{"id":15280,"date":"2022-02-03T17:12:54","date_gmt":"2022-02-03T12:12:54","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=15280"},"modified":"2022-02-03T17:15:35","modified_gmt":"2022-02-03T12:15:35","slug":"senat-ajrim-mahsulotlarni-qqsdan-ozod-qiluvchi-qonunni-maqulladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=15280","title":{"rendered":"Senat ayrim mahsulotlarni QQSdan ozod qiluvchi qonunni ma\u02bcqulladi"},"content":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Oliy Majlisi Senati mamlakatga olib kiriladigan ayrim mahsulotlarni QQSdan ozod qilishni ko\u02bbzda tutuvchi qonunni ma\u02bcqulladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/senat.uz\/uz\/lists\/view\/3949\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Ma\u02bclum qilinishicha, Senatning navbatdagi yalpi majlisida \u201cFuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O\u02bbzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonun ko\u02bbrib chiqilgan.<\/p>\n<p>Qonun bilan Mehnat, Fuqarolik va Soliq kodekslariga hamda amaldagi \u201cFuqarolarning davlat pensiya ta\u02bcminoti to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi, \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonunlarga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritilmoqda.<\/p>\n<p>Ta\u02bckidlanishicha, Soliq kodeksiga O\u02bbzbekiston hududiga o\u02bbsimlik yog\u02bbi, mol, qo\u02bby va tovuq go\u02bbshti, tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so\u02bbyishdan olingan mahsulotlar, kartoshka, muzlatilgan baliq kabilarni olib kirish va realizatsiya qilish bo\u02bbyicha aylanma 2021 yil 10 oktyabrdan 2022 yil 30 aprelga qadar qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbidan ozod qilishni nazarda tutuvchi o\u02bbzgartirish kiritilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, kiritilayotgan yangiliklar orqali fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko\u02bbrsatish kuchaytirilmoqda. Ya\u02bcni, \u201cFuqarolarning davlat pensiya ta\u02bcminoti to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonunda nogironlik pensiyalari I va II guruh nogironligi bo\u02bblgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo\u02bblish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo\u02bblgan shaxslarga ham tayinlanishi belgilanmoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, ta\u02bclim muassasalarida o\u02bbqiyotgan yetim bolalarga 23 yoshga to\u02bblgunga qadar boquvchisini yo\u02bbqotganlik pensiyasini olish huquqi berilmoqda.<\/p>\n<p>Qayd etilishicha, respublika hududida karantinli vaziyat yuzaga kelib, cheklov choralari qo\u02bbllanilgan taqdirda, fuqarolar pensiya tayinlashni so\u02bbrab o\u02bbz vaqtida murojaat eta olmay, cheklovlar tugatilganidan keyin bir oy ichida murojaat etsa, ularga pensiya olish huquqi yuzaga kelgan kundan e\u02bctiboran pensiya tayinlanishi nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, bolani parvarishlash ta\u02bctillarida bo\u02bblish vaqtini ish stajiga qo\u02bbshib hisoblash jami davri 3 yildan 6 yilga o\u02bbzgartirilmoqda.<\/p>\n<p>Fuqarolik kodeksiga kiritilayotgan o\u02bbzgartirishga ko\u02bbra avtomototransport vositalari elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda onlayn-auksion natijalariga ko\u02bbra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega ekanligi belgilanmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonunga kiritilayotgan o\u02bbzgartirish bilan Savdo-sanoat palatasiga mahalliy xo\u02bbjalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarini tasdiqlash vakolati berilmoqda.<\/p>\n<p>Qonun senatorlar tomonidan ma\u02bcqullangan.<\/p>\n<p>Avvaloq Deputatlar ayrim mahsulotlarni QQSdan ozod qiluvchi qonunni qabul qilgani haqida <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/deputatlar-ajrim-mahsulotlarni-qqsdan-ozod-qiluvchi-qonunni-qabul-qildi\">xabar berilgandi<\/a>.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Soliq kodeksiga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":15284,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[65],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15280"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15280"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15280\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15282,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15280\/revisions\/15282"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15284"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15280"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15280"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15280"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=15280"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}