{"id":10569,"date":"2021-12-24T21:52:46","date_gmt":"2021-12-24T16:52:46","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=10569"},"modified":"2021-12-24T21:53:52","modified_gmt":"2021-12-24T16:53:52","slug":"shavkat-mirziyoev-ahborot-tehnologiyalari-sohasidagi-rezhalar-taqdimoti-bilan-tanishdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dinor.uz\/?p=10569","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari sohasidagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti bilan <a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/4845\">tanishdi<\/a>.<\/p>\n<p>Axborot texnologiyalari barcha sohalarda samaradorlik va qulaylikka xizmat qiladi. Shu bois bu borada ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda 100 dan ortiq IT-maktablar faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyildi. \u201cBir million dasturchi\u201d loyihasi doirasida 500 mingdan ziyod yoshlar dasturlashni o\u02bbrgandi.<\/p>\n<p>IT-parklar tashkil etilganidan buyon sohada eksport hajmi 50 barobarga ko\u02bbpayib, 40 million dollarga yetdi. Rezidentlar soni 147 tadan 500 taga oshdi, 300 dan ziyod yangi kompaniyalar faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyildi. IT-parklarda 8 ming 500 ta yuqori daromadli ish o\u02bbrinlari yaratildi.<\/p>\n<img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-10572\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_21-38-12.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_21-38-12.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_21-38-12-300x200.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_21-38-12-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_21-38-12-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/>\n<p>Bunday ishlarni davom ettirib, soha rivojini yangi bosqichga ko\u02bbtarish bo\u02bbyicha rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, yirik eksportyorlar bilan ishlab, IT-parklarda xizmatlar eksporti hajmini 80 million dollarga yetkazish mo\u02bbljallangan. Yalpi ichki mahsulotda raqamli iqtisodiyot ulushini oshirish, elektron xizmatlar uchun yengilliklar yaratish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Taqdimotda shu borada taklif etilayotgan chora-tadbirlar ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Davlat rahbari kelgusi yilda IT xizmatlar hajmini 35 foiz oshirib, 21 trillion so\u02bbmga yetkazish, dasturlash xizmatlarini ko\u02bbpaytirish uchun barcha imkoniyat borligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<img decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-10573\" src=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_17-30-29-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_17-30-29-4.jpg 1280w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_17-30-29-4-300x200.jpg 300w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_17-30-29-4-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/dinor.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-24_17-30-29-4-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/>\n<p>Sun\u02bciy intellekt markazini ishga tushirishni jadallashtirish, xorijdan IT mutaxassislar jalb etish tartibini soddalashtirish bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kelgusi yilda IT tarmoqlar tezligini 1,8 barobar oshirish hamda 1 million qo\u02bbshimcha keng polosali tarmoqlar o\u02bbrnatish vazifasi qo\u02bbyildi. Bu orqali aholi punktlarining barchasi mobil aloqa va keng polosali internet bilan ta\u02bcminlanadi.<\/p>\n<p>Prezident yangi texnologiyalar, avvalo, odamlarga xizmat qilishi, qulaylik yaratishi zarurligini ta\u02bckidladi. Oxirgi yillarda 300 dan ortiq davlat xizmati elektron shaklga o\u02bbtkazilib, shu yilning o\u02bbzida ulardan 16 million marotaba foydalanilgan.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko\u02bbrsatiladigan xizmatlar ulushi 60 foizga yetkazilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Taqdimotda bu boradagi yana bir qulaylik: fuqaro pasportining raqamli profili haqida ma\u02bclumot berildi. Gov Pass mobil ilovasi smartfonga o\u02bbrnatiladi va unda pasport, diplom, mehnat daftarchasi, haydovchilik guvohnomasi kabi ko\u02bbplab hujjatlar jamlanadi. Ya\u02bcni, fuqaroning barcha hujjatlari doim yonida, telefonda bo\u02bbladi. Bu vaqt va pulni tejab, qog\u02bbozbozlikni kamaytirishga xizmat qiladi, ovoragarchiliklarni bartaraf etadi.<\/p>\n<p>\u201cXavfsiz shahar\u201d tizimi ijrosiga doir masalalarga ham alohida e\u02bctibor qaratildi. 2026 yilgacha bu tizimni to\u02bbliq joriy etish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Davlat rahbari sohani rivojlantirishning moliyaviy manbalarini mustahkamlash bo\u02bbyicha ham ko\u02bbrsatmalar berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Taqdimotda taklif etilayotgan chora-tadbirlar ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":10570,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":[],"_sharing_image_fieldset":[],"_dinor_sponsored":false,"_dinor_sponsor_name":"","_dinor_reading_time":0,"_dinor_primary_term":0,"_dinor_featured":false,"_dinor_urgent":false,"_dinor_show_author":false,"_dinor_kicker":"","_dinor_summary":"","_dinor_sources":"","footnotes":""},"categories":[63],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10569"}],"collection":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=10569"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10569\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10574,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10569\/revisions\/10574"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/10570"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=10569"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=10569"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=10569"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/dinor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=10569"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}