{"id":12864,"date":"2022-01-15T17:26:03","date_gmt":"2022-01-15T12:26:03","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=12864"},"modified":"2022-01-15T17:45:44","modified_gmt":"2022-01-15T12:45:44","slug":"aholi-azhratilayotgan-kredit-va-subsidiyalardan-behabar-prezident-bandlik-va-mahallabaj-tizim-bojicha-jigilish-otkazdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=12864","title":{"rendered":"\u201cAholi ajratilayotgan kredit va subsidiyalardan bexabar\u201d \u2014 Prezident bandlik va mahallabay tizim bo\u02bbyicha yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi"},"content":{"rendered":"<p class=\"p1\">Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 yanvar kuni mahallabay ishlashning yangi tizimini yo\u02bblga qo\u02bbyish va aholi bandligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha 2022 yildagi ustuvor vazifalarga bag\u02bbishlangan videoselektor yig\u02bbilishi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/4920\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">Qayd etilishicha, 2021 yil mamlakatda yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga o\u02bbsgan. Hududlarda 100 mingta yangi tadbirkor ish boshlagan. O\u02bbzini o\u02bbzi band qilganlar soni 700 mingga ko\u02bbpayib, 1,2 millionga yetgan.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201c2022 yilni Inson qadrini ulug\u02bblash va faol mahalla yili, deb e\u02bclon qildik. Shu bois bu yil barcha mahallalarda tub o\u02bbzgarishlar bo\u02bblishi kerak\u201d, \u2014 dedi davlat rahbari.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Ma\u02bclum qilinishicha, Yangi yildan 9 ming 309 nafar hokim yordamchilari ish boshlagan. Ushbu tizimga mas\u02bcul bo\u02bblgan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyati tashkil etilib, barcha masalalar hal qilib berilgan.<\/p>\n<img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/fb851ef9-052d-d69f-a0f2-55194d00b3df_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1247\" height=\"831\" \/>\n<p class=\"p1\">Yig\u02bbilishda mahallabay ishlash tizimini tashkil etish uchun amalga oshirilishi lozim bo\u02bblgan navbatdagi chora-tadbirlar muhokama qilingan.<\/p>\n<p class=\"p1\">Xususan, mutasaddilar mahallada hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etib, kambag\u02bballikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga shaxsan mas\u02bcul bo\u02bblishi ko\u02bbrsatib o\u02bbtilgan.<\/p>\n<p class=\"p1\">Hokim yordamchilari \u201ctemir\u201d, \u201cayollar\u201d va \u201cyoshlar\u201d daftarlari doirasida o\u02bbz mahallalarida o\u02bbrganishlar o\u02bbtkazib, ijtimoiy reyestrni qaytadan yangilashi lozimligi ta\u02bckidlangan.<\/p>\n<img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/28e76d6e-ae1b-a6e8-4b3b-f640251c35e5_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"854\" \/>\n<p class=\"p1\">Bunda, eng avvalo, ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti og\u02bbir oilalarni o\u02bbqitish va o\u02bbz ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xo\u02bbjaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish yo\u02bblga qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u201cAholini o\u02bbqitish va tadbirkorlikka jalb qilishga katta hajmda kredit va subsidiyalar ajratilmoqda. Lekin, joylarda aksariyat odamlar ulardan bexabar desak, bu ham haqiqat. Shuning uchun hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, ularga mavjud sharoitlarni yetkazishi, tadbirkorlik va dehqonchilikka o\u02bbrgatish orqali kambag\u02bballikdan chiqarishi lozim\u201d, \u2014 dedi Prezident.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Ushbu maqsadlar uchun joriy yilda 10 trillion so\u02bbm imtiyozli kredit va 2,5 trillion so\u02bbm subsidiya (har bir mahallaga o\u02bbrtacha 1,3 milliard so\u02bbm) ajratilishi ma\u02bclum qilindi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Bu borada mahallada tadbirkorlik va dehqonchilikni rivojlantirish uchun oilalarni zarur asbob-uskunalar va ish qurollari bilan ta\u02bcminlashga alohida e\u02bctibor qaratish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Joriy yil dehqonchilik uchun ajratilayotgan 80 ming gektar ekin maydoni ham birinchi navbatda yuqorida qayd etilgan toifadagi oilalarga beriladi. Shu orqali 500 ming aholini doimiy daromad manbai bilan ta\u02bcminlash mumkin.<\/p>\n<img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/a9cc3159-1428-0e8a-65c2-714af07a02b8_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" \/>\n<p class=\"p1\">Mutasaddilar oldiga ekin yerlarini ajratish ishlarini tanqidiy muhokama qilib borish, aholini parrandachilik, qo\u02bby-echkichilik, quyonchilik, baliqchilik, asalarichilik bilan band qilish uchun yetakchi tadbirkorlarni jalb etish, mavjud imkoniyatlarni o\u02bbrganib, tadbirkorlar ishtirokida mahallalarni inkubator bilan ta\u02bcminlash, yetishtirilgan qishloq xo\u02bbjaligi mahsulotlarini kafolatli sotib olish tizimini tashkil etish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<blockquote>\n<p class=\"p1\">\u00abBir narsani hamma aniq tushunib olishi zarur. Hokim yordamchilari \u2014 Prezidentning mahalladagi vakillari hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi \u2014 o\u02bbz mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o\u02bbrni yaratish,<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0 <\/span>kambag\u02bballikni qisqartirish va oilalar daromadini ko\u02bbpaytirishdan iborat.<\/p>\n<p class=\"p1\">Buning uchun hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo\u02bblishi, hech qaysi hokim yoki rahbar ularni majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan \u201cko\u02bbmib tashlamasligi\u201d lozim. Ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerak\u00bb, \u2014 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<\/blockquote>\n<p class=\"p1\">Yig\u02bbilishda aholi murojaatlari orqali joylardagi vaziyat o\u02bbrganilib, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilashga alohida e\u02bctibor qaratish lozimligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtilgan. Bu ishlar, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan og\u02bbir bo\u02bblgan mahallalardan boshlanadi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Shu munosabat bilan ushbu mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi tarmoqlarini, bog\u02bbcha, maktab, tibbiyot muassasalari, madaniyat markazlarini ta\u02bcmirlash va qurish, bir so\u02bbz bilan aytganda, odamlarni rozi qilishga ustuvor ahamiyat berish lozimligi qayd etilgan.<\/p>\n<p class=\"p1\">Yig\u02bbilishda tarmoq va hududlar rahbarlari yangicha tizimda ishlash yuzasidan rejalarini bayon qilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yig\u02bbilishda tarmoq va hududlar rahbarlari yangicha tizimda ishlash yuzasidan rejalarini bayon qildi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":12873,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[63],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12864"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=12864"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12864\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12880,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12864\/revisions\/12880"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/12873"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=12864"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=12864"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=12864"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=12864"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}