{"id":14026,"date":"2022-01-26T09:30:24","date_gmt":"2022-01-26T04:30:24","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=14026"},"modified":"2022-03-11T15:58:48","modified_gmt":"2022-03-11T10:58:48","slug":"ozbekistonda-dori-vositalari-ishlab-chiqarish-3-baravar-oshiriladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=14026","title":{"rendered":"O\u02bbzbekistonda dori vositalari ishlab chiqarish 3 baravar oshiriladi"},"content":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekistonda 2026 yilgacha dori vositalari ishlab chiqarish hajmi 3 baravar oshiriladi. Bu haqda Norma <a href=\"https:\/\/www.norma.uz\/qonunchilikda_yangi\/farmacevtika_tarmogiga_imtiezlar_berildi\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Ma\u02bclum qilinishicha, O\u02bbzbekiston 2026 yilgacha ichki bozorni dori vositalari bilan ta\u02bcminlash darajasini natural hajmda 80 foizga yetkazmoqchi. Bu bo\u02bbyicha Shavkat Mirziyoyev tegishli <a href=\"https:\/\/lex.uz\/pdfs\/5834287\">farmonni<\/a> imzolagan.<\/p>\n<p>Mazkur hujjat farmatsevtika sanoatida kelgusi 5 yilga mo\u02bbljallangan maqsadli investitsiya loyihalari dasturini tasdiqlaydi. Shu vaqt ichida dori vositalari ishlab chiqarish hajmini 3 baravar oshirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Qayd etilishicha, 2022 yil 1 fevraldan mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazish xarajatlarining 75 foizi Farmatsevtika tarmog\u02bbini qo\u02bbllab-quvvatlash va rivojlantirish jamg\u02bbarmasidan qoplab beriladi. Buning uchun ular ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, 1 apreldan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro\u02bbyxatidan o\u02bbtkazish cheklanmagan muddatga amalga oshiriladi. Avval berilgan ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazilganlik guvohnomalar, ularning amal qilish muddati tugaganidan so\u02bbng qo\u02bbshimcha hujjatlar talab qilinmasdan 15 kun muddatda amal qilishi muddatsiz bo\u02bblgan guvohnomalarga almashtirib beriladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, 1 apreldan boshlab mahalliylashtirilgan farmatsevtika mahsulotlarini davlat byudjeti mablag\u02bblari hisobidan kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etilmoqda. Buning uchun 3 yilga maxsus shartnoma tuziladi.<\/p>\n<p>Kafolatlangan xaridlar uchun yetkazib beruvchilar ochiq tender orqali tanlanadi. Ushbu tanlovlar O\u02bbzbekistonda ilgari ishlab chiqarilmagan va mahalliylashtirishga mo\u02bbljallangan dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot texnikalari ro\u02bbyxati doirasida o\u02bbtkazilmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, farmatsevtika sanoatida bir qator cheklovlar bekor qilingan:<\/p>\n<ul>\n<li>donor qonini to\u02bbplash va uning asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni xususiy tartibda amalga oshirishga taqiq;<\/li>\n<li>dori vositalarining klinik tadqiqotlarini sog\u02bblom ko\u02bbngillilarda o\u02bbtkazishga cheklov;<\/li>\n<li>tarkibi bir xil bo\u02bblgan dori vositalarini bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqarishga cheklovlar bekor qilinadi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Ta\u02bckidlanishicha, 1 apreldan boshlab farmatsevtika tarmog\u02bbi va respublika sog\u02bbliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarni zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiq majburiy sertifikatlash muddatlari 2024 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, 2022 yil 1 iyuldan O\u02bbzbekiston hududida vakolatli tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan \u201cZarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)\u201dga ega mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini va \u201cISO:13485\u201d sertifikatiga ega ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy buyum va tibbiy texnikani majburiy sertifikatlashtirish tartibi bekor qilinadi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, 2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat xaridlariga faqat sertifikatlangan yetkazib beruvchilar ruxsat etiladi. Bunda:<\/p>\n<ul>\n<li>\u201cZarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)\u201dga muvofiq;<\/li>\n<li>tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishni tashkil etgan tashkilotlar \u2014 \u201cISO:13485\u201d standartlari asosida;<\/li>\n<li>\u201cZarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)\u201d standartlarini joriy etgan ulgurji savdo tashkilotlari qatnashishiga ruxsat beriladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Bundan tashqari, GMP standartlari bo\u02bbyicha faoliyat yurituvchi farmatsevtika mahsulotlarini eksport qiluvchilar quyidagi imtiyozlarga ega bo\u02bbladi:<\/p>\n<ul>\n<li>eksport bilan bog\u02bbliq xarajatlarning 50 foizigacha (avtomobil transportida eksport umumiy qiymatining 5 foizigacha, temir yo\u02bbl orqali 7 foizigacha) qoplash uchun subsidiyalar;<\/li>\n<li>aylanma mablag\u02bblarni to\u02bbldirish uchun aylanma kreditlar \u2014 1 yilgacha bo\u02bblgan muddatga, 4 foizli stavka bilan, 3 mln dollargacha.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Shuningdek, 2025 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar bojxona to\u02bblovlaridan ozod qilinadi:<\/p>\n<ul>\n<li>dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari;<\/li>\n<li>texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun \u201ctoza xonalar\u201d, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Avvalroq O\u02bbzbekistonda yangi farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro\u02bbyxatidan o\u02bbtkazish muddati cheklanmasligi <a href=\"https:\/\/dinor.uz\/ozbekistonda-yangi-farmaczevtika-mahsulotlarini-davlat-rojhatidan-otkazish-muddati-cheklanmajdi\">xabar qilingandi<\/a>.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farmatsevtika tarmog\u02bbini rivojlantirish bo\u02bbyicha Prezident farmoni imzolandi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":19099,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[63],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14026"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14026"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14026\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14037,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14026\/revisions\/14037"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19099"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14026"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14026"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14026"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=14026"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}