{"id":14204,"date":"2022-01-25T20:31:11","date_gmt":"2022-01-25T15:31:11","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=14204"},"modified":"2022-01-25T20:39:23","modified_gmt":"2022-01-25T15:39:23","slug":"ozbekistonning-qajsi-hududlariga-elektr-toki-etib-borgani-malum-boldi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=14204","title":{"rendered":"O\u02bbzbekistonning qaysi hududlariga elektr toki yetib borgani ma\u02bclum bo\u02bbldi"},"content":{"rendered":"<p class=\"p1\">O\u02bbzbekiston energetika vazirligi respublika hududlarida elektr energiyasi ta\u02bcminoti bilan bog\u02bbliq holat yuzasidan qo\u02bbshimcha <a href=\"https:\/\/t.me\/minenergy_uz\/4434\">ma\u02bclumot berdi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">Ta\u02bckidlanishicha, 2022 yil 25 yanvar, soat 19:30 holatiga:<\/p>\n<p class=\"p1\">1. Qorakalpog\u02bbiston Respublikasi \u2014 elektr ta\u02bcminoti to\u02bbliq<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0 <\/span>tiklangan;<\/p>\n<p class=\"p1\">2. Andijon viloyati \u2014 Andijon shahar 35 foiz, Xonabod 100 foiz, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta\u02bcminotiga ulangan;<\/p>\n<p class=\"p1\">3. Buxoro viloyati \u2014 Olot, Qorako\u02bbl, Qorovulbozor va Peshku tumanlarida to\u02bbliq, Vobkent tumanida 20 foiz, Romitan tumanida esa 40 foiz elektr ta\u02bcminoti tiklandi;<\/p>\n<p class=\"p1\">4. Jizzax viloyati \u2014 hozircha viloyatning 10\u201315 foizi elektr ta\u02bcminoti bilan ta\u02bcminlandi;<\/p>\n<p class=\"p1\">5. Qashqadaryo viloyati \u2014 to\u02bbliq elektr ta\u02bcminotidan uzilgan, tiklash-sozlash ishlari olib borilmoqda;<\/p>\n<p class=\"p1\">6. Navoiy viloyati \u2014 Navoiy shahrida 60 foiz, Karmana tumanida 55 foiz, Navbahor tumanida 40 foiz, Konimex tumanida 35 foiz va Nurota tumanida 70\u00a0foiz\u00a0iste\u02bcmolchilarda elektr ta\u02bcminoti tiklandi;<\/p>\n<p class=\"p1\">7. Namangan viloyati \u2014 hozircha qisman tibbiyot muassasalari hamda suv ta\u02bcminoti korxonalari elektr ta\u02bcminotiga ulangan;<\/p>\n<p class=\"p1\">8. Samarqand viloyati \u2014 Samarqand shahrida 45\u00a0foiz, Samarkand tumani 15 foiz, Paxtachi tumanida 100 foiz, Kattaqo\u02bbrg\u02bbon tumani va Kattaqo\u02bbrg\u02bbon shahri 8 foiz, Narpay va Pastdarg\u02bbom tumani 30 foiz elektr ta\u02bcminoti mavjud;<\/p>\n<p class=\"p1\">9. Surxondaryo viloyati \u2014 Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz elektr ta\u02bcminoti mavjud. Oltinsoyda 70 foiz<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0\u00a0<\/span>iste\u02bcmolchilar tarmoqqa ulandi;<\/p>\n<p class=\"p1\">10. Sirdaryo viloyati \u2014 Guliston shahri 60 foiz, Yangiyer 60 foiz, Shirin shahri 100 foiz, Boyovut 30 foiz, Sayxunobod tumani 20 foiz, Guliston tumani 20 foiz, Mirzaobod tumani 10 foiz, Xovos tumani 50 foiz elektr tarmog\u02bbiga ulandi;<\/p>\n<p class=\"p1\">11. Toshkent viloyati \u2014 Olmaliq shahar 70 foiz, Angren shahar 50 foiz, Chirchiq 70 foiz, Ohangaron shahar 100 foiz, Bo\u02bbka tumani 40 foiz, Bo\u02bbstonlik 90 foiz, Qibray 70 foiz, Ohangaron tumani 80 foiz, Parkent 100 foiz, Toshkent tum ani 60 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 60 foiz iste\u02bcmolchilar tarmoqqa ulandi;<\/p>\n<p class=\"p1\">12. Farg\u02bbona viloyati \u2014 Farg\u02bbona shahri 50 foiz, Qo\u02bbqon shahri 5 foiz, Uchko\u02bbprik tumani 40 foiz, O\u02bbzbekiston tumani 20 foiz, Farg\u02bbona tumani 10 foiz, Dang\u02bbara tumani 40 foiz, So\u02bbh tumani 100 foiz, qolgan hududlarda asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta\u02bcminotiga ulangan;<\/p>\n<p class=\"p1\">13. Xorazm viloyati \u2014 elektr ta\u02bcminoti to\u02bbliq<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0 <\/span>tiklangan;<\/p>\n<p class=\"p1\">14. Toshkent shahri \u2014 Mirzo Ulug\u02bbbek 100 foiz, Yunusobod 50 foiz, Shayxontohur 10 foiz, Olmazor 20 foiz, Yakkasaroy 10 foiz, Yashnobod 50 foiz, Mirobod 40 foiz va Sirg\u02bbali tumanida 10 foiz iste\u02bcmolchilar tarmoqqa ulandi.<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0<\/span><\/p>\n<h2>O\u02bbzbekistonda \u201cblekaut\u201d<\/h2>\n<p>Soat 10:57 da O\u02bbzbekiston bo\u02bbylab elektr ta\u02bcminotida uzilishlar kuzatilishni boshladi. Uzilishlar tufayli Toshkent metropoliteni ishdan\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/toshkent-shahri-bojlab-elektr-energiyasi-uzildi-metro-ishdan-tohtadi\">to\u02bbxtadi<\/a>.<\/p>\n<p>Energetika vazirligi holat yuzasidan\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/uzilishlar-respublika-bojicha-kuzatilmoqda-qozogistonning-ajrim-shaharlarida-ham-svet-joq\">tushuntirish berdi<\/a>. Qayd etilishicha, 25 yanvar kuni soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta\u02bcminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Keyinchalik Uy-joy kommunal xizmat ko\u02bbrsatish vazirligi Toshkentda issiq suv va issitish ta\u02bcminotida ham uzilish kuzatilishi bo\u02bbyicha\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/%e2%9a%a1%ef%b8%8ftoshkentda-issiq-suv-va-issitish-taminotida-ham-uzilish-kuzatiladi\">ogohlantirish berdi<\/a>.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u00abMamlakatimizning ko\u02bbplab hududlarida elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois,\u00a0<b>isitish, oqova hamda ichimlik suv<\/b>\u00a0tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantiramiz\u00bb, deyiladi xabarda.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p>Keyinalik Energetika vazirligi Soat 10:57 da Qozog\u02bbiston elektr tarmog\u02bbida katta avariya bo\u02bblishi oqibatida Olmaota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya ta\u02bcminotida o\u02bbchishlar yuzaga kelganini\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/%e2%9a%a1%ef%b8%8fuzilishning-ildizi-qozogtonda-vazirlik-uzilishlar-sababi-bojicha-malumot-berdi\">ma\u02bclum qildi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">Oqibatda Farg\u02bbona va Toshkent shahri va viloyati, Farg\u02bbona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o\u02bbchgan.<\/p>\n<p class=\"p1\"><span class=\"Apple-converted-space\">O\u02bbzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ogohlantirish bilan\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/%e2%9d%97%ef%b8%8ffvv-barcha-elektr-va-gaz-moslamalarini-tamoqdan-uzib-qojishni-soradi\">chiqdi<\/a>.\u00a0<\/span><\/p>\n<blockquote><p>\u201cHurmatli fuqarolar elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sababli gaz va elektr bilan bog\u02bbliq ko\u02bbngilsiz vaziyatlarni oldini olish maqsadida gaz hamda elektr moslamalarini nazorat qilishingiz va tarmoqdan vaqtincha uzib qo\u02bbyishingiz so\u02bbraladi\u201d, \u2014 deyiladi xabarda.<\/p><\/blockquote>\n<p>Shuningdek, Mobiuz va Beeline\u02bbda aloqa xizmati yomonlashishi mumkinligini qayd etdi. Uztelecom stansiyalar bir necha soat soat \u201cchidab berishini\u201d\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/mobiuz-va-beelineda-aloqa-hizmati-yomonlashishi-mumkin-uztelecom-stancziyalar-bir-necha-soat-soat-chidab-berishini-ajtdi\">aytdi<\/a>.<\/p>\n<div class=\"blog__body\">\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cBizdagi stansiyalarda zaxira akkumulyatorlari bilan jihozlangan.Ularning quvvati bir necha soat chidab beradi\u201d, deydi matbuot xizmati xodimi.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Shundan so\u02bbng vazirlik elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilayotgani va hududlarda elektr ta\u02bcminoti tiklanayotganini ma\u02bclum qildi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog\u02bbistondagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg\u02bbona viloyatidagi Farg\u02bbona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.<\/p>\n<\/div>\n<p>Elektr uzilishi sabab yopilgan O\u02bbzbekiston mintaqaviy aeroportlari reyslar uchun\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/elektr-uzilishi-sabab-yopilgan-ozbekiston-aeroportlari-qajta-ochildi\">qayta ochildi<\/a>. Qayd etilishicha, Toshkent aeroporti faqat reyslarni qabul qilish uchun ishlaydi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cMintaqaviy aeroportlar reyslarni qabul qilish va berishni boshladi\u201d, deyiladi xabarda.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p><a href=\"https:\/\/dinor.uz\/%e2%9d%97%ef%b8%8felektr-uzilishi-humo-tolov-tizimiga-tasir-qiladimi\">Humo<\/a>\u00a0va\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/%e2%9d%97%ef%b8%8felektr-uzilishi-uzcard-faoliyatiga-tasir-qiladimi\">Uzcard<\/a>\u00a0to\u02bblov tizimlari elektr uzilishi ish faoliyatiga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatmasligini ma\u02bclum qildi.<\/p>\n<p class=\"p1\">\u00a0O\u02bbzbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u02bballikni qisqartirish vazirligi elektr uzilishi O\u02bbzbekiston iqtisodiyotiga qanday ta\u02bcsir ko\u02bbrsatishi haqida Kommers.uz\u02bbga\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/iqtisodij-zararlar-bojicha-hisob-kitoblar-amalga-oshiriladi-vazirlik\">izoh berdi<\/a>.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cVaziyatni tezda tiklanishiga bog\u02bbliq. Ayni paytda hududlarda elektr energiyasini tiklash ishlari boshlangan. Barcha hisob-kitoblar har bir tarmoqqa haqiqiy ta\u02bcsirni o\u02bbrganilidan so\u02bbng amalga oshiriladi\u201d, deydi vazirlik vakili.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p>Shundan so\u02bbng Prezident topshirig\u02bbi bilan elektr uzilishi bo\u02bbyicha xukumat komissiyasi\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/prezident-topshirigi-bilan-elektr-uzilishi-bojicha-hukumat-komissiyasi-tuzildi\">tuzildi<\/a>.<\/p>\n<div class=\"blog__header\">\n<p>Ekspert Bobur Obidov naqd pulga bo\u02bblgan ehtiyojning ortishi, bankomatlarga navbatlar va masofaviy bank xizmatlari muammolari bo\u02bbyicha Kommers.uz\u02bbga\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/elektr-joqligi-sabab-bankomatlar-ishlamaj-qolishi-mumkin-uzilishlar-bank-sohasiga-qandaj-tasir-korsatadi\">izoh berdi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">O\u02bbzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O\u02bbzbekistondagi elektr uzilishini shaxsan\u00a0<a href=\"https:\/\/dinor.uz\/shavkat-mirziyoev-ozbekistondagi-elektr-uzilishini-shahsan-nazoratga-oldi\">nazoratga oldi<\/a>.<\/p>\n<p>Keyinchalik Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta\u02bcminoti <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/%e2%9d%97%ef%b8%8fqoraqalpogiston-va-horazmda-elektr-energiyasi-taminoti-toliq-tiklandi\">to\u02bbliq tiklandi<\/a>.<\/p>\n<p>Qozog\u02bbiston yagona energetika tizimida 21 yanvardan elektr toki bo\u02bbyicha vaziyat keskin bo\u02bblgani <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/yangi-tafsilotlar-qozogiston-yagona-energetika-tizimida-vaziyat-avvaldan-keskin-bolgan\">ma\u02bclum qilindi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">Bugun.uz manbalari \u201cQozog\u02bbiston elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi\u201dning ogohlantirish xatini taqdim etdi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cHozirda Qozog\u02bbiston yagona energetika tizimida elektr quvvati va quvvat balansini saqlash bo\u02bbyicha keskin vaziyat saqlanib qolmoqda\u201d, deyiladi Kommers.uz manbalari taqdim etgan xatda.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Shu munosabat bilan, mavjud vaziyatni saqlab qolgan holda, 2022 yil 24 yanvardan 31 yanvargacha bo\u02bblgan davrda raqamli mayning bilan shug\u02bbullanuvchi shaxslarga rejalashtirilgan elektr energiyasini yetkazib berish to\u02bbliq bekor qilingan. Xat \u201cQozog\u02bbiston elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi\u201d vakili Bekjan Mukatov tomonidan imzolangan.<\/p>\n<p class=\"p1\">Kommers.uz\u02bbning O\u02bbzbekiston tomonidagi manbasi <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/qozogiston-tomonidan-ota-masuliyatsiz-qadam-boldi-bu-tekshirishga-arzijdi-manba-ozbekistondagi-elektr-uzilishlari-haqida\">aytishicha<\/a>, bu \u2014 Qozog\u02bbiston tomonidan yo\u02bbl qo\u02bbyilgan katta mas\u02bculiyatsizlik.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cSheriklar tomonidan tashlangan juda va juda mas\u02bculiyatsiz qadam, bu elektr halqasi bo\u02bbyicha kelishuv shartlari va majburiyatlarini tekshirishga arziydi\u201d, \u2014 deydi manba.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Manba shuningdek, to\u02bbsatdan ko\u02bbp miqdorda elektr toki ko\u02bbtarilganini aytdi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cTo\u02bbsatdan ko\u02bbp miqdorda elektr toki ko\u02bbtarildi. Bizning tizimlarimiz kuchlanish blokiga muvofiq ishladi va shundagina hech narsa yonib ketmadi. Ular mamlakatga energiya yetkazib berishni to\u02bbxtatdi\u201d, \u2014 deydi manba.<\/p>\n<\/blockquote>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston energetika vazirligi qo\u02bbshimcha ma\u02bclumot berdi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":14209,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[63],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14204"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14204"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14204\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14216,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14204\/revisions\/14216"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14209"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14204"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14204"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14204"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=14204"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}