{"id":15154,"date":"2022-02-02T16:51:04","date_gmt":"2022-02-02T11:51:04","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=15154"},"modified":"2022-02-02T16:52:16","modified_gmt":"2022-02-02T11:52:16","slug":"dsq-15-mingdan-ortiq-chek-uchun-hisoblangan-keshbek-summasini-bekor-qildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=15154","title":{"rendered":"DSQ 15 mingdan ortiq chek uchun hisoblangan keshbek summasini bekor qildi"},"content":{"rendered":"<p>Davlat soliq qo\u02bbmitasi 15 ming 900 ta chek uchun hisoblangan keshbek summasini bekor qildi. Bu haqda Qo\u02bbmita matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/t.me\/soliqnews\/7573\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Ma\u02bclum bo\u02bblishicha, Qo\u02bbmita hozirgacha keshbek uchun ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazilgan cheklarni tahlil qilgan. Tekshiruvlarda ayrim texnik xizmat ko\u02bbrsatish markazi (TXKM) xodimlari keshbekka ega bo\u02bblish maqsadida o\u02bbzgalar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini o\u02bbz nomidan ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazgani aniqlangan.<\/p>\n<p>Jumladan, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan o\u02bbzi xizmat ko\u02bbrsatayotgan 281 ta tadbirkorlik subyektining 11 milliard so\u02bbmlik 15,9 mingta xarid cheki ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazilgan. Unga ko\u02bbra, TXKM xodimlari:<\/p>\n<ul>\n<li>Q.N. tomonidan 178 ta tadbirkorning 5,8 milliard so\u02bbmlik (jami 7 ming 524 ta chek);<\/li>\n<li>Q.A. tomonidan 80 ta tadbirkorning 4,6 milliard so\u02bbmlik (jami 5 ming 206 ta chek);<\/li>\n<li>R.F. tomonidan 23 ta tadbirkorning 0,6 milliard so\u02bbmlik (3 ming 131 ta) cheki \u201cSoliq\u201d mobil ilovasida QR-kod orqali ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazilgan.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Ma\u02bclumot uchun, texnik xizmat ko\u02bbrsatish markazlari tadbirkorlarga onlayn nazorat kassa mashinalarini yoki virtual kassani sotadigan va ularga doimiy texnik xizmat ko\u02bbrsatib boradigan tashkilot xisoblanadi.<\/p>\n<p>Qo\u02bbmita matbuot xizmatining qayd etishicha, \u201cSoliq\u201d mobil ilovasida yuqoridagi shaxslar tomonidan xaridni amalga oshirmasdan, ro\u02bbyxatga olingan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilinadi. Shuningdek, qo\u02bbmita keshbek amaliyoti to\u02bbg\u02bbri qo\u02bbllanishini doimiy nazorat qilib borishini eslatgan.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumot uchun, O\u02bbzbekistonda 2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko\u02bbrsatish obyektlaridagi xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi QR-kodli chekini \u201cSoliq\u201d mobil ilovasida ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1 foizli keshbek berish amaliyoti joriy etilgan.<\/p>\n<p>1 yanvardan 1 fevralgacha 32 million 755 ming 242 ta (o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan 17 million 134 ming 987 ta ko\u02bbp ya\u02bcni 191 foizga oshgan) xarid cheki onlayn nazorat-kassa texnikasi orqali chop etilgan bo\u02bblib, shundan 1 million 482 ming 563 tasiga mobil ilova orqali 19,4 milliard so\u02bbmlik keshbek hisoblangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo\u02bbmita keshbek amaliyoti to\u02bbg\u02bbri qo\u02bbllanishini doimiy nazorat qilib borishini eslatdi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":15155,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[65],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15154"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15154"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15154\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15157,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15154\/revisions\/15157"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15155"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15154"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15154"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15154"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=15154"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}