u201d ishtirok etganini aytgandi.<\/p>\n<p>\u201cXalq xizmatchisi\u201d partiyasi rahbari va Ukraina delegatsiyasi a\u02bczosi David Araxamiya Abramovich bilan Moskva va Kiyev o\u02bbrtasidagi muzokaralarning birinchi raundi bo\u02bblib o\u02bbtgan Gomelda rostdan ham uchrashganini aytdi.<\/p>\n<blockquote><p>\u201cMen Abramovichning tinchlik muzokaralarida faol ishtirok etayotganini tasdiqlashim mumkin\u201d, \u2014 dedi Araxamiya va milliarder \u201cbu jarayonga xalqaro yahudiy hamjamiyati orqali kirganini\u201d qo\u02bbshimcha qildi.<\/p><\/blockquote>\n<p>Qayd etilishicha, so\u02bbnggi bir necha hafta ichida milliarder gumanitar masalalarga e\u02bctibor qaratgan va ehtimoliy xorijiy vositachilar bilan uchrashuvlar o\u02bbtkazgan. Mart oyi boshida u Moskvada Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shreder, shuningdek, Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy bilan uchrashgan.<\/p>\n<p>Tadbirkorning shaxsiy samolyoti Isroil va Turkiyada kuzatilgan, biroq Isroil bosh vaziri Naftali Bennetning matbuot kotibi Abramovichning mamlakatning muzokaralarda ishtirok etishiga ta\u02bcsirini rad etgan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo\u02bbg\u02bbonning matbuot kotibi izoh berishdan bosh tortdi.<\/p>\n<blockquote><p>\u201cU qo\u02bblidan kelgan hamma narsani qilishga harakat qilmoqda\u201d, \u2014 dedi Abramovichga yaqin manba FT\u02bbga.<\/p><\/blockquote>\n<p>Milliarderning vakili muzokaralar jarayoniga xalaqit bermaslik uchun jarayonning borishi yoki Abramovichning unda ishtirok etishi haqida izoh berishdan bosh tortdi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, muzokaralarning borishidan xabardor bo\u02bblgan G\u02bbarb rasmiylari milliarderning \u201cumuman qandaydir rol o\u02bbynaganiga\u201d shubha qildi. Boshqa ekspertlarning fikricha, tadbirkor G\u02bbarb sanksiyalariga tushib qolmaslik, Britaniyadagi aktivlari va \u201cChelsi\u201d futbol klubini boy bermaslik uchun muzokaralar jarayoniga qo\u02bbshgan hissasini oshirib ko\u02bbrsatayotgan bo\u02bblishi mumkin edi.<\/p>\n<p>Avvalroq The Wall Street Journal AQSH Prezidenti Jo Bayden Zelenskiy bilan maslahatlashganidan so\u02bbng mamlakat Abramovichga qarshi sanksiyalar qo\u02bbllamagani haqida <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/aqsh-zelenskijning-maslahati-bilan-abramovichga-qarshi-sankcziya-qollamadi-oav\">xabar bergan edi<\/a>. Gazetaning manbalariga ko\u02bbra, Ukraina rahbari Abramovich Moskva bilan muzokaralarda muhim vositachiga aylanishi mumkinligini aytgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Avvalroq milliarderning muzokaralar jarayonida ishtirok etishini Peskov tasdiqlagan edi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":20069,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[69],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20068"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20068"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20068\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20071,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20068\/revisions\/20071"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20069"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20068"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20068"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20068"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=20068"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}