{"id":12593,"date":"2022-01-12T22:27:28","date_gmt":"2022-01-12T17:27:28","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=12593"},"modified":"2022-01-12T22:28:49","modified_gmt":"2022-01-12T17:28:49","slug":"prezident-huzuridagi-jigilishda-zhstga-azo-bolish-investicziya-va-eksport-masalalari-muhokama-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=12593","title":{"rendered":"Prezident huzuridagi yig\u02bbilishda JSTga a\u02bczo bo\u02bblish, investitsiya va eksport masalalari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p>12 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/4913\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Qayd etilishicha, mamlakatdagi barqarorlik va qulay investitsiya muhiti natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanmoqda. 2021 yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8 milliard 100 million dollar to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri xorijiy investitsiya o\u02bbzlashtirilgan.<\/p>\n<img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-12596\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/3c2ccce6-5536-4f98-fc0c-f3d53856bef1_lists_slider_4913.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/3c2ccce6-5536-4f98-fc0c-f3d53856bef1_lists_slider_4913.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/3c2ccce6-5536-4f98-fc0c-f3d53856bef1_lists_slider_4913-300x200.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/3c2ccce6-5536-4f98-fc0c-f3d53856bef1_lists_slider_4913-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/3c2ccce6-5536-4f98-fc0c-f3d53856bef1_lists_slider_4913-768x512.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/>\n<p>Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish o\u02bbrni tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import o\u02bbrnini to\u02bbldirish imkoniyatiga ega.<\/p>\n<p>Albatta, koronavirus pandemiyasi hali-hamon iqtisodiy jarayonlarga jiddiy ta\u02bcsir o\u02bbtkazmoqda. Shunga qaramay, eksportda izchil o\u02bbsishga erishilmoqda. Xususan, 2020 yilda mamlakatda eksport miqdori 9 milliard dollardan oshgan bo\u02bblsa, 2021 yilda 12 milliard dollarni tashkil etgan. E\u02bctiborlisi, bunda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli ko\u02bbpaygan.<\/p>\n<img decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-12597\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/090e28e8-c162-dfa7-fd83-f8e997a5147d_lists_slider_4913.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/090e28e8-c162-dfa7-fd83-f8e997a5147d_lists_slider_4913.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/090e28e8-c162-dfa7-fd83-f8e997a5147d_lists_slider_4913-300x200.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/090e28e8-c162-dfa7-fd83-f8e997a5147d_lists_slider_4913-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/090e28e8-c162-dfa7-fd83-f8e997a5147d_lists_slider_4913-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/>\n<p>Joriy yilda 9 milliard 500 million dollardan ziyod to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri xorijiy sarmoyalarni o\u02bbzlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalar ishga tushirish mo\u02bbljallangan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda mutasaddilar ushbu ko\u02bbrsatkichlarni tarmoq va hududlar kesimida ta\u02bcminlash chora-tadbirlari bo\u02bbyicha axborot berdi.<\/p>\n<p>Davlat rahbari har bir investitsiya loyihasini doimiy nazoratga olib, tashabbuskorlarga ko\u02bbmaklashish va o\u02bbz vaqtida ishga tushirish bo\u02bbyicha topshiriqlar berdi.<\/p>\n<img decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-12598\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/d5fd8316-ef75-8142-3a7f-d0012b8dc28c_lists_slider_4913.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"851\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/d5fd8316-ef75-8142-3a7f-d0012b8dc28c_lists_slider_4913.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/d5fd8316-ef75-8142-3a7f-d0012b8dc28c_lists_slider_4913-300x199.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/d5fd8316-ef75-8142-3a7f-d0012b8dc28c_lists_slider_4913-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/d5fd8316-ef75-8142-3a7f-d0012b8dc28c_lists_slider_4913-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/>\n<p>Turizm, tibbiyot va mashinasozlik tarmoqlari, hududlardan Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi, Navoiy va Xorazm viloyatlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish darajasi pastligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Shu bois ular bo\u02bbyicha alohida dasturlar ishlab chiqib, qo\u02bbshimcha sarmoyalar yo\u02bbnaltirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Prezident ishlab chiqarishni va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalasiga alohida e\u02bctibor qaratdi. Mahalliy mahsulotlar turini ko\u02bbpaytirish, bu borada tadbirkorlarni qo\u02bbllab-quvvatlash va rag\u02bbbatlantirish bo\u02bbyicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Jumladan, mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarni o\u02bbzlashtirgan mahalliy korxonalar mahsulotlari kafolatli xarid qilinadi. Bu jarayonga hokim yordamchilarini ham jalb etish muhimligi aytildi.<\/p>\n<p>Aholi turmush sifatiga bevosita ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadigan ta\u02bclim, tibbiyot, suv ta\u02bcminoti, yo\u02bbl va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda shaffoflikni ta\u02bcminlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Sog\u02bbliqni saqlash sohasi, Orolbo\u02bbyi mintaqasi uchun trast fondi kabi ijtimoiy muhim yo\u02bbnalishlarga xorijiy grantlar jalb qilish muhimligi aytildi.<\/p>\n<p>Jahon savdo tashkilotiga a\u02bczo bo\u02bblish masalasiga ham to\u02bbxtalib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovi oldidan xalq bilan uchrashuvlarda har bir tumanda loyiha guruhlari va xolding kompaniyalari tashkil etilishini aytgan edi. Yig\u02bbilishda ushbu tizimni joriy etish borasida qilinayotgan ishlar taqdimoti ham o\u02bbtkazildi.<\/p>\n<p>Davlat rahbari loyiha guruhlari mutaxassislarini bir tizim va metodologiya asosida ishlashga o\u02bbqitish kerakligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda eksport masalasi atroflicha tahlil qilindi. Bu boradagi prognozlarni bajarish uchun sanoatga alohida ahamiyat qaratish, qo\u02bbshimcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumki, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyuldagi farmoniga muvofiq, Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilgan edi. Bu Agentlikka investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o\u02bbrganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli yo\u02bbnalishlarini aniqlash, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish va hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish bo\u02bbyicha takliflar ishlab chiqish kabi ko\u02bbplab vazifalar yuklatilgan.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda mazkur Agentlikning tuzilmasi, shu kungacha qilingan ishlar va joriy yilgi rejalar haqida axborot berildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda Agentlik boshqarmalari shakllantirilgan, ularga yetakchi xorijiy universitetlarda o\u02bbqigan, tashabbuskor va bilimli mutaxassislar jamlangan.<\/p>\n<p>Agentlikning bu yilgi rejasi 18 ta muhim tadbirdan iborat. Investitsiya loyihalarini ilgari surishning yangi mexanizmini joriy etish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish orqali investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiya muhiti bo\u02bbyicha hududlar reytingini yo\u02bblga qo\u02bbyish, tadbirkorlarning tizimli muammolarini aniqlash va hal qilish bo\u02bbyicha onlayn platformani ishga tushirish, Jahon banki bilan birgalikda to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish shular jumlasidan.<\/p>\n<blockquote><p>\u201cBu Agentlik investitsiya hajmini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirishga zamin yaratadi. Shu bois, hudud va tarmoqlarni strategik rivojlantirish bo\u02bbyicha \u00abyo\u02bbl xaritasi\u201d ishlab chiqish, bunga xorijdan malakali mutaxassis va maslahatchilarni ham jalb qilish kerak\u00bb, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p><\/blockquote>\n<p>Strategik rivojlantirish bo\u02bbyicha metodologiya yaratib, uni har bir hudud va tarmoqda joriy qilish bo\u02bbyicha aniq vazifalar belgilab berildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yig\u02bbilishda eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":12594,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[63],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12593"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=12593"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12593\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12600,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12593\/revisions\/12600"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/12594"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=12593"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=12593"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=12593"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=12593"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}