{"id":12721,"date":"2022-01-14T12:10:26","date_gmt":"2022-01-14T07:10:26","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=12721"},"modified":"2022-03-20T20:43:55","modified_gmt":"2022-03-20T15:43:55","slug":"oshirilgan-kredit-soliq-imtiyozlari-va-subsidiya-prezident-baliqchilik-bojicha-qaror-imzoladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=12721","title":{"rendered":"Oshirilgan kredit, soliq imtiyozlari va subsidiya \u2014 Prezident baliqchilik bo\u02bbyicha qaror imzoladi"},"content":{"rendered":"<p class=\"p1\">O\u02bbzbekistonda xonadonlarda baliq yetishtirish uchun ajratiladigan kredit 2 baravar oshiriladi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan \u201cBaliqchilik tarmog\u02bbini yanada rivojlantirishning qo\u02bbshimcha chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Prezident qarorida <a href=\"https:\/\/teletype.in\/@huquqiy_axborot\/UErmhNK4q48\">so\u02bbz boradi<\/a>.<\/p>\n<p class=\"p1\">Qarorga ko\u02bbra, Jizzax viloyatida tashkil etilgan baliqchilik klasterining aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash tajribasi har bir viloyatda joriy etiladi.<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0<\/span><\/p>\n<p class=\"p1\">Bunda:<\/p>\n<ul>\n<li class=\"p1\">baliqchilik xo\u02bbjaliklari xonadon egalarini baliq yetishtirish bo\u02bbyicha o\u02bbqitishni tashkil etadi, ularga baliq yetishtirish uchun zarur bo\u02bblgan asbob-uskunalar, baliq chavoqlari, omuxta yem, mineral o\u02bbg\u02bbitlarni yetkazib beradi hamda ular tomonidan yetishtirilgan baliqni kelishilgan narxlarda sotib oladi;<\/li>\n<li class=\"p1\">xonadon egalari o\u02bbz xonadonlarida intensiv usulda yetishtirilgan baliqlarni kelishilgan narxlarda ularga sotadi.<\/li>\n<\/ul>\n<p class=\"p1\">Shuningdek, 2022 yil 1 fevraldan fuqarolaro\u02bbzini o\u02bbzi band qilgan shaxs sifatida o\u02bbz xonadonida baliq yetishtirishni yo\u02bblga qo\u02bbyishi mumkin.<\/p>\n<p class=\"p1\">Qayd etilishicha, 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo\u02bblgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo\u02bblga qo\u02bbygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig\u02bbini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan subyektlar uchun foyda solig\u02bbi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag\u02bblardan olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig\u02bbi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga yer solig\u02bbi va mol-mulk solig\u02bbi stavkasi 50 foiz miqdorida belgilanadi. 2022 yilda Qoraqalpog\u02bbiston va viloyatlarda jami 700 ming tonna baliq yetishtiriladi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Qarorga ko\u02bbra, 2022 yil 15 yanvardan \u201cHar bir oila\u00a0\u2014\u00a0tadbirkor\u201d davlat dasturi doirasida xonadonlarda baliq yetishtirish uchun ajratiladigan kredit BHMning 150 baravaridan 300 baravarigacha oshiriladi.<span class=\"Apple-converted-space\">\u00a0<\/span><\/p>\n<p class=\"p1\">Shuningdek, intensiv usulda xonadonlarda baliq yetishtirish loyihalarini moliyalashtirishga 200\u00a0milliard so\u02bbm mablag\u02bb ajratiladi.<\/p>\n<p class=\"p1\">2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha o\u02bbquv kurslarida o\u02bbqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 2 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratiladi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Qarorga ko\u02bbra, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro\u02bbyxatiga \u201cbaliqchilik\u201d ixtisosligi kiritiladi.<\/p>\n<p class=\"p1\">Shuningdek, 2022 yildan Toshkent davlat agrar universiteti va Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantura bosqichlariga \u201cBaliqchilik\u201d ixtisosligi bo\u02bbyicha har yili 2\u00a0tadan o\u02bbrin ajratiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qarorga ko\u02bbra, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro\u02bbyxatiga \u201cbaliqchilik\u201d ixtisosligi kiritiladi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":12722,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[67],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12721"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=12721"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12721\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12724,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12721\/revisions\/12724"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/12722"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=12721"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=12721"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=12721"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=12721"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}