{"id":19976,"date":"2022-03-25T11:30:33","date_gmt":"2022-03-25T06:30:33","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=19976"},"modified":"2022-03-25T13:29:07","modified_gmt":"2022-03-25T08:29:07","slug":"mulkdor-buzilgan-va-berilgan-uj-zhojning-bozor-qijmati-ortasidagi-farqni-tolamasligi-belgilandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=19976","title":{"rendered":"Mulkdor buzilgan va berilgan uy-joyning bozor qiymati o\u02bbrtasidagi farqni to\u02bblamasligi belgilandi"},"content":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekistonda mulkdor buzilgan va berilgan uy-joyning bozor qiymati o\u02bbrtasidagi farqni to\u02bblamaydi. Bu haqda Norma <a href=\"https:\/\/www.norma.uz\/qonunchilikda_yangi\/mulkdor_buzilgan_va_berilgan_uy-joyning_bozor_qiymati_urtasidagi_farqni_tulamaydi\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Ma\u02bclum qilinishicha, Prezident tomonidan 2022 yil 14 martdagi \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonun imzolandi.<\/p>\n<p>Qayd etilishicha, Uy-joy kodeksining 27-moddasiga ham o\u02bbzgartirishlar kiritildi. Unga ko\u02bbra, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo\u02bblgan huquqning bozor qiymati va buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo\u02bblgan huquqning bozor qiymati o\u02bbrtasidagi farq mulkdor tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi.<\/p>\n<p>Ilgari, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uchastkasiga bo\u02bblgan huquq berilgan paytdan e\u02bctiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim edi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasining referendumi to\u02bbg\u02bbrisida\u201d, \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasining Davlat gerbi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonunlariga, Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi \u201ca\u201d bandiga, Jinoyat-protsessual kodeksining 429-moddasi 2-qismiga hamda boshqa ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalarga ko\u02bbra, pasportlar bilan birga ID-kartalar ham qabul qilinadi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Oila kodeksiga doimiy yashab turgan joyi bo\u02bbyicha o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar kiritildi. O\u02bbzgartirishlarga ko\u02bbra, \u201cyashab turgan joydagi\u201d degan so\u02bbzlar o\u02bbrniga \u201cdoimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo\u02bbyicha ro\u02bbyxatdan o\u02bbtgan joydagi\u201d degan so\u02bbzlar qo\u02bbllaniladi. Bundan tashqari, quyidagilar o\u02bbzgartirildi:<\/p>\n<ul>\n<li>225-moddaga ko\u02bbra, endi o\u02bblimni qayd etish uchun FHDYO organiga marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi;<\/li>\n<li>228-moddaning 4-qismiga ko\u02bbra, O\u02bbzbekiston hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalarni ko\u02bbrib chiqish ariza beruvchining arizasida ko\u02bbrsatilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Oldingi tahririda, yuqorida ko\u02bbrsatilgan dalolatnomalar ariza beruvchining yashash joyidagi FHDYO organida ko\u02bbrib chiqilar edi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Soliq kodeksining 126-moddasiga qo\u02bbshimchalar kiritildi. Ularga ko\u02bbra, jismoniy shaxslarni soliq organlarida soliq to\u02bblovchi sifatida hisobga qo\u02bbyish ularga vakolatli organ tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda soliq to\u02bblovchi hisobga qo\u02bbyilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekistonning yuridik shaxsini davlat ro\u02bbyxatidan o\u02bbtkazish chog\u02bbida u bir vaqtning o\u02bbzida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qo\u02bbyilgan holda berilgan davlat ro\u02bbyxatidan o\u02bbtkazilganlik to\u02bbg\u02bbrisidagi guvohnoma soliq to\u02bblovchining hisobga qo\u02bbyilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.<\/p>\n<p>Chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el yuridik shaxslariga (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalarga) berilgan soliq to\u02bblovchining identifikatsiya raqami to\u02bbg\u02bbrisidagi guvohnoma soliq to\u02bblovchining ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.<\/p>\n<p>\u201cDavlat boji to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonunga o\u02bbzgartirishlar kiritildi va ularga ko\u02bbra, O\u02bbzbekiston fuqarolari davlat bojini to\u02bblashdan quyidagi hollarda ozod qilinadi:<\/p>\n<ul>\n<li>O\u02bbzbekiston fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko\u02bbrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o\u02bbtkazilganda;<\/li>\n<li>voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta\u02bclim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;<\/li>\n<li>ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko\u02bbrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o\u02bbtkazilganda berganlik uchun.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Bundan tashqari, yetim bolaga yoki ota-ona qaramog\u02bbidan mahrum bo\u02bblgan bolaga identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.<\/p>\n<p>Shuningdek boshqa o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar ham kiritildi. Hujjat qonun hujjatlari ma\u02bclumotlari milliy bazasida e\u02bclon qilingan va 14 martdan kuchga kirdi.<\/p>\n<p>Avvalroq O\u02bbzbekistonda ayrim shaxslarga xorijga chiqish pasporti berganlik uchun davlat boji undirilmasligi <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/ozbekistonda-ajrim-shahslarga-horizhga-chiqish-pasporti-berganlik-uchun-davlat-bozhi-undirilmajdi\">xabar qilingandi<\/a>.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident tomonidan ayrim qonun hujjatlariga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritishga oid qaror imzolandi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":19977,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[63],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19976"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19976"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19979,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19976\/revisions\/19979"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19977"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19976"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=19976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}