{"id":15378,"date":"2022-02-05T12:00:41","date_gmt":"2022-02-05T07:00:41","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=15378"},"modified":"2022-02-05T12:38:34","modified_gmt":"2022-02-05T07:38:34","slug":"new-york-post-va-wsj-nashrlari-kiberhuzhumga-uchradi-hitoj-razvedka-malumotlari-jigishda-ajblanmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=15378","title":{"rendered":"New York Post va WSJ nashrlari kiberhujumga uchradi. Xitoy razvedka ma\u02bclumotlari yig\u02bbishda ayblanmoqda"},"content":{"rendered":"<p class=\"p1\">Milliarder Rupert Merdokning News Corp (New York Post va WSJ) mediaholdingi kiberhujumga uchradi. Bu haqda kompaniya o\u02bbz bayonotida <a href=\"https:\/\/investors.newscorp.com\/static-files\/bfac7437-a73a-4e2b-b4fa-d294b1088a48\">ma\u02bclum qildi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">Nashr qilingan hujjatlarda muammo yanvar oyida aniqlangani va xizmatlari News Corp uchinchi tomon kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bulutli tizimlardan birining ishlashi bilan bog\u02bbliqligi ko\u02bbrsatilgan (kompaniya nomi oshkor qilinmagan).<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cUshbu tizimlardan biri doimiy kiberhujumlar nishoniga aylangan\u201d, deyiladi hujjatda.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Hujjatlarda kompaniya hujumning ma\u02bclum bir xorijiy hukumat bilan aloqasi borligiga ishora qilgan, shuningdek, ma\u02bclumotlar sizib chiqishi haqida xabar bergan. Mediaholding hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur bo\u02bbladigan xarajatlarni hozircha hisoblab bera olmasligini ma\u02bclum qildi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Korporatsiya tarkibiga kiruvchi The Wall Street Journal manbasiga <a href=\"https:\/\/www.wsj.com\/articles\/cyberattack-on-news-corp-believed-linked-to-china-targeted-emails-of-journalists-others-11643979328\">ko\u02bbra<\/a>, kiberhujum 20 yanvar kuni sodir bo\u02bblgan. Bu mediaholdingning nashrlari va biznes bo\u02bblinmalariga, jumladan WSJ\u02bbning o\u02bbzi, Dow Jones agentligi, New York Post gazetasi va News Corp bosh qarorgohiga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan.<\/p>\n<p class=\"p1\">News Corp buzg\u02bbunchilikni aniqlaganidan so\u02bbng, huquqni muhofaza qilish organlari bilan bog\u02bblanib, Mandiant kiberxavfsizlik kompaniyasini tergov uchun jalb qildi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cHujumning maqsadi, ehtimol, Xitoy manfaatlari uchun razvedka ma\u02bclumotlarini yig\u02bbish edi\u201d, \u2014 Mandiat vitse-prezidenti Devid Vong.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">WSJ manbalariga ko\u02bbra, buzg\u02bbunchilik oqibatida xakerlar kompaniyaning o\u02bbnlab xodimlari, jumladan, jurnalistlarning elektron pochtalari va hujjatlariga kirish huquqiga ega bo\u02bbldi: Google xizmatlaridagi hujjatlar, jumladan, qoralama maqolalar hujumchilar qo\u02bblida bo\u02bblgan.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cMoliyaviy ma\u02bclumotlar va mijozlar ma\u02bclumotlarini o\u02bbz ichiga olgan tizimlarga ta\u02bcsir qilinmagan\u201d, \u2014 dedi Vong.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Nashrda hujumchilar buzg\u02bbunchilikni aynan qanday amalga oshirgani va qancha xodim zarar ko\u02bbrgani haqida batafsil ma\u02bclumot yo\u02bbq. Shu bilan birga, WSJ manbalariga ko\u02bbra, tergov hakerlar tizimga 2020 yil fevral oyida kirganini ko\u02bbrsatgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nashrda hujumchilar buzg\u02bbunchilikni aynan qanday amalga oshirgani va qancha xodim zarar ko\u02bbrgani haqida batafsil ma\u02bclumot yo\u02bbq.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":15470,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[67],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15378"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15378"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15378\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15472,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15378\/revisions\/15472"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15470"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15378"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15378"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15378"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=15378"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}